Mustaqil o‘rganish uchun savollar.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish nima?
O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bo‘lgan qanday huquqlar mavjud va ular
o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
Yer uchastkalarini ro‘yxatga olish ob’ekti nima?
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar qay tartibda ro‘yxatga olinadi?
Ro‘yxatga olingan yer uchastkalari yer kadastrining qaysi xujjatida yoritib
boriladi?
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish davrida
tuman (shahar) yer kadastri kitobiga qaysi ma’lumotlar kiritiladi?
Yer uchastkalarini kadastr bo‘yicha bo‘lish nima maqsadda amalga
oshiriladi?
Nima maqsadda yer uchastkalariga, bino va inshoatlarga beriladi?
Kadastr raqamlari yer uchastkalariga, bino va inshoatlarga kim tomonidan
beriladi?
Yer reestri nima va u qanday yuritiladi?
48
4 jadval
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatiga olish (reestr)
T.r
Yer
uchast
kasi-
ning
kadas-
tr
raqa-
mi
Xuquq
egasi,
sub-
’ekt,
yuri-
dik va
jismon
iy
shaxs-
ning
nomi
Yer
uchast
-kasi-
ning
joy-
lash-
gan
man-
zili
Yer
uchast
-kasga
bo‘l-
gan
huquq
ning
manzil
i
Huquq
o‘rna-
tadi-
gan
xuj-
jat-
ning
Nomi,
qacho
n va
kim
tomo-
nidan
berilga
n
Yer
uchast
-kasi-
dan
foydal
anishn
ing
maqsa
di
Yer
uchastk
asiga
bo‘lgan
huquq-
ning
chekla-
nishi
Servitut
lar
Yer
uchast
kasi-
ning
koor-
dina-
ta vaz-
min-
lik
marka
zi
Mayd
oni,ga
yoki
m2
___y ______
holatiga yer
kadastri bahosi
Imo-
rat va
inshoa
tlar
to‘g‘ri
sida-
gi
ma’-
lumotl
ar
Yer
soli-
g‘i
min-
taqa-si
koef-
fitsien
ti,
sana-
si
Bahsl
ashuv,
savoll
ar,
sana
Qanday qaerda
batafsil bor
bo‘lgan
xujjatlashtirish
(kadastr
xujjatlar tartib
raqami)
ma’lumotlari
mavjud
Tuproq
bonitet
balli
Narxi,
so‘m
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
16
17
18
49
2. Yer hisobi, uning mazmuni, turlari va o‘tkazish uslubiyati
Eng muhim boyligimiz hisoblangan yer resurslarimiz qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarishning asosiy vositasi va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini
rivojlantrishni makoniy bazisi hisoblanadi. Yer shunday xususiyatga egaki, undan
to‘g‘ri va oqilona foydalanilsa, u boshqa ishlab chiqarish vositalariga o‘xshab
eskirmaydi, aksincha mahsuldorligi oshib boradi. Shu nuqtai nazardan ham yer
hisobotini doimiy yuritib borish, unda mavjud yerlar kimga tegishliligi, undan
qay tarzda foydalanilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish muhim amaliy
axamiyat kasb etadi. Yer hisoboti (balansi) bajarilgan yer hisobi asosida tuziladi.
Yer hisobi ishlarining natijalari xalq xo‘jaligini rivojlantirish rejasini
tuzishda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va unga bo‘lgan
extiyojni aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Qishloq xo‘jalik yerlarini hosildorligini oshirish, maydon birligiga nisbatan
kamrok xarajat talab qilish asosida yetishtiriladigan maxsulotni ko‘paytirish,
iqtisodiy jihatdan natijali foyda keltiradigan, ilmiy asoslangan dehqonchilik va
chorvachilikni rivojlantirishda ekin maydonlarini eng maqbul tuzilishi
belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish mumkin bo‘lgan hamma
yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanishga topshirilishi kerak. Ammo har bir yer
uchastkasi maydonining miqdorini va sifatini bilmasdan turib agrotexnika va
meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini belgilab bo‘lmaydi.
Yer hisobi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda juda katta
ahamiyatga ega. Birinchi navbatda yer hisobida yuqori aniqlikda bo‘lishi zarur.
Buning uchun yer hisobini yer toifalariga, shirkat, fermer xo‘jaliklariga,
jumladan, haydalma yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar, yaylovlar va
boshqa yer turlariga bo‘lingan holda olib borish talab qilinadi.
Ma’lumki, respublikamiz viloyatlarining tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini
xilma-xilligini hisobga olinib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat tomonidan
xarid qilishda yer hisobiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-xo‘jalikning yirik shahar, sanoat markazi va qayta ishlash korxonalariga nisbatan
joylashishi;
-qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer miqdorining sifati va tabiiy sharoiti;
-chorvachilikda iqtisodiy foyda keltiradigan u yoki bu ekin turlarini tanlash;
-qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish.
Bulardan tashqari har qaysi tuman va viloyatda asosiy qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining yalpi xajmi hisoblanib, iste’mol mollarining miqdori aniqlanadi.
Xo‘jaliklararo va ichki yer tuzish ishlarini, davlat xo‘jaliklarining markazlarini
belgilashda, shirkat xo‘jaliklaridagi ishlab chiqarish bo‘linmalarini aniqlashda yer
hisobi zimmasiga ma’lum darajada ma’suliyat yuklatiladi.
Yerni davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib berilishida xo‘jalik
yerlarining miqdori, sifati, yer turlari va ulardan foydalanish darajasi,
o‘zlashtiriladigan yangi yer maydonlarining hisob-kitoblari yer hisobiga
asoslanadi. Bulardan tashqari, yer hisobi hamda qiymati haqidagi ma’lumotlar
yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqqa asos bo‘ladi.
50
Yer hisobi davlat yer kadastrining tarkibiy qismi bo‘lgani holda xo‘jalik
hisobining bir turi hisoblanadi. Uni olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud. Bu xususiyatlar yer maydonlarining ishlab chiqarish vositasi sifatidagi
xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yer belgilangan
maqsadlarda foydalaniladi. Shunday ekan, yer hisobini doimiy ravishda yuritib
ishlari borish amalga oshirib boriladi. Yer uy-joy binolarini, sanoat, transport,
qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, madaniyat muassasalari, sog‘liqni
saqlash maskanlari va boshqalarni joylashish o‘rni sifatida hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishning turli tarmoqlari bo‘yicha yerlarni hisob qilishning, bir
tomondan umumiylik, ikkinchi tomondan esa o‘ziga xos xususiyatlari ham
mavjuddir. Bu hol ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida va inson faoliyatining
boshqa sohalarida yerning tutgan o‘rni bilan bog‘liqdir. Hamma joyda yer
maydon yoki hududning asosi sifatida hisob-kitob qilinadi. Shu sababli ham u eng
avvalo, o‘zining o‘lchamlari va hududdagi joylashuvi bilan izohlanadi. U yoki bu
sanoat korxonasini hududiy joylashtirish va qurilish uchun ushbu maqsadga
berilgan yoki ajratilgan yer maydoni to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
Ammo zarur o‘lchamdagi maydon bitta yoki bir nechta alohida joylashgan
uchastkalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli ham ishlab
chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish uchun korxonaga ajratilgan yerning makon holati
to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish zarur.
Ishlab chiqarishning ba’zi tarmoqlarida (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi)
yerlarni makon asosi sifatida hisob qilishdan tashqari, unga asosiy ishlab
chiqarish vositasi sifatida ham qarash zarur bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida
yerlardan foydalanish va ularning sifat holati to‘g‘risidagi maxsus ma’lumotlar
olish zaruriyatini tug‘diradi. Bunga birinchi navbatda qishloq xo‘jalik yerlarining
tarkibi va sifat holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiradi.
Yer hisobida yerlarning miqdor jihatidan hisobini yuritish hamda sifat
tavsifini berish uchun odatda natural o‘lchovlar qo‘llaniladi. Yer hisobi xalq
xo‘jaligini rejalashtirish, mamlakat yagona yer fondidan oqilona va samarali
foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan yer
maydonlarining miqori, sifati va xo‘jalik jihatdan foydalanish to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni olish, qayta ishlash, tahlil qilish hamda bir tizimga keltirgan holda
saqlashga yo‘naltirilgan. U muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Undagi mavjud
ma’lumotlarning mazmuni eng avvalo qishloq xo‘jaligi zaruriyati bo‘yicha
aniqlanadi. Negaki yer xalq xo‘jaligining alohida tarmoklarida turli-tuman
maqsadlarda foydalanilar ekan, shu sababli ham yer hisobiga turlicha aniqlik va
talablar qo‘yiladi.
Qo‘yilgan aniq vazifalariga va asosiy maqsadlariga qarab yer hisobi
turlicha ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ba’zan u davlat miq’yosdagi yoki
ma’lum bir tarmoq bo‘yicha tadbir sifatida gavdalanadi. Umumdavlat vazifalarni
bajarishda (xalq xo‘jaligini rejalashtirish, mamlakat yagona yer fondidan
foydalanish va uni muhofaza qilish va h.k.) u yer hisobi davlat tadbiri sifatida
namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda uning vazifasi, mazmuni hamda yuritish
tartibi davlat tomonidan belgilanadi: yer hisobi ma’lumotlari va ularni olish
51
usullari; hisob kitob va hisobot xujjatlarining shakllari va mazmuni; uni amalga
oshiruvchi organlar va mutaxassislar; yerlarni hisob qilish ishlarini doimiy yuritib
borish vazifalari bajariladi.
Hisob-kitob va hisobot ishlarini yuritishning belgilab berilgan tartibi
mamlakatning barcha hududlari uchun majburiydir. Davlat yer hisobining ob’ekti
bo‘lib yagona mamlakat yer fondi xizmat kiladi.
Xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmog‘i masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish
maqsadida ushbu tarmoq ustidan rahbarlik qilayotgan idoraga shu tarmoq
korxonalari foydalanayotgan yerlari to‘g‘risida ma’lumotlar zarur bo‘ladi.
Masalan, o‘rmon xo‘jaligi korxonalari tomonidan o‘rmon xo‘jaligini oqilona va
samarali yuritish uchun ular ixtiyoridagi foydalanilayotgan, o‘rmon blan
qoplangan hududning holati va mavjud foydalanilishi to‘g‘risida aniq
ma’lumotlar zarur yoki shahar hokimiyati va uning organlariga shahar
chegarasidagi yerlarning holati va haqiqiy foydalanilayotganlik darajasi to‘g‘-
risida ma’lumotlar zarur. Shu maqsadlar uchun xam yerlarning davlat hisobi bilan
bir qatorda tarmoq hisobining ob’ekti bo‘lib, ma’lum bir vazirlik (idora)
ixtiyoridagi yerlar xizmat qiladi. Ushbu hisob turlari o‘rtasida ma’lum bir o‘zaro
uzviy aloqa bo‘lishi zarur.
Tarmoq bo‘yicha yer hisobi davlat yer hisobining mazmuni va talablarini
hisobga olgan holda tuziladi. U o‘z tarkibiga tarmoq ishlab chiqarishi bo‘yicha
davlat yer hisobi uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni, shuningdek aniq bir
tarmoq masalalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos ma’lumotlarni
oladi. Shuning uchun ham yerlarning tarmoq hisobini yuritish tartibini o‘rnatishda
ushbu masalalar yerlarni davlat hisobini amalga oshirish vazifasi yuklangan
organlar bilan kelishilgan buladi.
Yerlarning mavjud holati va foydalanish bo‘yicha hisob-kitob ishlari
yuqori sifatli plan-xarita materiallari asosida olib boriladi. Barcha yer fondi
ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha hisob qilinadi. Yerning sifati tuproq
qatlamining sho‘rlanishi, tuproqlarning ozuqa moddalar bilan ta’minlanganlik
darajasi, joyning rel’efi, tabiiy o‘tlarning holati, yer maydonlarining meliorativ
holati va boshqalar bo‘yicha aniqlanadi.
Yerlarni hisob qilish mamlakat bo‘yicha yagona uslubiyat asosida
o‘tkailadi. Bu esa o‘z navbatida hisobga olinadigan yer toifalari va respublikaning
alohida mintaqalari bo‘yicha ma’lumotlarni bir - birlari bilan taqqoslashni
ta’minlaydi. Shu maqsadlarda yer turlarini yagona uslubda tasniflashda, yer
hisobining ma’lumotlarini olish, qayta ishlash va tarz guruhlashning yagona
tizimi qo‘llaniladi.
Yer hisobining ob’ekti yagona davlat yer fondi bo‘lganligi sababli kimning
ixtiyorida
bo‘lishidan, ushbu yer maydonlari ma’lum maqsadlarda
foydalanilayaptimi yoki yo‘qmi, bulardan qat’iy nazar, yer fondiga kiruvchi
barcha yer uchastkalari hisob qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, yagona davlat
yer fondining barcha maydonlarini yer hisobi hamma yer uchastkalarini qamrab
olishi kerak. Bu esa o‘z navbatida, umumiy maydonni, uni yer toifalari va yer
turlari bo‘yicha taqsimlanishini to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi.
52
Yer hisobini to‘g‘ri tashkil etishning muhim sharti uni o‘z vaqtida va
uzluksiz yuritishdir. Bu esa yer hisobi ma’lumotlarini davr talabi darajasida
tutishga imkon beradi. Bu tamoyil yer maydonlarining holati va foydalanishida
ro‘y beradigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarni tizimli tarzda hisob qilib borishga
zaruriyat tug‘diradi. Yer maydonlarini hisob qilishda barcha o‘zgarishlar joyida
qayd qilinganidan so‘nggina yer hisobi xujjatlariga qayd qilish zarur. Miqdoriy
ma’lumotlarni turli grafiklar, diagrammalar tarzida kursatish maqsadga
muvofiqdir. Yer xisobi va yer hisoboti xujjatlari o‘rtasida mantiqiy jihatdan
doimiy ravishda bog‘liqlik bo‘lishi kerak. Chunki yer hisobi natijalari yer
balansini tuzishga birlamchi asos bo‘ladi.
Yer hisobini o‘tkazishda kam xarajat talab qiladigan ma’lumotlarni olish va
qayta ishlash usullari hamda texnik vositalardan foydalanish zarur. Zamonaviy
kompyuterlarni va tasvirga olish hamda kuzatuvning takomillashgan usullarini
qo‘llash mamlakat yagona yer fondi hisobini to‘g‘ri, o‘z vaqtida yuqori sifatda
amalga oshirishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida davlat yer kadastrini
muvaffaqiyatli yuritishga zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |