Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/91
Sana17.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#380763
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Markaziy nozimlik xizmatining asosiy vazifalari necha qism-
dan iborat?
2. Markaziy nozimlik boshqaruvi qaysi paytlarda tashkil
qilinadi?
3. Aloqaning texnik vositalariga nimalar kiradi?
4. «Vaziyatga ko‘ra boshqaruv texnologiyasi» deganda qanday
texnologiya tushuniladi?
5. Yo‘nalish nozimlarining boshqaruv hujjatlari necha qism-
dan iborat bo‘ladi?
3.3. Avtobuslar harakatini boshqarishda
o‘zgartirishlar kiritish
Aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda va transport xizmati
bozorida qo‘llaniladigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu
harakat muntazamligidir.
Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi avtobuslar
harakati tasdiqlangan harakat jadvalidan chetga chiqilganda,
harakat sharoiti va kun davomida ayrim yo‘nalishlarda yo‘lovchi
oqimi keskin o‘zgarganda qo‘llaniladi.
Avtobus harakatiga nozimlik boshqaruvi avtobus tarmog‘idagi
harakatning umumiy holatidan kelib chiqib, har bir yo‘nalish
bo‘yicha qo‘llaniladi.
Avtobuslarning harakati jadvalda belgilangandan o‘zgarib
ketganda uni to‘g‘rilash maqsadida nozimlik xizmati quyidagi
usullarni qo‘llaydi:
1. Avtobusni oxirgi bekatda to‘xtatib turish. Avtobus oxirgi
bekatga belgilangandan oldin kelsa, oxirgi bekatda ma’lum bir
muddatga to‘xtatib turiladi va keyingi reyslarga o‘z vaqtida
jo‘natiladi. Bu holat tez-tez takrorlanaversa, yo‘nalish nozimi
o‘zining kunlik hisobotida ushbu yo‘nalish jadvalini qayta ko‘rib
chiqishni taklif qiladi.
2. Kechikishni keyingi reysda quvib yetish. Agar avtobus
oxirgi bekatga o‘z vaqtida kelmasdan, ma’lum muddatga
kechikib kelsa, kechikishni keyingi reysda quvib o‘tish
maqsadida nozim yo‘lovchilarni tashish va harakat xavfsizligiga
rioya qilgan holda avtobus tezligini oshirishga ruxsat beradi.
Keyingi reysda quvib o‘tish avtobuslarning kechikishi belgi-


124
langan vaqtdan 5% oraliqda bo‘lgandagi holatlarda yo‘nalishdagi
qiyinchiliklar va haydovchining malakasini hisobga olib ushbu
usul qo‘llaniladi.
3. Avtobuslarning oxirgi bekatdan jo‘nash oralig‘ini surish.
Bitta avtobus yo‘nalishdan chiqib ketsa, avtobuslar oralig‘idagi
interval ikki barobar oshadi. Buni tuzatish uchun nozim oldingi
avtobusning intervalini 1/3 qismigacha tutib turadi. Keyingi
avtobusning interval vaqtini esa 1/3 qismiga jadvalda ko‘rsatil-
gandan oldin jo‘natadi.
4. Avtobuslarni o‘zgartirilgan interval bo‘yicha jo‘natish.
Agar yo‘nalishdan ikki yoki undan ortiq avtobus chiqib ketsa,
avtobuslar oxirgi bekatdan o‘zgartirilgan interval bo‘yicha
jo‘natiladi.
5. Avtobuslarni qisqartirilgan reysga jo‘natish. Agar avtobus
oxirgi bekatga kechikib kelsa, shuningdek, kechikishni keyingi
reysda quvib yetib bo‘lmasa, avtobus qisqartirilgan reysga jo‘na-
tiladi va keyingi reyslarda harakat jadvaliga mos ravishda hara-
katlanishini ta’minlaydi.
6. Reys vaqtini tezkor oshirish. Yo‘nalishda avtobusning
harakatlanish sharoiti o‘zgarsa, ya’ni tuman, bo‘ron, sirpanchiq
va boshqa shunga o‘xshash holatlarda nozim reys vaqtini tezkorlik
bilan 10—20 % ga oshiradi.
7. Avtobuslarni o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish
yoki vaqtinchalik boshqa yo‘nalishga o‘tkazish.
8. Zaxiradagi avtobusdan foydalanish. Yo‘nalishdan ba’zi bir
sabablarga ko‘ra chiqib ketgan avtobus o‘rni zaxirada saqlanayotgan
avtobuslar bilan to‘ldiriladi. Harakat doimiyligini saqlash uchun
avtokorxona zaxirada avtobus saqlaydi.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish