Avtotransport vositalarida


Ko‘z bilan kuzatish (chamalash) usuli



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/91
Sana17.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#380763
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Ko‘z bilan kuzatish (chamalash) usuli.
 Bu usul ancha sodda
va shu bilan birga taxminiy bo‘lib, yo‘lovchilar oqimini
yo‘nalishning eng ko‘p yuklangan bekatlarida o‘rganish uchun
qo‘llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus
ichida qancha yo‘lovchi borligini olti balli tizim orqali
baholaydilar (6-rasm):
— 1 ball — o‘rindiqlarning yarmidan ko‘p qismi bo‘sh;
— 2 ball — o‘rindiqlarning hammasi band;
— 3 ball — o‘rindiqlarning hammasi band va turib ketish
uchun mo‘ljallangan joylarning yarmi band;
— 4 ball — avtobusning sig‘imidan deyarli to‘liq foyda-
lanilyapti (1 m
2
 bo‘sh maydonga 2 yo‘lovchi to‘g‘ri kel-
moqda);
— 5 ball — avtobusning sig‘imidan to‘liq foydalanilyapti
(1 m
2
 bo‘sh maydonga 4 yo‘lovchi to‘g‘ri kelyapti);
— 6 ball — avtobus to‘lib ketgan va yo‘lovchilar unga
chiqa olmaydi (1 m
2
 bo‘sh maydonga 8 yo‘lovchi to‘g‘ri
kelyapti).
Bu usuldan foydalanilganda qancha yo‘lovchi transport
vositasida ketayotganini to‘g‘ri aniqlash uchun avtobusning
rusumiga, o‘rindiqlarning avtobusni ishlab chiqargan zavod-
dagiga nisbatan o‘zgarmaganligiga alohida ahamiyat berish kerak.
6-rasm.
 Ko‘z bilan chamalashda avtobus
to‘lganlik darajasining ballari.
1
4
2
5
3
6


37
Ko‘z bilan kuzatish usuli sodda va nisbatan kam mehnat
talab etgani uchun har bir yo‘nalishda muntazam ravishda
kunning soatlari, hafta kunlari va yil fasllari bo‘yicha
yo‘lovchilar oqimini o‘rganishda qo‘llash maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Jadval usuli.
 Jadval usuli, odatda, haftaning bironta ish
kunida (ko‘pincha chorshanba va payshanba) bir paytda shahar
yo‘lovchi transportining barcha turida (istisno tariqasida tanlab
olingan yo‘nalishlarda) bir paytda yo‘lovchilar oqimini o‘rga-
nish uchun qo‘llaniladi.
Bunda transport korxonalaridagi odamlar kamchilikni
tashkil qilgani uchun unga kollej va institut talabalari ham jalb
etiladi.
Kuzatishni o‘tkazish uchun maxsus jadvallar tayyorlanadi
va yetarli miqdorda ko‘paytiriladi. Bir nechta yo‘nalishlar
uchun hisobchilar guruhi va uning rahbari tayinlanadi.
Hisobni boshlashdan  oldin guruh  rahbarlari jadvalni
to‘ldirish qoidalari bo‘yicha hisobchilarga yo‘riqnomalar
berishadi. Shu bilan bir paytda yo‘lovchi oqimini o‘rganish
uchun ba’zi bir tashkiliy masalalar ham hal etilishi kerak.
Masalan, hisobchilar kuzatish kuni qayerda to‘planadilar,
hisobni boshlash joylariga va hisobot tugagandan keyin o‘z
manzillariga qanday yetkazib qo‘yiladi, dam olish grafigi va
boshqalar.
So‘rov usuli. 
Bu usul ikkiga bo‘linadi va birinchisida aholiga
savollar yozilgan varaqa aloqa bo‘limlari orqali yuboriladi.
So‘rov usuli yordamida bekatlarning boshqa bekatlar bilan
bog‘liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi
mavzelarga ko‘chib ketgan aholiga transport xizmatini ko‘r-
satishning sifatini oshirish uchun qanday yo‘nalishlarni tashkil
etish, transport turlari va sig‘imini to‘g‘ri tanlash kabi masa-
lalarni yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
So‘rovnoma o‘tkazishning ikkinchi usulida varaqa xona-
donlarga yuborilmaydi. Ularni bekatlarda hisobchilar yo‘lov-
chilar bilan savol-javob orqali to‘ldiradilar (4-jadval). Ba’zi
hollarda hisobchilar varaqani transportda ketayotgan yo‘lov-
chilarga tarqatib, to‘ldirilgan varaqalarni ulardan yig‘ib olishlari
ham mumkin.


38
4-jadval

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish