22
2.2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi
Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos
xususiyat. Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni
traktorlar, mashinalar, ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat esa faqat ongli
faoliyat natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan mehnatning
holatiga bog’liq. Agarda mehnat ongli ravishda qilinayotgan bo’lsa, uning
unumdorligi yuqori bo’ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish
qobiliyatiga ega qismi uning mehnat resurslarini tashkil etadi. O’zbekiston
aholisining 60 foizidan ko’prog’i mehnat qilish qobiliyatiga ega.
Qishloq xo’jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi
guruhlarga bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha
bo’lgan ayollar, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, yordamchi mehnat
resurslarga 14-16 yoshdagi o’smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi.
Ulardan asosan qishloq xo’jaligi yilining ayrim davrlarida foydalaniladi. Qishloq
xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o’ziga xos
xususiyatidan kelib chiqadi. Eng avvalo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
mavsumiy xarakterga ega. Natijada ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib,
yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining bo’sh qolish holati yuz beradi.
Qishloq xo’jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos tushmasligi ham
mehnat resurslarining vaqtinchalik bekor qolishiga sabab bo’ladi.
Qishloq xo’jaligida yer asosiy vosita bo’lganligi uchun ishlab chiqarishni
joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta’sir qiladi. Bu esa, o’sha ishlab chiqarish
turi talab qiladigan mehnat resurslarini talab etadi. Qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarish yirik maydonlarda tashkil etiladi. Shunga yarasha mehnatni tashkil etish
ham ma’lum talablarga javob beradigan qilib tanlanadi. Qishloq xo’jaligi mehnat
resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib
o’tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor joyda ishlab chiqarishni,
turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil etishni talab qiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
23
Mehnat resurslari deganda aholining mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan
qismi tushiniladi. Qishloq xo’jaligida ular asosiy va yordamchi mehnat resurslariga
bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga mehnat qilish qobiliyatiga ega 16 yoshdan
55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan, erkaklar,
yordamchi mehnat resurslariga 14 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va
nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi.
Mehnat resurslardan foydalanishning darajasi va iqtisodiy samaradorligini
aniqlash katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mehnat resurslaridan foydalanish
darajasi va samaradorligini to’liq ko’rsata oladigan integral ko’rsatkich yo’q.
Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va samaradorligini ko’rsatkichlar tizimi
orqali aniqlash maqsadga muvofiq. Ko’rsatkichlar tizimi birgalikda mehnat
resurslaridan foydalanishning darajasi va iqtisodiy samaradorligi to’g’risida
mukammalroq ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin.
Qishloq xo’jaligida resurslaridan foydalanishning darajasi quyidagi
ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi:
1) Har bir ishchi xodimning bir yilda ishlagan kunlari. Odatda, qishloq
xo’jaligida erkaklar bir yilda 280 kun, ayollar 240 kun ishlasa normal hisoblanadi.
2) Yil davomida ishlashi lozim bo’lgan kundan foydalanish koeffitsienti. Bu
haqiqatda ishlagan kunlarni me’yor bo’yicha ishlashi lozim bo’lgan yillik ish
kunlari miqdoriga bo’lish orqali aniqlanadi. Xo’jalikning mehnat resurslari holatini
o’rganish uchun mehnat resurslari balansi tuziladi. Balans ma’lumotlari
xo’jalikning iqtisodiy rivojlantirilishida ishlatiladi.
3) Mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi yil
davomida bir ishchi xodim hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori
bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichni sarflangan kishi soatlariga nisbatan aniqlash
mehnatning samaradorligini to’g’riroq aniqlash imkonini beradi.
4) Mehnat resurslarning qo’nimsizlik koeffitsienti
Do'stlaringiz bilan baham: