1.Xo’jalik hisobining moxiyati va mazmuni.
Korxonalar o’z faoliyatini xo’jalik hisobi va tijorat hisobi usullari yordamida
amalga oshiradilar. Korxonalar ixtiyoriylik asosida ittifokka, xo’jalik uyushmalariga,
kontsernlariga hamda faoliyatni muvofiklashtirish, ularning huquqlarini ximoya
qilishni ta’minlash, tegishli davlat organlari va o’zga organlarda, shuningdek, xalqaro
tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ximoya qilish maqsadida tarmok, mintaka,
xududli yoki o’ziga tamoyil asosida boshqa birlashmalarga kushilishlari mumkin.
81
Xo’jalik hisobi iqtisodiy kotegoriya sifatida davlat bilan uning quyi xo’jalik
bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlar tizimini tashkil etadi, bu tizim orkali Mehnat
jamoalari manfaatlari bilan davlat manfaatlarining birligiga erishiladi. Xo’jalik hisobi
yuqoridan beriladigan bo’yruklar, xo’jalikni yuritish, davlat mulkidan samarali
foydalanish xaqidagi ko’rsatmalarini shaxsiy va umum manfaatlar bilan boglashning
iqtisodiy usulidir. Xo’jalik yuritishning talablari, shakllari, tashkil toptirish, hisoblash
tartibi, korxona huquqini kengaytirish, iqtisodiy me’yornomalar tizimi, xaq tulash
jam’garmasini aniqlash usuli, ijara munosabatlari, xo’jalik yuritish shakllarining
rivojlanishlari hamda ijara, xissadorlik korxonalari, assotsiatsiyalar, shaxsiy Mehnat
faoliyatlari respublikamizning tarakkiy etishiga poydevor bo’ladi. Har xil mulkchilik
shakllari (davlat
mulki;
uning tasarrufidan chiqarish-ijara
munosabatlari,
xususiylashtirish, xissadorlik; jamoa mulkini-davlat mulkini korxona jamoasi sotib
olishi, badal tulab korxona kurish, aktsiyalar chiqarib, ularni sotish yoki shu kabi
boshqa yo’llar orkali paydo bo’ladi, kooperativ mulki; shaxsiy mulk, kushma mulk)
uchun xo’jalik hisobi munosabatlarining shakllari bir xil emas. Xo’jalik hisobining
taksimlash mezoniga karab ajratish shakllari tulaligicha saklanib kolmaydi.
Jumladan, soliklar, chegirmalar me’yori va turlari o’zgaradi. Ikkinchi tomondan,
korxona mulklarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish xo’jalik
yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tojorat hisobiga e’tiborni oshiradi.
Davlat korxonalari o’z faoliyatlarnini tijorat hisobi bo’yicha xususiy korxonalar esa
korxonaga xujayinlikni (egalikni) rivojlantirish talablari asosida yurgizadi.
Tijoratlashtirish-xo’jalik yuritish yutuklariga va bozorga mo’ljallangan hamda
iqtisodiy tahilni tushinib yetishini yaxshilash va xuddi shu yusinda raqobatlashishi
kobiliyatiga yetishishdir. Xususiylashtirish-ishlab chiqarish vositalariga xususiy
egalik qilishga, xususan avtomobilga TXK da esa xususiy raqobatli iqtisodni
yaratishga, xizmat ko’rsatish vositalarini okilona ishlatishdagi sifatli texnik xizmati
ko’rsatishga asoslangan. Tijoratlashtirish-hodimlarni o’ziga xos foydalanish
harajatlari, ijtimoiy xizmat harajatlari bo’yicha ta’minlashini kamaytirish; bozorni
yaxshi o’zlashtirish va xizmat xaqini oshirish hisobiga daromadni oshirish
tushiniladi.
82
Xususiylashtirish-mablag berish, ishchi kuchlarini bushatish, siyosiy
nazoratni bushashtirish, menejmentining bo’lmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |