O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti



Download 459,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/34
Sana17.01.2022
Hajmi459,94 Kb.
#380666
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanidan talim texnologiyasi (2)

Esda saqlang! 

Faqat 19-asrga kelib, dastavval Germaniyada va keyinchalik G’arbdagi boshqa 

davlatlarda  antropogeografiya  paydo  bo’la  boshladi.    Antropogeografiyaning 

asoschisi nemis geografi Fridrix Ratselp. 

 

 



Bu  yo’nalish  geografik  determinizmning  vulgar-materialistik  konsepsiyasiga 

asoslanardi  va  aholi  geografiyasidagi  barcha  hodisa  hamda  voqealarni  tabiiy 

sharoitning ta’siridan deb tushuntirishga urinar edi. 

 

19-Asr  oiri  20-asr  boshlarida  g’arbiy  Yevropada    odam  geografiyasi  deb 



nomlangan yo’nalishi ham vujudga keladi. Fransuz geograflari P.Vidalp de Lya Vlash 


 

21 


(1845-1919) va J.Bryun (1869-1930) bu yo’nalishning asoschilari edilar. Bu yo’nalish 

ham  aholi  geografiyasi    masalalarini    tushuntirishda  jamiyat  taraqqiyotining  haqiqiy 

qonunlariga  emas,  balki  burjua  falsafasi,  siyosiy  iqtisodi  va  tarixining 

konsentratsiyalariga  asoslangan.  Bu  yo’nalish  namoyandalari  tabiat  bilan  jamiyat 

o’rtasidagi,  tabiat  bilan  aholi  o’rtasidagi  munosabatlar  va  aloqalarni  ilmiy  asosda 

o’rganmasdan  balki  alohida  bir  olamning  tabiat  bilan  o’zaro  munosabatlarini  va  bir 

biriga  ta’sirini  o’rganish  bilan  shug’ullanganlar.  Buning  uchun  ham  ular  o’z 

fanlarining  nomini  aholi  geografiyasi  emas,  balki  odam  geografiyasi  deb  atashgan. 

Rossiyada revolyutsiyagacha aholi geografiyasiga taalluqli yirik ilmiy asarlar juda kam 

edi.  Chunki,  aholi  geografiyasi  geografiyaning  maxsus  tarmog’i  sifatida  xali  tashkil 

topmagan  edi.  Ana  shu  davrda  ota-bola  P.P.Semyonov-Тyanshanskiy  va 

V.P.Semyonov-Тyanshanskiy  hamda  A.N.Voyeykovning  ishlari  alohida  o’rin 

egallaydi. Semyonov-Тyanshanskiy 19-asr oxirida Rossiya aholisi va aholi punktlarini 

geografik  analiz  qilgan,  bir  necha  ishlar  bajargan.  U  o’zining  1971  yilda  chiqqan 

asarida aholi zichligi kartasinii batafsil va mazmundor analish qildi. 

 

1863-1865  yillarda  P.P.Semyonov-Тyanshanskiy  “Geografik  -  statistik  lug’at” 



tuzdi. 

 

Lug’atda  Rossiyaning  barcha    shaharlari,  stansiya  va  yirik  qishloqlariga 



xarakteristika berdi. U Rossiya qishloqlariga birinchi bo’lib, batafsil ijtimoiy-iqtisodiy 

xarakteristika berdi, ularni 27 ta tipga ajratdi. Ayniqsa uning “Murevenskaya golostg’” 

(1880)  asari  aloxida  diqqatga  sazovordir.  Bu  asar  aholini  va  qishloq  punktlarini 

kompleks  geografik  ekspeditsiyalar  yordamida  o’rganish  bo’yicha  brinchi  manba 

bo’lib,  ushbu  davrda  Rossiya  va  chet  mamlakatlarda  aholiga  bag’ishlangan  ishlar 

orasida  o’z  ilmiy  saviyasiga  ko’ra  xiyla  yuqori  turar  edi.    P.P.Semyonov-

Тyanshanskiyning bu asari bilan K.Marks keyinchalik V.I.Lenin qiziqqan. K.Marks va 

V.I.Leninni qiziqtirgan narsa bu asarda ijtimoiy jarayonlar territorial farqlarning analiz 

qilinishi  va  1861  yil  reformasidan  keyin  Rossiya  qishlog’idagi  sinfiy  tabaqalanish 

masalalarining  yoritilishi  edi.  Ma’lumki,  P.P.Semyonov-Тyanshanskiy  “Rossiya. 

Vatanimizning to’la geografik tasviri” (1899-1914) nomli ko’p tomli nashrning asosiy 

tashkilotchisi  edi.  Bu  asarda  Rossiya  turli  qismlarining  aholisi  va  aholi  punktlari 

xaraktristikasiga  keng  o’rin  berilgan.  Pyotr  Petrovich  Semyonov-Тyanshanskiyning 

o’g’li Veniamin Petrovich ham o’z ishlarida aholini o’rganishga katta e’tibor bergan. 

Ayniqsa,  uning  “Yevropa  Rossiyada  shahar  va  qishloq”  (1910)  nomli  asari  muhim 

faktologik  ma’lumotlarga  boyligi  va  ilmiy  analizdagi  ba’zi  yangicha  yondoshishlari 

bilan  diqqatga  sazovordir.  Keyinchalik,  sobiq  sovet  hokimiyati  davrida  (1922-1925) 

P.P.Semyonov-Тyanshanskiy  rahbarligida  Rossiya  Yevropa  qismining  46  varaqdan 

iborat  aholi  zichligi  kartasi  tuzildi.  O’sha  davrda  bunday  karta  boshqa  birorta  ham 

mamlakatda tuzilmagan edi.  

 

Aholi geografiyasi bo’yicha revolyutsiyadan avval nashr etilgan asarlar orasida 



mashhur geograf Aleksandr Ivanovich Voyeykov asarlari  alohida o’rin egallaydi. Eng 

muhimi  shuki,  A.I.Voyeykov  o’z  ishlarida  antropogeografiya  ta’siriga  berilmadi.  U 

“Yer shari aholisining tabiiy sharoit va kishilar faoliyatiga qarab taqsimlanishi” (1906) 

“yevropa Rossiyasi va G’arbiy sibir qishloqlarining gavjumligi” (1909) kabi asarlarida 

tabiat va aholiga jonli, qiziqarli geografik ta’rif berish namunasini ko’rsatadi.  

 

A.I.Voyeykov  aholining  territorial  taqsimlanishida  tabiiy  sharoit  emas,  balki 



odamlarning o’zi xal qiluvchi rol o’ynaydi degan xulosaga keldi. Bu esa, o’sha davrda 

hukmron  bo’lgan  antropogeografik  ta’limotga  ko’ra  butunlay  qo’shilmaslik  edi.  U 




 

22 


aholining  shaharlar  bilan  qishloqlar  o’rtasida  taqsimlanishi,  bu  jarayonning 

rivojlanishini  analiz  qilib  shaharlarni  o’rganishda  ularning  ma’muriy-yuridik 

tomonlariga emas, balki iqtisodiy ko’rsatkichlariga ahamiyat berish muhimligini qayd 

qildi.  Bu  esa  ushbu  davr  uchun  muhim  progressiya  qarash  edi.  Chunki,  shaharlarni 

o’rganishda, birinchi navbatda, ularning iqtisodiy rolini analiz qilish zarurligi hozirgi 

zamon  aholi  geografiyasini  ham  asosiy  prinsipial  masalalaridan  biridir.    Voyeykov 

aholi  geografiyasi  masalalarini,  aholi  bilan  tabiat  o’rtasidagi  munosabatlarni  analiz 

qilishda  ijtimoiy-iqtisodiy  faktorlarga  katta  ahamiyat  berib,  o’z  davri  olimlaridan 

ancha yuksak pog’onaga ko’tarila oldi, shunga qaramay, u xali ko’p masalalarni to’g’ri 

va  chuqur  tushunib  yetmagan  va  o’sha  davr  rus  faniga  xom  bo’lgan  liberal  -burjua 

pozitsiyasi ta’sirida edi. 

 

Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning aloxida muhim uzviy qismi sifatida 



mamlakatimizda  faqat  sovet  davrida  shakllandi  va  rivojlandi.  Ma’lumki,  sobiq  sovet 

hokimiyatining  dstlabki  yillaridayoq  planli  sotsialistik  xo’jalik  sharoitida  katta  ilmiy 

amaliy ahamiyatga ega bo’lgan marksistik geografiya fani tashkil topa boshladi. 

 

 



Nazorat savollari 

 

 



1. Aholi geografiyasining tarkib topishi. 

 

2. Aholi geografiyasining rivojlanishi. 



 

3. Antropogeografiya nimani o’rganadi? 

 

4. Aholi geografiyasini o’rgangan olimlar. 



 

5. P.P.Semyonov-Тyanshanskiy ishlari. 

 

6. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 



 

7. Aholi geografiyasini o’rganishga o’zbek olimlari xissasi. 

 

8. Rossiyada aholi geografiyasini o’rganish tarixi. 



 

9. Mavzu bo’yicha xulosa chiqaring. 

 

Adabiyotlar. 



 

1. Asanov G. Aholi geografiyasi. Т., 1978. 

2. Asanov G. Sotsial iqtisodiy geografiya: termin va izohli lug’ati. Т., 1990. 

3. Bruk S.I. Naseleniya mira. Etnograficheskiy spravochnik. 2-Ye.izd. pererab. i dop. 

M., 1986. 

 

 



 

 

 



 

 

Download 459,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish