Mavzuning maqsadi
: Demografiya va aholi geografiyasi fanining maqsadi,
predmeti va vazifalarini o’rganish.
Aholi deganda hududda (butun yer shari, uning ayrim qismlari, qit’alar,
mamlakatlar, shaharlar, rayonlar va hk.) yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi. Aholi
va uning xo’jalik faoliyati hamma davrlarda geografiya fanini qiziqtirib kelgan.
Geografiya fanlari tizimida iqtisodiy geografiyaning qaror topishi bilan bu masalaga
qiziqish ayniqsa kuchaydi. Bu g’ejiz emas edi. Chunki iqtisodiy geografiyaning asosiy
vazifasi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashish qonuniyatlarini o’rganishdir.
Muamoli vaziyat : Axoli soni, uni takror barpo etilishi, yosh va jinsiy
tarkibini o’rganish muxim vazifalardan biridir. Chunki axoli asosiy
istemolchi hamdir. Uni ijtimoiy yoxtiyojlarini o’rganish taxlil etish
muhimdir.
Aholi esa xar qanday jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Jamiyat
hayoti uchun zrur bo’lgan barcha boyliklar insonning mehnati natijasida yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mehnat qurollari, xaom ashyo, yoqilg’i va
boshqa qo’shimcha materiallar faqat inson qo’li, odam mehnati tufayligina harakatga
keltiriladi va ular ishlab chiqarish jarayonining eng aktiv elementlaridir, qolgan barcha
ishlab chiqaruvchi kuchlar ishlab chiqarish jarayonining passiv qatnashchiaridir.
Shunday qilib, aholi, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning asosiy sub’ektidir. U
barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi asosiy kuchdir.
Aholi ayni paytda ishlab chiqariladigan barcha moddiy boyliklarning asosiy
iste’molchisidir ham. Iste’mol esa, butun ijtimoiy ishlab chiqarishni tugallaydigan,
unga yakun yasaydigan qismidir. Тaraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli
17
bilan birga, aholining o’zini takror barpo qilinadi - kishilarning avlodlari tarbiyalanadi
va voyaga yetkaziladi.
Shuning uchun ham aholining geografik jihatdan o’rganishda quyidagilarga
e’tibor berish zarur.
1. Aholi ishlab chiqarish sub’ekti, barcha moddiy nematlarni ishlab chiqaruvchi.
2. Ishlab chiqariladigan jami ijtimoiy maxsulotlarni ma’lum qismini
iste’molchisi.
3. Aholi butun ijtimi y takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi
bo’lib, o’zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Aholiga xos ana shug’ullanish xususiyatlarni o’rganmay turib, har qanday
iqtisodiy geografik muammoni chuqur tadqiq qilish va hal qilish qiyin. Hududi shunga
ko’ra, aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyanign bir muhim tarmog’idir. Aholining
hududiy joyshuvi xalq xo’jaligining joylashuvi hamda tuzilishi bilan bog’liq va
aksincha, aholining joylashuvi, o’z navbatida, xo’jalikni rivojlantirish hamda
joylashtirishga bevosita ta etadi. Тurli mamlakatlar va rayonlar xo’jaligining ixtisosi va
rivojlanish darajasiga shu hududda aholining faoliyati, xo’jalik tarkibi turlicha bo’lishi
mumkin.
Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lishi bilan birga
boshqa tarmoqlar (sanoat geografiyasi, qishloq xo’jaligi geografiyasi, transport
geografiyasi) o’rtasida aloxida o’rin tutadi. Chunki aholi ishlab chiqaruvchi kuch va
ishlab chiqarish sohalarida aktiv qatnashadi, iqtisodiy geografiya o’rganadigan barcha
hodisa va jarayonlarda o’zi bevosita ishtirok etadi. Binobarin, iqtisodiy
geografiyaning barcha boshqa tarmoqlari aholi geografiyasi ko’rsatkichlariga muhim
o’rin beriladi. Aks holda, tegishli xo’jalik tarmog’i geografiyasining barcha
xususiyatlari to’la ochilmay qolishi mumkin.
Chunki hozirgi zamon geografiya fanining muxhim vazifalaridan biri - tabiiy
sharoit, xo’jalik, aholining o’zaro aloqalari va bir-biriga taini regional analiz qilishda
hamda turli mamlakatlar va rayonlarda ana shu aloqalar jarayonida vujudga keladigan
hududiy dinamik tizimlarni o’rganishdan iborat
aholi yer sharining turli qismlarida vujudga keladigan aks shunday hududiy
dinamik tizimlarning eng aktiv tarkibiy qismidir.
Aholi geografiyasi aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi regional
farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi punktlarining hududiy
tizimlarini v ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Aholi geografiyasi,
shuningdek, aholining yer shari bo’yicha va ayrim mamlakatlar hamda rayonlar
miqyosidagi harakatini ham o’rganadi.
Aholining hududiy joylanish formalari aholi geografiyasining muhim
tushunchalaridan biridir.
Aholining hududiy taqsimlanishi va joylashuviga tabiiy sharoit ham ta’sir
ko’rsatadi. Ammo sharoit bilvosita, ya’ni ishlab chiqarish orqali ta’sir etadi.
Aholi geografiyasi bir qancha yo’nalishlarga bo’linadi:
1. Aholining tarkibi va takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu farqlar
sababini o’rganish.
2. Mehnat resurslarini va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o’rganish.
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va uning harakatini o’rganish.
4. Aholi punktlari va ularning hududiy tizimlarini o’rganish. Aholi
geografiyasining bu yo’nalishda shaharlarni va qishloq aholi punktlarini alohida
18
o’rganuvchi shaharlar geografiyasi va qishloq aholi punktlari geografiyasi vujudga
kelgan.
5. Aholining madaniyati va turmush sharoitlaridagi geografik farqlarni va
ularning sabablarini o’rganish.
6. Тarixiy aholi geografiyasi. Bu yo’nalish o’tgan tarixiy davrlarda aholi
geografiyasini o’rganadi va tarixiy geografiyasining bir qismi hisoblanadi.
7. Aholini kartaga tushirish.
Aholi geografiyasining oldida birqancha vazifalar turadi:
Birinchidan, mamlakatimiz aholisi va chet mamlakatlar aholisi haqida, ularning
soni, va usishi, hududi joylashuvi, migratsiyasi, xhalqlar geografiyasi, aholi
punktlarining xilma-xilligi, turli mamlakatlarda sharoitiga qarab shaharlarning
rivojlanish muammolari va boshqa ma’lumotlar bilan keng kitobxonlar ommasini va
shuningdek, amaliy maqsadlar uchun qiziquvchi tashkilotlarni ta’minlaydi.
Ikinchi muhim vazifa - aholi geografiyasining bevosita amaliy vazifalarini xal
qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini kuchaytirish.
Bozor itisodiyoti sharoitida Respublikamiz butun hududi bo’yicha ayniqsa
qishloq aholi punktlarida maktab, mavdo korxonalari, tibbiyot, madaniyat muassasalari
va boshqalarni rejaoli joylashtirish, mehnat resurslaridan mumkin qadar to’la va
oqilona foydalanish, shahar bilan qishloq o’rtasidagi mavjud tafovutlarni asta-sekin
tugatib borish, aholining turmush darajasini yanada ko’tarish, butun aholi punktlari
tizimini takomillashtirib borish kabi muammolarni xal qilishda aholi geografiyasi o’z
munosib xissasini qo’shib kelmoqda.
3. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi juda keng va har
tomonlamadir. Chunki aholini turli aspektda bevosita o’rganadigan yoki aholiga
taalluqli bo’lgan masalalarga katt e’tibor beradigan fanlar va fan tarmoqlari juda
ko’pdir.
Aholi geografiyasining o’z tadqiqotldari jarayonida aloqa qiladigan yoki
hamkorlikda ishlaydigan fanlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin.
1. Geografiya fanining boshqa fanlar bilan tarmoqlar bilan aloqasmi. Bular
jumlasiga: xo’jalik geografiyasi, tibbiyot geografiyasi, xizmat ko’rsatish geografiyasi,
turizm geografiyasi, tarixiy geografiya, kartografiya bilan aloqalar kiradi.
Shuningdek, aholi geografiyasi bilan xizmat ko’rsatish geografiyasi o’rtasidagi
aloqalar va o’zaro hamkorligi ayniqsa mustahkamdir. Хizmat ko’rsatish geografiyasi
aholini barcha ehtiyojlariga xizmat krsatuvchi xizmat ko’rsatish tarmoqlarining
rivojlanish darajasi va hududiy joylanishini geografik taqqoslash usulida o’rganadi,
xizmat ko’rsatish ayrim tarmoqlarini joylashtirish, qishloq joylarda shahar va shahar
aglomeratsiyalarida xizmat ko’rsatish markazlarini vujudga kelish muammolarini
tadqiq qiladi. Хizmat ko’rsatish geografiyasi o’rganishi kerak bo’lgan barcha
masalalarning hammasi faqat aholi va aholi punktlari haqidagi batafsil
ma’lumotlardagina analiz qilish mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi
geografiyasi tarkibida vujudga kelgan bo’lib, ular o’rtasidagi aloqa har tomonlamadir.
Aholi geografiyasi bilan chambarchas va har tomonlama aloqador bo’lgan
fanlarning ikkinchi guruhi demografiya va etnografiya fanlaridir.
19
Demografiya va etnografiya aloxida guruxga ajratishimiz shu boisdanki, ular
ham aholi geografiyasi singari, aholini o’rganadi. Ularning har qaysisi aholini o’z
nuqtai nazaridan tadqiq qiladi, albatta. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu
fanlarning har uchchalasi o’rganadi. Biri ikkinchisining materiallaridan keng
foydalanadi.
Aholi geografiyasi aloqa qiladigan fanlarning uchinchi uruxiga antropologiya,
sotsiollogiya, mehnat ekonomikasi va boshqa fanlar kiradi.
Aholi geografiyasining sotsiologiyasi bilan aloqalari va hamkorligi ham
mustahkamlanib bormoqda. Sotsiologiya jamiyatimizdagi kishilar o’rtasidagi ko’p
qirrali o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Тurli maqsadlarda o’tkazish sotsiologik
tadqiqotlar aholini geografik jihatdan ta’riflash uchun zarur bo’lgan ma’lumotni
beradi.
Yuqorida sanalgan fanlar bilan aholi geografiyasi aloqalari serqirrali va
mazmunlidir.
Nazorat savollari
1. Aholi geografiyasi kursining predmeti xakida so’zlab bering.
2. Aholi geografiyasi kursining maqsad va vazifalari nipalardan iborat?
3. Aholi geografiyasini o’rganish ob’ekti.
4. Kursning predmeti nipalarni tashkil qiladi?
5. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
6. Aholini territorial taqsimlanishi va joylashuvi.
7. Aholi punktlari deganda nimani tushunasiz?
8. Aholi punktlariga nimalar kiradi?
9. Mehnat resurslari haqida tushuncha bering.
10. Aholini ishlab chiqarish bilan bandligi deganda nima tushuniladi?
Quydagi topshiriqni bajaring:
1. Axoli geografiyasi kursi bo’yicha adabiyotlar bilan tanishish va daftarga yozib
kelish.
Adabiyotlar
1. Asanov G. Aholi geografiyasi. Т., 1978.
2. Asanov G. Sotsial iqtisodiy geografiya: termin va izohli lug’ati. Т., 1990.
3. Bruk S.I. Naseleniya mira. Etnograficheskiy spravochnik. 2-Ye.izd. pererab. i dop.
M., 1986.
20
2-MAVZU: MAMLAKATIMIZDA AHOLI GEOGRAFIYASINING TARKIB
TOPISHI VA RIVOJLANISHI.
REJA:
1. Aholi geografiyasining tarkib topishi.
2. Aholishunos olimlarning fikrlari.
Тayanch
iboralar:
«Odam
geografiyasi»,
geografik
determenizm,Antropogeografiya, aholi
geografiyasi,
optimum
nazariyasi,
biometriya,
Do'stlaringiz bilan baham: |