174
olislik omili ta’sirini kamaytirdi va ularga transportda borish imkoniyatlarini yaratdi.
Yo‘lda
toliqish kamaydi, safar esa qulay va yoqimli tomoshaga aylandi.
Turizmni o‘sishi uchun mexanizatsiyalashgan transportning ixcham va
shinamligi muhim ahamiyat kasb etdi. Temir yo‘lning tuproq yo‘llarga nisbatan
afzalligi ayniqsa yo‘lsizligi bilan tanilgan Rossiya bo‘ylab sayohatda yaqqol
namoyon bo‘ldi. Hatto xorijiy elchilar Moskvadan Peterburggacha borish uchun
tuproq loy yo‘llarda, buzuq ko‘priklarda ikki oylab ushlanib qolishar, otlarni
almashtirish bekatlarida haftalab kutishardi.
Tuproq yo‘llardan farqli ravishda temir yo‘llar birinchi yo‘lovchilar guvohlik
berishicha, ravon harakatlanishni ta’minlar, ortiqcha silkinishlar bo‘lmas, bemalol
o‘qish va yozib ketish imkonini berar edi. Yo‘lda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish
sifati ham sezilarli yaxshilandi. Avval boshda tomsiz usti ochiq bo‘lgan vagonlarda
uzoq safarga otlangan amerikalik didi baland yo‘lovchilar talabi bilan AQShda usti
yopilgan, ichi shinam va qulay o‘tirgichlarga ega vagonlarga aylantirilgan xalqaro
temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida mijoz uchun raqobatning kuchayishi XIX asrning
70-yillariga kelib, uxlab ketadigan shinam kupelar, yo‘lda ovqatlanishni tashkil
qilingan hashamatli birinchi klass vagonlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Endilikda
uzoq safarga otlangan sayyoh uchun yo‘lni charchamasdan, hech narsaga muhtoj
bo‘lmasdan bosib o‘tishda qiyinchiliklar ortda qolmoqda. Turizmni rivojlantirishda
ko‘ndalang bo‘lib turgan masalalaridan biri –bu harakatlanish xavfsizligidir. Relsli
yo‘ldan xavfsiz harakatlanish uchun kurash birinchi paravoz sinovidan oldin
boshlangandan harakatlanish o‘ydim-chuqur ot-arava yo‘llarida harakatlanishdan
ancha xavfsizroq edi. Statistik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, temir yo‘l
aloqalarining rivojlanishi bilan sayohat xavsizligi 15 martaga ko‘paydi. Boshqacha
aytganda, bir marta temir yo‘l falokatga yo‘liqish uchun yo‘lovchi kurer poyezdida
vagondan chiqmasdan 100 yul yurishi kerak. Ammo texnik tizim xavfsizligiga eng
ishonchli dalil yo‘lovchi tashish hajmining tez sur’atlarda o‘sayotganidir. Agar 1825
yilda Angliyada Stokton-Darlington yo‘li ochilishi bilan jahonda birinchi temiryo‘l
qatnovi yo‘lga qo‘yilib yukdan tashqari paravoz 450 yo‘lovchini ham manzilga
eltgan bo‘lsa, asr oxirida 1881 yilning o‘zida temiryo‘l transporti xizmatidan 623
mln. kishi foydalangan.
Transprort inqilobi o‘zidan keyin sayyohlar soni o‘sishida istiqbollar ochishi
bilan bir qatorda muammolarni ham tug‘diradi. Ularni bartaraf etish turizmni
rivojlantirish yo‘lida muhim vazifa bo‘lib turibdi. Temir yo‘l transportiga daromad
keltiruvchi soha sifatida sarmoya qo‘yish ko‘p o‘tmay ko‘pchilik kompaniyalar
o‘rtasida taqsimlab olindi. Bu esa yo‘lovchilarning harakatlanishiga, ayniqsa olis
aloqalarning murakkablashishiga olib keldi. Ular bir necha kompaniyalarning yo‘llari
bo‘ylab sayohatga chiqishlari uchun har bir uchastkaga alohida bilet olishga majbur
edilar. Yagona transport tizimiga ehtiyoj, shuningdek dam olish va ko‘ngil xushliklar
uchun qulay sharoitlarga talab oshishi o‘ziga bir qator xizmatlarni qamrab olgan
safarlarni uyushtirishga ixtisoslashgan korxonalar ochishni taqozo etdi. 1851 yilda
Angiliyada birinchi sayohat byurosi «Tomas Kuk va o‘g‘illari» ochildi, XIX asrning
ikkinchi yarimidan boshlab jahonning juda ko‘p mamlakatlarida (Rossiyada-1885
yilda) turistik firmalar paydo bo‘ldi.
175
XX asr dam olish va hordiq chiqarish sohasida tub burilish yasadi. Ommaviy
kommunikatsiyalar va texnika vositalarning rivojlanishi yangi jadal taraqqiyotga yo‘l
ochdi. Birinchi jahon urushidan keyin turizmga katolizator roli temiryo‘ldan
avtomobil transportiga o‘tdi. Bu vaqtga kelib temiryo‘l rag‘batlantiruvchi omil
ahamiyatini yo‘qotdi va xalqaro turizmni boshda tutib turuvchi sohaga aylandi.
Turistik kengliklar temiryo‘l magistrallariga qat’iy bog‘langan uncha katta bo‘lmagan
alohida uchastkalar bilan chegaralanib qoldi. Kelgusida uni kengaytirish hudud
ichkarisiga chuqurroq kirib boradigan harakatlanishning mobel vositalarini topishni
talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: