5.2.
Darsga qo’yiladigan umumiy talablar
Gimnastika darsi quyidagi didaktik talablarga javob
berishi shart:
u aniq ta’lim maqsad vavazifaga javob berishi kerak;
darsda sog’lomlashtirish, ta’lim va tarbiya jarayoni bir
paytda olib borilishi lozim;
har bir darsga maxsus mashqlar, ularni o’qitish uslubi,
o’quvchilar jinsi, salomatligi, tayyorgarligi, ruhiy holati va
shaxsiy xususiyatiga e’tiboran differensiyalashgan yuklamalar
tanlanadi;
o’qituvchi dars jarayonida shug’ullanuvchilar mashq
bajarayotganda jamoada, yakka tartibda o’quv-tarbiya shaklida
o’zaro yordamlashishda xavfsizlikni ta’minlaydi;
dars o’qituvchi tomonidan yaxshi rejalashtirilgan,
tashkillashtirilgan bo’lib, uning doimiy rahbarligi va nazorati
ostida o’tadi.
Ushbu talablar boshqa jismoniy mashqlar mashg’ulot lari
turlariga ham taalluqlidir: maktabdagi sport mashg’ulotlari,
umumjismoniy tayyorlash guruhlari mashg’uiotlarida; gimnastika
bo’yicha sport sho’balaridagi mashg’ulotlarda va boshqa darsdan
tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda qo’llaniladi.
Maktabdagi gimnastika darslari o’zining pedagogik
vazifalariga ko’ra: kirish; yangi materiallarni o’rganish;
takomillashtirish va o’tilgan materiallarni takrorlash; aralash;
nazorat darslariga bolinadi.
73
Gimnastika, o’quv jarayonida kirish darsidan boshlanadi.
O’qituvchi bu yerda o’qitish, o’quvchilarni oldiga qo’yilgan
vazifalar,
dasturdagi
materiallar
mazmuni
bilan
ularni
tanishtiradi.
Yangi
materialni
o’zlashtirish
vazifasi
shug’ullanuvchilarga unga qiziqislmi uyg’otishi va qo’yilgan
vazifaga
to’g’rijavobni tez topishini ta’minlaydi, Yangi
materialni oiganish, izlanish xarakteriga ega, bu yerda ko’proq
nazariy bilimga tayanib, ko’rgazmalar, videofilmlar, uslubiy
qo’llanmalardan foydalaniladi.
Darsni takomillashtirish va takrorlash - oldin berilgan
mashqlar, kombinatsiyalarni o’zlashtirish va takomillashtirishga
yo’naltirilgan. Ular nazorat darsidan oldin o’tkazilishi maqsadga
muvofiqdir.
Aralash darslar, ko’pincha, maktablarda uchraydi, bu
yerda oldingi mashqlarni takrorlash va takomillashtirish
birgalikda olib boriladi.
Nazorat darsi mavzu yoki dasturning oxirida o’tkazilib,
o’quvchilar
materialni
o’zlashtirganligiga
va
ularning
tayyorgarlik darajasini aniqlashga ko’maklashadi. Gimnastika
ho’li mining oxirida o’tkaziladigan nazorat darsini musobaqa
shaklida o’tkazish mumkin.
Gimnastika mashg’ulotlari darsva mustaqil mashg’ulotlar
shaklida o’tkaziladi. Mashg’ulotlarni dars shaklida o’tkazishning
afzalligi uni o’qituvchi boshqaradi. Darsda u tashkilotchi
vazifasini
bajarib,
o’quv-o’rganish
mashg’ulotlarining
samaradorligini ta’minlaydi, mashq bajarish, o’rganish jarayoni
va mashg’ulot davomida o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni to’g’ri
belgilab, o’quvchilarga malakali yordam ko’rsatadi, axloqiy va
jismoniy sifatlarni tarbiyalaydi.
Mashg’ulotlarni dars shaklida olib borishning afzalligi,
o’quvchilarni jamoada mehnat qilishi bilan ajralib turadi.
74
O’quvchi o’rtoqlari bilan birgalikda mashq bajarganda o’z
kamchiliklarini sezishi va tuzatishi oson bo’ladi.
Mashg’ulotlar tashkillashtirilishiga qarab, o’quv va
mashg’ulotlardan iborat bo’ladi. Amalda ko’proq o’quv-dars
mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarni ng mazmuni, tashkil etilishi va o’tish
usullari
bir-biridan
farq
qilishiga
qaramasdan,
barcha
mashg’ulotlar tuzilishi jihatidan uning umumiy tamoyili -
o’rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |