FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun meyoriy-huquqiy hujjatlar
to‘plami. O‘MKHTM. Toshkent, 2005.
2. Olimov Q.T. va boshqalar. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi. –
Toshkent: Fan, 2004.
3. Mirsaidov K.J. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish va ishlab chiqarish ta’limi. –
Toshkent: SHiituvchi, 1996.
2-MAVZU. KASBIY TA’LIM MUTAXASSISLARINI
TAYYORLASHDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARNI
REJALASHTIRISH
Reja:
1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish
2. Ta’lim beruvchining didaktik xatti xarakatlari.
3. O‘qitish va o‘qish sikli.
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish.
Kasbiy pedagogika
fanida
nazariy dars –
rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim
beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Bu
jarayonda ma’lum bir soxa bo‘yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda bilim
oluvchilarga etkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy bilimlarni amaliyotda
qo‘llash yo‘llari bilan tanishtiradi.
Nazariy dars asosan maxsus jixozlangan darsxonalarda o‘tkaziladi. Bu
sinfxonalarda turli texnik vositalar ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |