JALOLIDDIN MANGUBERDI- XALQ QAHRAMONI
Xalqimizning asl farzandi Jaloliddin Manguberdining jasorati tariximizga
zarhal harflar bilan bitilgan. Jaloliddin Manguberdi kelishmovchiliklar oqibatida
Xorazm davlati darz ketganda ham, uning poytaxti Urganch Chingiz qo'shinlari
tomonidan vayron etilganda ham Vatanini qutqarib qolishdek ezgu orzudan
umidini uzmadi. Bu mardlik qarshisida lol qolgan Chingizxon hayrat ichida:
"Mening to'rt o'g'lim bor. Qirqta o'g'lim bo'lganda ham birgina Jaloliddinga
almashtirgan bo'lar edim", -degan edi. Jaloliddin qorachadan kelgan, o'rta bo'yli
turk tilida so‘zlashar edi. Otliq yigitlar ichida eng botiri bo'lib, adolatni sevar,
yovuzlikni qoralardi. Jaloliddin nomi mustaqillik va ozodlik uchun kurashgan xalq
qahramonlari qatorida turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |