3.2. Asosiy vositalar kelishining hisobi
Fermer xo’jaliklariga tegishli bo’lgan asosiy vositalar holati va harakati
to’g’risidagi axborotlar, aktiv schyot bo’lgan 0100-«Asosiy vositalar hisobi
schyotlari» tarkibidagi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
0110 Yer
0111 Yerni obodonlashtirish
0112 Moliyalanadigan uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirish
0120 Binolar,inshootlar va uzatuvchi moslamalar
0130 Mashina va asbob-uskunalar
0140 Mebel va ofis
0150 Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi
0160 Transport vositalari
0170 Ishchi va mahsuldor hayvonlar
0180 Ko’p yillik o’simliklar
0190 Boshqa asosiy vositalar
0199 Konservasiya qilingan asosiy vositalar
Ushbu schyotlar bo’yicha asosiy vositalarning har bir guruhi yoki turi
bo’yicha analitik schyotlar tashkil etiladi. Asosiy vositalar yuqoridagi schyotlarda
dastlabki qiymatda yoki qayta tiklangan qiymatda hisobga olib boriladi.
Asosiy vositalarni kelishi, «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi» (
№
1–OS shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma har bir
obyektga tuzilib, texnik hujjatlar ilova qilinadi va asosiy vositani bahosi, eskirish
summasi, tayyorlangan vaqti, foydalanishga berish vaqti ko’rsatiladi. Asosiy
vositalar harakati va holati «Inventar kartochka» (
№
6-OS shakl)da hisobga olib
boriladi.
Asosiy vositalar kelishi bo’yicha quyidagicha buxgalteriya provodkalari
tuziladi:
1) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
36
Kredit 0810-«Tugallanmagan qurilish» schyoti - Qurilgan obyektlar asosiy
vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
2) Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar» schyoti.
Asosiy vositalar sotib olinganda. Bir vaqtning o’zida shu asosiy vositalar
xo’jalikda asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.
3) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar».
Kredit 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy
vositalar» schyoti - Moliyaviy lizingga olingan asosiy vositalarning moliyaviy
lizing muddati tugagandan so’ng o’z asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
4) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha ta’sischilarning
qarzi» schyoti - Ta’sis etuvchilardan ustav kapitaliga qo’shilgan asosiy vositalar
qabul qilinganda.
5) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 8530-«Bepul olingan mulk» schyoti - Asosiy vositalar tekinga
olinganda.
6) Debet 0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» schyoti.
Kredit 0840-«Asosiy podani shakllantirish» schyoti - Ishchi yoki mahsuldor
hayvon asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda.
7) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar».
Kredit 0890-«Boshqa kapital qo’yilmalar» schyoti - Asosiy vositani
kengaytirish va rekonstruksiya qilishda qiymati oshganda.
8) Debet 0111-«Yerni obodonlashtirish» schyoti.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
37
Kredit 0850-«Yerni obodonlashtirishga qilingan kapital qo’yilmalar»
schyoti - Yerni holatini yaxshilash uchun qilingan sarflar asosiy vosita tarkibiga
qabul qilinganda.
9) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti-
Asosiy vositalar qayta baholashda oshgan summasiga.
10) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 9390-«Boshqa operasion daromadlar» schyoti-Asosiy vositalar
inventarizasiya natijasida ortiqcha chiqsa, oshgan summasiga.
Asosiy vositalarni hisobga olib borishda ularni kartochkalarda hisobga olib
borish qulay bo’lib, bunda har bir asosiy vositaga yoki guruhiga alohida kartochka
ochilib, unda tegishli ma’lumotlar (nomi, inventar raqami, dastlabki qiymati,
amortizasiya summasi va h.k.) aks ettirilib boriladi. Kartochkalar kartotekada
saqlanadi.
Payariq tumani «Ziyaboy Ortiqov» fermer xo’jaligida 2014 yil 1 yanvar
holatiga 98438 ming so’mlik asosiy vosita bo’lib, bu ko’rsatkich 2012 yil 1 yanvar
holatiga esa 68784 ming so’mni tashkil etgan. 2013 yil davomida asosiy vositalar
29654 ming so’mga ko’paygan. Bu ko’payish mashina va uskunalar qiymatining
9570 ming so’mga hamda transport vositalari qiymatining 29654 ming so’mga
oshishi hisobiga bo’lgan.
Payariq tumani «Ziyaboy Ortiqov» fermer xo’jaligida mavjud asosiy
vositalarning 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’rib chiqqanimizda, ular quyidagicha
bo’lgan (3.2.1–jadval).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
38
Do'stlaringiz bilan baham: |