4.6.
Uslubiy ko’rsatmalar
1.
Buyruqlar, odatda, ogohlantiruvchi va ijro etuvchi
buyruqlarga bolinadi: “QADAM BOS!”, “ORTGA!”va h.k.
Ijroning o’zidan iborat buyruqlar ham bor: “TEKISLAN!”,
“ROSTLAN!”va boshqalar. Biroq, bu buyruqlar berilishdan oldin
O’qituvchi ba’zi hollarda talabalarning diqqatini ijro buyrug’iga
qaratish uchun “bo’lim”, “guruh”, “diqqat”, “ketma-ket”va h.k.
so’zlarini ishlatifli. Masalan, “Guruh, ROSTLAN!”, “Ketma-ket
TO’XTA!”.
Ogohlantimvchi buyruq tushunarli, baland ovoz bilan va
talabalar qanday harakat qilishlari lozimligini tushunib yetib,
shunga shaylanislilari uchun biroz cho’zibroq aytiladi. Ijro
buyrug’i lalizalik tanaffusdan keyin qisqa va qat’iy beriladi.
Buyruqlarni berish chog’ida ovoz hamda ogohlantiruvchi
va ijro buyruqlari o’rtasidagi uzilish safning katta-kichikligiga
69
mos bo’lishi lozim: saf qanchalik katta bo’lsa, ogohlantiruvchi
buyruq shunchalik cho’zib aytiladi, ogohlantiruvchi va ijro
buyruqlari orasidagi uzilish kattaroq bo’ladi, ijro buyrug’i
balandroq ovoz bilan aytiladi.
Harakatni boshlash uchun xizmat qiladigan ijro buyrug’i
bo’la- jak harakatlar ifodasiga mos ravishda talaffuz etilishi
kerak. Masalan, tez sur’atli yugurishdan oldin buyruqni baland
ovoz bilan va qisqaroq berish zarur bo’lsa, barcha talabalar
buyruqni birdaniga bajara olmaydigan sekin sur’atli harakatlarni
boslilash uchun esa buyruqni baland ovoz bilan va biroz cho’zib
aytish zarur. Shuni esda tutish kerakki, buyruq baland ohangda
berilishi shart. Tovush kuchini ham to’g’ri o’zgartirib turish
lozim. Buyruq zamratga mos ravishda baland yoki past berilishi
mumkin. O’rinsiz past va shuningdek, juda baland ovoz orqali
buyruqlar qo’llanilmasligi darkor.
O’qituvchi tik holatda buyruq berishi kerak.
2.
Har
bir
ogohlantimvchi
buyruqda
talabalar
“QOMATNI ROSTLA!” holatini qabul qiladilar, shuning uchun
bu
buyruqni
tez-tez
beravermaslik
kerak
(ayniqsa,
umumrivojlantiruvсhi
mashqlarni
o’tayotganda).
Agarda
“ROSTLAN!” buyrug’i berilgan bo’lsa, u o’rinlatib bajarilishi
kerak.
3.
Ayrim hollarda buyruqlarning o’rniga topshiriq
bermoq maqsadga muvofiqdir. Agar talabalar buyruqqa ko’ra,
ma’lum dastlabld holatda, belgilangan usul bilan baravariga biror
harakatni bajarishlari kerak bo’Isa, topshiriq bo’yicha esa
hisobga kirmagan harakatlarni bir qancha boshqa usullar bilan
bajarishga raxsat etiladi. Masalan, polda o’tirgan guruh uchun
“CHAP-GA!”buyrug’iniberish o’rniga “CHAP-GA bu riling” deb
topshiriq berish ma’qulroq.
4.
Qayta saflanish uchun buyruqlar berishda uning
qismlari izchilligiga rioya qilish zamr:
70
safning nomi;
harakat yo’nalishi;
bajarish usuli aytiladi. Masalan, bir ketma-ket
qatordan to’rt ketma-ketga qayta saflanish uchun buyruq
quyidagicha beriladi: “Chap (o’ng)ga ketma-ketga to’rttadan
QADAM BOS!”. Yurib ketayotganda, agar harakat yo’nalishi
o’zgarmasa, buyruq aytilmaydi. Agar yurib ketayotgan guruh
uchun qayta saflanish buyrug’i beriladigan bo’lsa, u holda
“QADAM BOS!” so’zi tushirib qoldiriladi.
5.
Orani
ochishda
buyruqning
ayrim
qismlari
quyidagicha takrorlanadi:
yo’nalishi;
oraliqning katta-kichiкligi;
bajarish usuli aytiladi. Masalan, “Chapga ikki qadam
bilan JIPSLAN!”.
6.
Saf mashqlarining turli harakatlarim o’rgatayotganda
ko’rsatish, tushuntirish talabalarni oldin guruhchalarga bo’lib
o’rgatiladi. Ushbu harakatlarni bajarish, ko’rsatish, tushuntirish
usuli birga qo’shib olib boriladi va keyinchalik bu harakatlar
butun guruh bilan bajariladi.
Murakkab saf mashqlarini bo’laklarga bo’lib o’rgatish
kerak. Bunda har bir harakatni bajarish uchun alohida buyruq
beriladi. Masalan, bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish uchun
ikkinchi tartib raqamlilarga quyidagi buyruqlar beriladi:
“Ortga chap oyoq bilan, BIR!”.
“Yonga o’ng oyoq bilan, IKKI!”.
“Chap oyoqni qo’yib, UCH!”.
Ushbu harakatlarni bo’laklarga bo’lib o’rgatganda talaba
o’z harakatlari n i ongli ravishda bajarsa, uni uzoq esda saqlab
qoladi.
O’qituvchi esa navbatdagi buyruqni berishdan oldin
talabalar yo’l qo’ygan xatolarni ko’rsatib o’tadi. Turgan joyda va
71
yurib ketayotganda burilishlarni, bir ketma-ketdan yoki qatordan
ikki ketma-ket yoki qatorga qayta saflanish, shaxdam qadam va
joydan joyga ko’chishning boshqa turlari, juftlama qadam bilan
orani ochishni bo’laklarga bo’lib o’rgatishni tavsiya qilamiz.
7.
O’rgatishni mashg’ulotga eng zarur bo’lgan saf
mashqlaridan boshlash kerak. Avvalo, saflanishlar, saf usullari,
joydan joyga ko’chish usullari va nihoyat, orani ochish va
yaqinlashtirish o’rga- niladi. Ayrim saf usullarini talabalar bilan
juft-juft bo’lib o’tkazish mumkin, bunda talabaning biri buyruq
beradi, ikkinchisi uni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |