178
avia aloqasiz qoldi. Qo‘nib o‘tilmaslik esa ko‘pgina yo‘lovchilarni boshqa
samaholyotlarda uchish uchun odamlar gavjum markaziy aeroportlarga kelishga
majbur etdi. Ana shunday sharoitda aviakompaniya bozorga mutloqa yangi
«ortiqchasiz uchish» konsepsiyasi bilan chiqdi. HABlardan voz kechib, u past
narxlarda hududiy reyslarni bajara boshladi. Bu strategiya birinchi bo‘lib,
«Sautvestern Eyrlaynz» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. U Texas
shtatini yaqin atrofdagi rayonlar bilan bog‘lovchi uzoq davom etmaydigan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri marshrut ochdi. Ko‘p o‘tmay aviakompaniya o‘z faoliyatini butun mamlakat
miqyosida keng yoydi. Mayda hududiy korxonadan qiymati 4 mlrd. Amerika dollari
bo‘lgan konsernga aylandi. Bu Shimoliy-Amerika firmalari o‘rtasida
daromad rasman
qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
«Sautvester Eyrlaynz», uning izidan boshqa avia kompaniyalar ham nafaqat
marshrutlar sxemasini, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatishning butun tizimini qayta
ko‘rib chiqdilar. Ular biletlarni o‘tkazish taloniga almashtirdilar. Yo‘lovchilarni
tinkani quritadigan registratsiya tashvishlaridan xolos etdilar. Harajatlarni qisqartirish
maqsadida parvoz davomida ovqatlantirish va salqin ichimliklar taklif etishdan voz
kechildi. Komission agentlarni tejash uchun biletlarni bevosita telefon orqali sotishga
o‘tildi. Ular past narxlarda kamtarona xizmatlarni taqdim etadi. Chunki ularni ko‘p
hollarda «Firmali emas» deb ataydilar. Bugungi kunda bunday tipdagi
aviakompaniyalar AQSH ichki marshrutlarning yarimigacha xizmat ko‘rsatmoqda.
Bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi tariflar dinamikasida o‘z aksini
topdi. Nofirma aviakompaniyalar AQShda ichki kiruvchilarni tashishda narxni
tushirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu shubhasiz dam olish va ko‘ngil ochish maqsadida
turizmni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kategoriyadagi turistlar
ishbilarmonlardan farqli ravishda avia tariflar o‘zgarishga juda sezgir. Ular uchun
hashamdan ko‘ra, narx darajasi muhimroq.
Nofirma aviakompaniyalar tomonidan kiritilgan innovatsiyalar, balki
jahondagi boshqa mamlakatlardan o‘zlashtirib olingandi. «Yunayted Eyrlaynz» va
«Lyuftganza» yo‘lovchi tashishning biletsiz tizimiga o‘tdi. «Singapur Eyrlaynz»
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur va Pinang yo‘lovchilarni qayd qilish
(registratsiya) qilishni soddalashtirdi.
Bu ish maxsus bo‘limga olib kelinadigan kredit kartochkalarini ko‘rsatish
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qayta
tartiblanish
natijasida
mustahkamlangan
Shimoliy
Amerika
aviakompaniyalari jahonda havoda tashish bozori sarhadlaridan oshishiga intildi.
1990 - yillar boshida ular uchish mashinalari eng yirik parklari bilan jihozlangan va
xalqaro va ichki yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha yetakchilik qilgandi.
Tashqi bozorda o‘z aviakompaniyalari harakatiga hamkorlik qilgan AQSH
«ochiq osmon» tashabbusi siyosati bilan chiqdi. Shimoliy Amerikani jahonning
boshqa hududlari, eng avvalo Yevropa bilan bog‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarida
havoda tashishda qayta tartib o‘rnatish va aviaxizmatlarning Yevropa bozorini
liberallashtirish ko‘zda tutilgandi.
Yevropa aviakompaniyalari ta’sir doirasi cheklanib qolish xavfi ostida qoldi.
Hatto AQSH aviakompaniyalarining kuhna dunyoda yo‘lovchi tashishda 10%
ishtiroki ham Yevropa osmonlarini Amerika tomonidan monopollashtirib olish uchun
179
yetarli edi. Shu bilan birga aviatransportni liberallashtirish ustunliklari yaqqol edi.
1992 yilda 12 ta Yevropa davlatlari transport vazirlari «Osmon ochishga», Birlashgan
Yevropa ichki havoda tashishlarga yangi qoidalar joriy etishga va uning
chegaralarida proteksionist to‘siqlarni saqlab qolishga qaror qildilar.
EIda havo transportini qayta tartiblashdan maqsad quyidagilarga erishish edi:
Do'stlaringiz bilan baham: