“Til tarixi” kursi o‘z ichiga “Qadimgi turkiy til”, “Eski o‘zbek tili va yozuvi”, “O‘zbek
tilining tarixiy grammatikasi” va “O‘zbek adabiy tili tarixi” fanlarini qamrab oladi. Bunda turkiy
tillar, jumladan, o‘zbek tilining bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasi davrlar
osha etib kelgan qo‘lyozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi faktik materiallarga
suyangan holda ochib beriladi.
“Til tarixi” kursi turli davrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni ilmiy-nazariy jihatdan
tushuntirishda qadimgi turkiy til(VII-X), eski turkiy til(XI-XIV) va eski o‘zbek adabiy tilining (XV-
IX) taraqqiyot bosqichlarida sodir bo‘lgan fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik,
sintaktik hodisalarni diqqat markazida tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: