O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

7.2. Transport tashish sektori 
 
Turizm 
industriyasi 
doirasida  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatishda  turli 
ko‘rinishdagi korxonalar roli bir xil emas. Tashish sayohatning o‘ziga xos harakterli 
xususiyatlaridan bo‘lib, unda transport eng muhim katta ahamiyatga ega. 
Turizm  transport  taraqqiyoti  tarixi.
  XIX  asrda  transportda  tub  o‘zgarishlar 
zamonaviy turizm boshlanishiga asos soldi. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada 
sanoat  inqilobi  mexanizatsiyalashgan  temir  yo‘llar  va  suv  transporti  paydo  bo‘lishi 
bilan nishonlanadi. 
1807  yilda  Gudzon  daryosi  bo‘ylab  birinchi  g‘ildirakli  paroxod  «Klermont» 
suza  boshladi,  oradan  30  yil  o‘tib  London  va  Nyu-york  o‘rtasida  muntazam  dengiz 
qatnovi  ochildi.  1838  yilda  «Greyt  Vestern»  paroxodi  bortida  68  yo‘lovchi  bilan 
Atlantika okeanini kesib o‘tdi. 
Transatlantik  transport  aloqasining  muntazam  kengayishi  bilan  sayohat 
qiluvchi  shaxslar  oqimi  ko‘paydi.  XIX  asr  oxirida  AQSH  da  yiliga  80  ming 
kishigacha  to‘nab  ketishdi.  Xuddi  shu  davrda  birinchi  qit’alararo  guruh  safarlari 
paydo bo‘ldi. 1866 yilda ikki guruh Angliyalik sayyohlarningAQShga  safari tashkil 
etildi. Kelgusi yilda esa «Kveyker Siti» paroxodi bortiga 60 kishini olib besh oylik 
sayohatiga yo‘l oldi. Ular orasida sayohat taasurotlarini «Xorijdagi ovsarlar» kitobida 
yozib qoldirgan Mark Tven ham bor edi.  
Ammo  ishlab  chiqarishdagi  barcha  o‘zgarishlarning  cho‘qqisi  bug‘  bilan 
ishlaydigan  parovozli  temir  yo‘l  transporti  bo‘ldi.  1814  yilda  Buyukbritaniyada 
J.Stefenson parovozni ixtiro qildi, 1825 yilda esa birinchi temir yo‘l qurildi. Gurkirab 
rivojlangan  sanoat  yuksalishi  aloqa  yo‘llari  tarmoqlari  qurilishini  tezlashtirdi.  Agar 
1835 yilda dunyo bo‘yicha umumiy temir yo‘l uzunligi 2,5 ming kilometrni tashkil 
etgan  bo‘lsa,  1900  yilga  kelib  u  250  martaga  ko‘paydi  va  617  ming  km.ga  yetdi. 
Lekin transport bo‘yicha texnik yangiliklar joriy etilishi jamoatchilik tomonidan bir 
xilda qabul qilinmadi. Temir yo‘lga qarshi kompaniya ularni quruvchilarni jismoniy 
yo‘q qilish tahdidlari bilan kechdi. Bunda Angliya matbuoti ayniqsa faollik ko‘rsatdi. 
O‘sha paytdagi Rossiya moliya vaziri Ye.F. Kankrin aqlli odam bo‘lishiga qaramay 
«Temir  yo‘l  zaruratsiz  sayyohlarga  chiqishga  yo‘l  ochadi,  bu  bilan  davrimizning 
beqaror ruhini ko‘paytiradi» degan bayonat bilan chiqdi. 
Transport tizimining mustahkamlanishi turizmni kelajakda yanada kengaytirish 
va  chuqurlashtirishga  imkon  berdi.  Harakatlanish    tezligining  o‘sishi  bilan  turistik 
faoliyat  kuchaydi.  Transport  mexanizatsiyasi  insonning  zamon  va  makon  ustidan 
qozongan buyuk g‘alabasi bo‘ldi. Harakatlanish tezligining oshishi, dam olish joylari 


                      
174 
olislik omili ta’sirini kamaytirdi va ularga transportda borish imkoniyatlarini yaratdi. 
Yo‘lda toliqish kamaydi, safar esa qulay va yoqimli tomoshaga aylandi. 
Turizmni  o‘sishi  uchun  mexanizatsiyalashgan  transportning  ixcham  va 
shinamligi  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Temir  yo‘lning  tuproq  yo‘llarga  nisbatan 
afzalligi  ayniqsa  yo‘lsizligi  bilan  tanilgan  Rossiya  bo‘ylab  sayohatda  yaqqol 
namoyon  bo‘ldi.  Hatto  xorijiy  elchilar  Moskvadan  Peterburggacha  borish  uchun 
tuproq  loy  yo‘llarda,  buzuq  ko‘priklarda  ikki  oylab  ushlanib  qolishar,  otlarni 
almashtirish bekatlarida haftalab kutishardi. 
Tuproq yo‘llardan farqli ravishda temir yo‘llar birinchi yo‘lovchilar guvohlik 
berishicha,  ravon  harakatlanishni  ta’minlar,  ortiqcha  silkinishlar  bo‘lmas,  bemalol  
o‘qish  va  yozib  ketish  imkonini  berar  edi.  Yo‘lda  yo‘lovchilarga  xizmat  ko‘rsatish 
sifati ham sezilarli yaxshilandi. Avval boshda tomsiz usti ochiq bo‘lgan vagonlarda 
uzoq safarga otlangan amerikalik didi baland yo‘lovchilar talabi bilan AQShda usti 
yopilgan,  ichi  shinam  va  qulay  o‘tirgichlarga  ega  vagonlarga  aylantirilgan  xalqaro 
temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida mijoz uchun raqobatning kuchayishi  XIX asrning 
70-yillariga  kelib,  uxlab  ketadigan  shinam  kupelar,  yo‘lda  ovqatlanishni  tashkil 
qilingan  hashamatli  birinchi  klass  vagonlar  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Endilikda 
uzoq  safarga  otlangan  sayyoh  uchun  yo‘lni  charchamasdan,  hech  narsaga  muhtoj 
bo‘lmasdan  bosib  o‘tishda  qiyinchiliklar  ortda  qolmoqda.  Turizmni  rivojlantirishda 
ko‘ndalang  bo‘lib  turgan  masalalaridan  biri  –bu  harakatlanish  xavfsizligidir.  Relsli 
yo‘ldan  xavfsiz  harakatlanish  uchun  kurash  birinchi  paravoz  sinovidan  oldin 
boshlangandan  harakatlanish  o‘ydim-chuqur  ot-arava  yo‘llarida  harakatlanishdan 
ancha  xavfsizroq  edi.  Statistik  ma’lumotlarning  guvohlik  berishicha,  temir  yo‘l 
aloqalarining  rivojlanishi  bilan  sayohat  xavsizligi  15  martaga  ko‘paydi.  Boshqacha 
aytganda,  bir  marta  temir  yo‘l  falokatga  yo‘liqish  uchun  yo‘lovchi kurer poyezdida 
vagondan  chiqmasdan  100  yul  yurishi  kerak.  Ammo  texnik  tizim  xavfsizligiga  eng 
ishonchli dalil yo‘lovchi tashish hajmining tez sur’atlarda o‘sayotganidir. Agar 1825 
yilda  Angliyada  Stokton-Darlington  yo‘li  ochilishi  bilan  jahonda  birinchi  temiryo‘l 
qatnovi  yo‘lga  qo‘yilib  yukdan  tashqari  paravoz  450  yo‘lovchini  ham  manzilga 
eltgan  bo‘lsa,  asr  oxirida  1881  yilning  o‘zida  temiryo‘l  transporti  xizmatidan  623 
mln. kishi foydalangan. 
Transprort  inqilobi  o‘zidan  keyin  sayyohlar  soni  o‘sishida  istiqbollar  ochishi 
bilan  bir  qatorda  muammolarni  ham  tug‘diradi.  Ularni  bartaraf  etish  turizmni 
rivojlantirish  yo‘lida  muhim  vazifa  bo‘lib  turibdi.  Temir  yo‘l  transportiga  daromad 
keltiruvchi  soha  sifatida  sarmoya  qo‘yish  ko‘p  o‘tmay  ko‘pchilik  kompaniyalar 
o‘rtasida  taqsimlab  olindi.  Bu  esa  yo‘lovchilarning  harakatlanishiga,  ayniqsa  olis 
aloqalarning murakkablashishiga olib keldi. Ular bir necha kompaniyalarning yo‘llari 
bo‘ylab sayohatga chiqishlari uchun har bir uchastkaga alohida bilet olishga majbur 
edilar. Yagona transport tizimiga ehtiyoj, shuningdek dam olish va ko‘ngil xushliklar 
uchun  qulay  sharoitlarga  talab  oshishi  o‘ziga  bir  qator  xizmatlarni  qamrab  olgan 
safarlarni  uyushtirishga  ixtisoslashgan  korxonalar  ochishni  taqozo  etdi.  1851  yilda 
Angiliyada birinchi sayohat byurosi «Tomas Kuk va o‘g‘illari» ochildi, XIX asrning 
ikkinchi  yarimidan  boshlab  jahonning  juda  ko‘p  mamlakatlarida  (Rossiyada-1885 
yilda) turistik firmalar paydo bo‘ldi. 


                      
175 
XX  asr  dam  olish  va  hordiq chiqarish  sohasida tub burilish  yasadi. Ommaviy 
kommunikatsiyalar va texnika vositalarning rivojlanishi yangi jadal taraqqiyotga yo‘l 
ochdi.  Birinchi  jahon  urushidan  keyin  turizmga  katolizator  roli  temiryo‘ldan 
avtomobil  transportiga  o‘tdi.  Bu  vaqtga  kelib  temiryo‘l  rag‘batlantiruvchi  omil 
ahamiyatini  yo‘qotdi  va  xalqaro  turizmni  boshda  tutib  turuvchi  sohaga  aylandi. 
Turistik kengliklar temiryo‘l magistrallariga qat’iy bog‘langan uncha katta bo‘lmagan 
alohida  uchastkalar  bilan  chegaralanib  qoldi.  Kelgusida  uni  kengaytirish  hudud 
ichkarisiga  chuqurroq  kirib  boradigan  harakatlanishning  mobel  vositalarini  topishni 
talab qiladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish