O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘LIY VA O‗RTA MAXSUS
TA‘LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
«INFORMATIKA VA AXBOROT TEХNOLOGIYALAR»
fanidan
ma‟ruza matn
Bilim sohasi:
100000 - Gumanitar soha
200000 - Ijtimoiy soha, Iqtisod va huquq
Ta‘lim sohasi :
120000 - Gumanitar fanlar
230000 - Iqtisod
Kurs 1
Semestr 1
Toshkent 2015
1-Ma‟ruza. Kirish. Informatika va axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar
Kirish
Ma‘lumki, insoniyat axborotlashtirish sohasida haqiqiy inqi-lobiy o‗zgarishlar davrini bo-
shidan kechirmoqda. Buning nati-jasida esa umumjahon axborotlashgan hamjamiyati shakllan-
moqda. Shu sababli ham axborot-kommunikatsiya sohasini jadal suratlar bilan rivojlantirish
O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‗zgarishlar hamda iqtisodiy
islohotlar-ning bosh yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda olib borilayotgan iqtisodiy, tashkiliy va boshqa o‗zgarishlarni amalga
oshirish natijalari mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi muammolarning hal etilishiga
ham bog‗liqdir. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy yo‗nalishlar O‗zbekiston Respublikasining
bir qator qonunlari, mamlakatimiz Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda ham o‗z aksini topgan.
Xususan,
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2002-yil
30-maydagi
―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish to‗g‗ri-sida‖gi Farmoni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllan-tirish, iqtisodiyot va
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamo-naviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi
va tele-kommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish ham-da ulardan foydalanish,
fuqarolarning axborotga ortib borayot-gan talab-ehtiyojlarini yanada to‗liqroq qondirish, jahon
axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahra-mand bo‗lishni
kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yara-tishga qaratilgan bo‗lib, Farmonda
kompyuterlashtirish va axbo-rot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ular-
ning zamonaviy tizimlarini joriy etish birinchi galdagi eng muhim vazifalar sifatida e‘tirof
etilgan.
Shuningdek, Farmonda, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‗quv
yurtlarining ta‘lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga
hamda ularni faol qo‗llanishiga asoslangan ilg‗or ta‘lim tizimlarini kiritish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga
alohida ahamiyat berilishi belgilab berilgan.
Informatika
- kompyuter yordamida axborotni
qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va
yetkazish jarayonlarini tashkil qilish
haqidagi fandir.
Informatikaning asosiy vazifalari:
turli xususiyatlarga ega bo‗lgan axborot jarayonlarini tadqiq etish;