54
4.2. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining tahlili
Ma’lumki, asosiy vositalarsiz hozirgi zamon ishlab chiqarishini tashkil etish
mumkin emas. Ularning mavjudligi, sifati, unumdorligi ishlab chiqarishning
samarasini hal qilishda asosiy o’rinni egallaydi. Xo’jaliklarda mavjud vositalar ikki
katta guruhga bo’linadi. Bular asosiy va aylanma fondlardir.
Asosiy vositalar bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi, o’zining
qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Bu eskirgan
qiymat, amortizatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarida
ishtirok etib, tamomam eskirib bo’lganda ham o’zining fizik shaklini
o’zgartirmaydi. Ana shu xususiyatlarga ega va talablarga javob beradigan vositalar
asosiy vositalardir. Bularga imorat va inshoatlar, mashinalar (kombaynlar,
traktorlar va h.q.), transport vositalari, asbob – uskunalar, ko’p yilllik daraxtzorlar,
uzumzorlar, mahsuldor chorva mollari va ishchi hayvonlar kiradi. Asosiy vositalar
asosiy vositalarning qiymat ko’rinishiga ega qismi bo’lganligi uchun ham asosiy
ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Ishlab
chiqarishda qatnashishiga qarab asosiy vositalar ikkiga, ya’ni ishlab chiqarishga
tayin etilgan va ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy fondlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy fondlarga ijtimoiy sohaning asosiy
fondlari kiradi.
Fermer
xo’jaliklari
o’z
balanslarida
mavjud
asosiy
fondlardan
foydalanishning holatini ko’rsatkichlar tizimi bilan aniqlab boradi. Qishloq
xo’jaligi korxonalarining fond bilan ta’minlanish darajasi. Bu ko’rsatkich
xo’jalikda mavjud asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatini yer moydonlariga
(qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar, haydaladigan yerlar, ekin maydonlari) bo’lish
yo’li bilan aniqlanadi.
Fermer xo’jaliklari barcha turdagi yaroqli va sifatli asosiy vositalar bilan
yetarli darajada ta’minlansa va ulardan samarali foydalansa, albatta mahsulot
ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi, natijada moddiy ne’matlar
yetishtirish ko’payadi, sifati
yaxshilanadi, sof foydasi ko’payib, iqtisodi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
55
mustahkamlanadi, oqibatda milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga, hamda xalqning
turmush darajasining o’sishiga sababchi bo’ladi.
Shu nuqtai nazardan xo’jalikning asosiy vositalardan foydalanish
samaradorligini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ular asosida mavjud
imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish katta ahamiyatga egadir.
Fermer xo’jaliklarining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o’rganishda
tahlilning vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
−
xo’jalik
subyektlarining
asosiy
vositalar
bilan
yetarli
darajada
ta’minlanganlik holatiga baho berish;
−
asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;
−
korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash
bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;
−
asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;
−
asosiy vositalarning harakat ko’rsatkichlarini o’rganish va ularga baho
berish;
−
asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajalariga baho berish;
−
xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish;
−
asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni
ko’rsatib berish va hakozo.
Fermer xo’jaliklarining asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot
manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
•
Fermer xo’jaliklarining biznes reja ma’lumotlari;
•
“Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
•
“Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot (3-shakl).
Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni zamon talabiga mos holda
rivojlantirish ko’p jihatdan asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasiga va
ulardan samarali foydalanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham
xo’jalikning asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasini hamda ulardan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
56
foydalanish ahvolini o’rganish va iqtisodiy tahlil qilish katta ahamiyatga egadir,
chunki tahlil tufayli asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va
ulardan samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi. Shuning
uchun ushbu jarayonda ham tahlilni uzluksiz ravishda tashkil qilish zarur.
Ushbu bo’limda Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining
asosiy vositalar bilan ta’minlanish ko’rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish tartibi
bayon qilinadi.
Fermer xo’jalikning asosiy vositalar bilan ta’minlanish ko’rsatkichlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
1. Fermer xo’jalikning fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyenti
Do'stlaringiz bilan baham: