3.4. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va tugatishning hisobi
Asosiy vositalar to’liq eskirganda, sotilganda, tabiiy ofat natijasida nobud
bo’lganda va boshqa hollarda hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni hisobda
chiqarilishida maxsus tuzilgan xay’at tomonidan «Asosiy vositalarni tugatish
dalolatnomasi» (
№
4-OS-shakl) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomani fermer xo’jaligi
rahbari tasdiqlangandan so’ng, buxgalteriyaga topshiriladi va asosiy vositalar
hisobi kartochkasiga tegishli yozuvlar yoziladi. Asosiy vositani tugatishdan
olingan materiallar «Dalolatnoma» asosida omborga qabul qilinadi. Asosiy
vositalarni tugatilishi va boshqa hisobdan chiqishi tranzit schyot bo’lgan 9210-»
Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi « schyotida hisobga olib boriladi.
Ushbu schyot bo’yicha quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuziladi.
1.
Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 0110-0190 schyotlari - Hisobdan chiqarilgan (sotilgan, tekinga
berilgan, tugatilgan) asosiy vositalar dastlabki qiymatiga.
2.
Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 0110-0190 schyotlari - Lizingga berilgan yoki boshqa fermer
xo’jaliklariga hissa badali sifatida berilgan asosiy vositaning dastlabki qiymatiga.
3.
Debet 0210-0299 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -
Hisobdan chiqarilgan asosiy vositaning eskirish summasiga.
4.
Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti-Asosiy vositani
tugatishda yordamchi ishlab chiqarishlar xizmati summasiga.
5.
Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 6710-«Mehnat haki bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» schyoti-
Asosiy vositani tugatishda qatnashganlarga mehnat haqi hisoblansa.
6.
Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» schyoti - Ijtimoiy
sug’urtaga ajratmalar hisoblansa
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
46
7.
Debet 1050, 1090 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Asosiy
vositani tugatishdan olingan turli xil materiallar summasiga.
8.
Debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -
Xaridorlarga sotilgan asosiy vositalar summasiga (puli to’lanmagan).
9.
Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan
foyda» schyoti - Asosiy vositani tugatishdan moliyaviy natija (foyda) aniqlansa.
10.Debet 9430-«Boshqa operasion xarajatlar» schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -
Asosiy vositani tugatishdan moliyaviy natija (zarar) aniqlansa.
Asosiy vositalar foydalanishga yaroqsiz bo’lganda yoki to’liq eskirgan
«Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» rasmiylashtirilib, hisobdan
chiqariladi. Ushbu xo’jalik operasiyalari buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks
ettiriladi:
1.Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 0110-0190 schyotlari – Asosiy vositaning dastlabki qiymatiga.
2.Debet 0210-0290 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -
Asosiy vositani eskirish summasiga.
3.Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 2310, 6710, 6520 schyotlari - Asosiy vositani tugatish bilan bog’liq
xarajatlarga.
4.Debet 1040, 1050, 1090 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -
Asosiy vositani tugatishdan olingan turli materiallar summasiga.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
47
Asosiy vositalarni boshqa hisobdan chiqarishlari bo’yicha moliyaviy natija,
xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek aniqlanadi.
Asosiy vositalar inventarizasiya natijasida kam chiqqanda yoki tabiiy ofat
natijasida yoki boshqa sabablar bilan ham hisobdan (balansdan) chiqariladi. Ushbu
operasiyalar buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 0110-0190 schyotlari - Asosiy vositaning dastlabki qiymatiga.
2.Debet 0210-0290 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Asosiy
vositaning eskirish summasiga.
3.Debet 5910-«Kamomadlar va moddiy boyliklarni buzilishidan keladigan
nobudgarchiliklar».
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi»-schyoti -Kam
chiqqan asosiy vositaning qoldiq qiymati summasiga.
4.Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimning qarzi» schyoti.
Kredit 5910-«Kamomadlar va moddiy boyliklarni buzilishidan keladigan
nobudgarchiliklar» schyoti -Kamomad summasi aybdorga olib borilsa.
Asosiy vositalar kamomadi yoki boshqa hisobdan chiqishiga aybdor shaxs
aniqlanmasa,summa 5910-«Kamomadlar va moddiy boyliklarni buzilishidan
keladigan nobudgarchiliklar» schyotda qoladi va yil oxirida 9910-«Yakuniy
moliyaviy natija» schyotiga o’tkaziladi.
Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa hisobdan chiqishida inventar
obyektlarni har bir turi bo’yicha alohida analitik schyotlar ochilib, analitik hisobi
yuritiladi.
Asosiy vositalar lizing bo’yicha berilganda, lizing bo’yicha olinishi lozim
bo’lgan summalar, daromad hisoblanib quyidagicha provodka beriladi:
1. Debet 6290-«Muddati uzaytirilgan daromad» schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Joriy
yilda (hisobot davrida) olinadigan lizing summasi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
48
2. Debet 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan uzoq muddatli majburiyatlar»
schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-
Keyingi davrlarda olinadigan lizing summasi.
Agar asosiy vostalar uzoq muddatli ijaraga berilsa:
Debet 0920-«Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti
buxgalteriya provodkasi beriladi.
Bitiruv malakaviy ishi obyekti bo’lgan Payariq tumani «Ziyaboy Ortiqov»
fermer xo’jaligida keyingi uch yilda asosiy vositalar tarkibi o’zgarmagan, ya’ni
hisobdan chiqarilmagan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
49
Do'stlaringiz bilan baham: |