Tilshunoslik nazariyasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/71
Sana16.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#378610
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi (1)

andavalamoq  (andava+la)  so‘zining  xas-po‘shlash  ma`nosi  qismlarning  asl  ma`nosidan  boshqa: 

bunda  ideomativlik  bor  (bu  hodisa  yasovchi  so‘zda  yo‘q).  YAna:  qo‘lqop  (cho

ғ

ishtiring:  shakar 



qop),  temirchi  (ezma  ma`nosida),  ninachi  (juda  «mayda»  odam:  «ikir-chikir»larigacha  e`tibor 

beradigan  odam).  YAna:  o‘q  ilon,  it  uzum,  it  qovun.  Bu  misollar  yasalmaning,  asl  so‘z  yasalish 

ma`nosini  saqlash  bilan  birga,  yana  boshqacha  -  o‘zakda  bo‘lmagan  mazmunga  ham  ega  bo‘lishi 

mumkinligini  ko‘rsatadi.  Ba`zan  buning  aksiga  o‘xshaganroq  holni  ko‘ramiz:  yasovchi  so‘z  ko‘p 




 

 

38



ma`noli bo‘lganda,  yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma ma`nosi saqlanmaydi. Masalan, 

ko‘p  formasidagi  element  a)  fe`l  ko‘pmoq:  xamir  ko‘pdi,  bo‘rtib  chiqmoq,  b)  ruscha  «mnogo» 

ma`nosidagi  so‘z.  Bundan  -chi  affiksi  orqali  so‘z  yasaganimizda  (ko‘pchimoq),  uning  «mnogo» 

ma`nosi saqlangan. 

Tub  so‘z  motivga  ega  bo‘lmaganligidan,  u  predmet,  hodisa  va  boshqalarni  bevosita 

anglatadi,  yasama  so‘z  motivlangan  so‘z  bo‘lib,  u  vosita  orqali  anglatadi.  Misollar:  tuz,  suv, 

taramoq,  oq  —  tuzluq  (tuz  orqali  anglanadi),  suvchi  (suv  orqali),  taroq  (tarash  harakati  orqali), 

oqarmoq  (rang-tus  orqali).  Demak,  biror  so‘zni  yasama  sanash  uchun  semantik  korrelyatsiya 

bo‘lishi shart. 



Taroqchi  so‘zi  taroq  so‘zidan  yasalgan,  bunda  yasovchi  so‘zning  o‘zi  ham  aslda  yasama 

(taroq  elementi  —  nisbiy:  yakka  holda  —  yasama  so‘z,  taroqchi  so‘zining  sostavida  —  yasovchi 

so‘z).  Demak,  bunday  so‘zlarda  derivatsiya  (yasalganlik)  darajali  —  bosqichli  bo‘ladi:  birinchi 

derivatsiya  (taroq),  ikkinchi  derivatsiya  (taroqchi);  uchinchi  derivatsiya  (taroqchilik).  Bularning 

birinchisi  —  tub  so‘zdan  (o‘zakdan)  yasash,  ikkinchisi  —  yasama  so‘zdan  (negizdan)  yasash, 

uchinchisi  —  ikkinchi  yasalmadan  (negizdan  hosil  bo‘lgan  negizdan)  yasash.  Bunda:  taroqchi  — 

birinchi  («birlamchi»)  negizdan  yasash,  taroqchilik  —  ikkinchi  («ikkilamchi»)  negizdan  yasash. 

So‘zning  yasamaligini  belgilashda  eng  keyingi  yasalish  hisobga  olinadi:  bichiqchi.shk  (bichiqchi 

so‘zidan  yasalgan:  bichiqchi+lik),  bichiqchi  (bichiq  so‘zidan  yasalgan:  bichiq+chi),  bichiq  (bich 

so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat, 

bir  yasalish:  har  gal  —  bir  munosabat  (yasovchi  va  yasalma  orasidagi  munosabat  —  so‘z  yasash 

munosabati).  Bu  yasalish  tizmasi  o‘z  qonuniyatlariga,  izchillikka  ega  («bichiqchilik  so‘zi  bich 

so‘zidan  yasalgan»  deb  bo‘lmaydi).  Lekin  bunday  yasalish  tizmasida  ham  dastlabki  elementning 

(tub so‘zning) ma`nosi  (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — bo

ғ

lanib borishi shart. Qaerda bu 



bo

ғ

lanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi. 



«Bu  so‘z  qanday  yasalgan?»  degan  so‘roq  har  gal  bir  butun,  yaxlit  so‘zni,  bir  protsessni 

ko‘zda  tutadi  («to‘qimachilik  so‘zi  to‘qimachi  so‘zidan  yasalgan:  to‘qimachi+lik»),  «bu  so‘z 

qanday  morfemalardan  iborat?»  so‘ro

ғ

i  esa,  so‘z  yasash  analizini  emas, balki  morfematik  analizni 



ko‘zda  tutadi  («to‘qimachilik  so‘zi  to‘rt  morfemadan  iborat:  to‘qi+ma+chi+lik:  to‘qi  —  o‘zak 

morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»). 

So‘zning  morfologik  qismlarga  bo‘linishi  so‘z  yasashga  ham,  so‘zning  formasini  yasashga 

ham  aloqador:  ikkalasida  ham  hosil  qilish  yo‘li  (affiksatsiya)  va  vositasi  bir  xil.  Lekin  so‘zning 

strukturasini  o‘rganish  —uni  qismlarga  bo‘lish  ikki  xil:  morfologik  analiz  va  so‘z  yasash  analizi. 

Morfologik  analiz  (morfematik  analiz  deb  ham  yuritiladi)  so‘zning  morfologik  strukturasini  — 

morfema  sostavini  aniqlaydi,  shunga  ko‘ra  u  morfema  analizi  deb  ham  yuritiladi.  Bundagi  ikki 

qismga  bo‘linish  xususiyati  «o‘zak  va  affiks»  tusidagi  grammatik  zidlik  holatidir.  So‘z  yasash 

analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi 

va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik 



(yaxshi — yasovchi so‘z, yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. 

Demak,  bu  so‘z  o‘zak  va  affiksning  munosabatga  kirishishi  bilan  hosil  bo‘lgan.  Bunday  yasashni 

derivatologiya  tekshiradi:  o‘zak+affiks  yoki  negiz+affiks:  no-tinchlik.  Bunda  affiks  derivator 

sanaladi. 

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish