Tilshunoslik nazariyasi


So‘zning morfologik strukturasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/71
Sana16.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#378610
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi (1)

1.So‘zning morfologik strukturasi.  

Morfologiya  grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. 

So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar:  

1. 

So‘z turkumlarining kategorial belgilari 



2. 

So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari 

3. 

Turli tillarda so‘z turkumlari 



Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi. 

Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi.  Tilshunoslik fanining 

rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan. 

Narsa,  predmet  va  hodisalarni  turkumlarga  ajratish  uchun  ma`lum  o‘lchovlar,  shartlar, 

mezonlarga asoslanish kerak. 

Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish 

mumkin: 

1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr 

2. Strukturalizm davri 

3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr. 

Birinchisi uch belgiga asoslanagan: 

- so‘zlarning leksik ma`nosi 

- so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli 

- so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi. 

Strukturalistlar  esa  so‘zlarni  distributsiyasini  asosga  oldilar.  So‘zning  distributsiyasi 

deganda  so‘zning  chap  va  o‘ng  tomondan  aloqaga  kirishi  mumkin  bo‘lgan  hamma  imkoniyatlari 

nazarda tutiladi. 

Amerika  strukturalistlari  ana  shu  qarashni-so‘zlar  distributsiyasini  tavsiya  qildilar.  Mas., 

CHarlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga 

qarab,  qaysi  so‘z  turkumiga  kirishini  aniq  aytish  mumkin.  Bunda  u  ingliz  tilidagi  gaplarda  so‘z 

tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi. 

SHu  tarzda  u  to‘rt  mustaqil  so‘z  turkumini  va  o‘n  beshta  yordamchi  so‘z  turkumini 

aniqlaydi. Mana shu asosda CHarlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga 

bo

ғ



liq, degan xulosaga keladi. 

Bu tavsiyaning ma`lum qiyinchiliklari mavjud: 

1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi. 

2.Mazmun inkor etiladi. Binobarin forma va mazmun dialektikasi buziladi.  

So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar: 



 

 

35



1.So‘z turkumlarining semantik belgisi. 

2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi. 

3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi. 

4.So‘z yasalish belgisi. 

So‘z  turkumlarining  semantik  belgisi  deganda,  so‘zlarning  konkret  ma`nolari  emas,  balki 

uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas., uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har 

biri  garchi  konkret  ma`nolarni  anglatsa-da,  bu  printsipda  umumiy  ma`no,  ularning  predmetlik 

ma`nosi  nazarda  tutiladi.  CHekmoq,  o‘qimoq,  yozmoq,  turmoq  so‘zlarining  konkret  ma`nolari  har 

xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir. 

So‘z  turkumlarining  morfologik  belgisi  yoki  morfologik  xususiyati  deganda,  u  yoki  bu 

so‘zga  xos  bo‘lgan  grammatik  kategoriyalar,  mazkur  so‘zlarga  xos  forma  yasovchi,  so‘z 

o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma  yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -

lar,  fe`l-yap;  so‘z  o‘zgartiruvchi-forma  yasovchilarning  sintaktik  munosabat  ifodalaydigan  turi 

tushiniladi: s., kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Mas., qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt  

so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz: 

- roq 

- di, -i(b) 

- gan 

Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. Otlar gapda barcha 

gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning sintaktik vazifasi chegaralangan. 

So‘zlarning  gapda  boshqa  so‘zlar  bilan  birika  olish  imkoniyati  ham  sintaktik  belgi 

hisoblanadi.  Bunda  semantik  belgi  asosiy  rol  o‘ynaydi.Mas.,  predmet,  narsa-belgi-sifat--harakat-

fe`l  singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi. 

Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor. 

So‘z  turkumlarining  yuqorida  qayd  etilgan  kategorial  belgilari  so‘z  turkumlari 

nazariyasining  birinchi  printsiplarini  tashkil  qiladi.  Misollar:  rus  tilida  semantik  belgi  bilan  bir 

qatorda  morfologik  belgi  ham  etakchidir.  Xitoy  tillari  oilasiga  kiruvchi  tillarda,  masalan,  xitoy, 

vetnam  tillarida  affikslar  yo‘q.  O‘zbek  tilida  morfologik  va  semantik  belgilardan  keyin  sintaktik 

belgilar hisobga olinadi. 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish