IV-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
FERMER XO’JALIKLARIDA ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGINING TAHLILI
4.1. Samaradorlik va uni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar
Samaradorlik - ma’lum bir davr mobaynida yaratilgan pirovard natija bilan
mahsulot birligi ishlab chiqarishga sarflangan moddiy va mehnat resurslari
xarajatlarini nisbatidir.
Samaradorlikni oshirish har bir qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining eng
asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor
ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda
olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Biroq,
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
“samaradorlik”
tushunchasi,
garchi,
daromad
olish,
xarajatlarni
kamaytirish,
mehnat
samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik
tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda,
daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo’llanilmoqda. Samarali
ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish,
noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish
quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini
oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
“Samara”,
“samaradorlik”,
“ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik”
kabi
tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad
hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona
faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish
samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
50
Samaradorlik, avvalo, qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining sifat
jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda
unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik
qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun
ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara
shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat
o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish,
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama
rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi
hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va
madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining
uzayishida aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – korxona rahbariyatining doimiy
vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi:
−
bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda
eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi,
optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
−
iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va
yuqori daromad (foyda) olish;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
51
−
aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab
chiqarish zahiralarini yaratish.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo’jalik yuritishning bozor tizimi
hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning
iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday
ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning
mavjud bo’lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va
resurslarni yo’qotish bilan izohlash mumkin.
Fan-texnika
taraqqiyoti
korxonalarning
ishlab
chiqarish
faoliyati
samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib kelgan va hozirda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo’llar bilan foydalanish
mumkin:
−
ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish
hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
−
asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
−
progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik
jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
−
xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini
yaratish va ulardan foydalanish;
−
ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
−
ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Amaliyotda
fan-texnika
taraqqiyotining,
jumladan,
uning
tarkibiy
qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani
topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va
istaklarning o’zigina etarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika
taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan yo’nalishlarini izlash va aniqlash,
ikkinchidan, pul mablag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslar (investitsiyalar)
izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
52
ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar
bilan kerakli aloqalarni “bog’lash”, to’rtinchidan, o’z ilmiy-texnikaviy
maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi.
Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining samarali bo’lishida ishlab
chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va
sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga etkazish, korxonaning ishlab
chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga
esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan foydalanish orqali
erishiladi.
Fermer xo’jaliklarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
ifodalaydigan ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
−
100 so’mlik moddiy xarajat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
−
100 so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondiga to’g’ri keladigan foyda
miqdori;
−
1 gektar hisobiga to’g’ri keladigan energetik resurslar quvvati;
−
1 xodim hisobiga to’g’ri keladigan asosiy fondlar hajmi;
Iqtisodiy samaradorlikni ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar resurslar va ulardan
foydalanish ko’rsatkichlari hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish
samaradorligi natijasiga katta ta’sir qiladigan ko’rsatkichlardan biri xo’jalikning
fondlar bilan ta’minlanish ko’rsatkichi hisoblanadi. Asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar uch guruhga bo’linadi:
1.
Fond qaytimi.
2.
Fond sig’imi.
3.
Fond rentabelligi.
Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi fond qaytimi va
fond sig’imi ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond qaytimi yil davomida
ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotni yoki foydani asosiy fondlarning o’rtacha yillik
qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Fond qaytimi xo’jalikda mavjud 1
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
53
so’mlik asosiy fondlar evaziga qancha so’mlik yoki tiyinlik yalpi mahsulot (foyda)
ishlab chiqarilganini bildiradi. Bu ko’rsatkich natijasi qancha yuqori bo’lsa,
fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Fond sig’imi fond qaytimining aksi bo’lib, asosiy fondlarning o’rtacha yillik
qiymatini xo’jalikning yalpi mahsulotiga bo’lish natijasida aniqlanadi. Fond
sig’imi xo’jalikda 1 so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha so’mlik
asosiy fond ishlab chiqarish jarayonida qatnashganini ko’rsatadi. Fond sig’imi
ko’rsatkichi qanchalik past bo’lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi
shunchalik yuqori hisoblanadi. Fond qaytimi va sig’imini foydaga nisbatan ham
aniqlash maqsadga muvofiq.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini omilli tahlil asosida
mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki
imkoniyatlarning mavjudligi o’rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy
fondlardan foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim
iqtisodiy yo’nalishlar belgilanadi.
Demak, fermer xo’jaliklarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini xo’jalik xususiyatlaridan kelib chiqib o’rganish, bunda
fondlar bilan ta’minlanish darajasi va ko’rsatkichlarini tuman darajasida o’rganish
bilan birgalikda xo’jalik miqyosida amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini omilli tahlil asosida
mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki
imkoniyatlarning mavjudligi o’rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy
fondlardan foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim
iqtisodiy yo’nalishlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |