Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat boji stavkalarining
MIQDORLARI
Oldingi
tahrirga qarang.
1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan:
a) mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan
da’vo bahosining 4 foizi miqdorida,
biroq BHMning 1 baravaridan kam
bo‘lmagan miqdorda
b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy
faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa
organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari
(harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan)
(sud qarori chiqarilayotganda aybdor tarafdan undiriladi)
BHMning 1 baravari
Izoh
. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga
murojaat qilganda ushbu bandning “e” va “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, belgilangan
stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
v) nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan
BHMning 2 baravari
g) takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan
BHMning 4 baravari
Izoh
. Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan taqdirda, boj “a” kichik bandiga muvofiq
da’voning bahosiga muvofiq belgilanadi.
d) bedarak yo‘qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi
oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb
topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan
shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo
arizalaridan
BHMning 2 foizi
e) turar joylar ijarasiga doir shartnomani o‘zgartirish yoki
bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, mol-mulkni
xatlovdan chiqarish to‘g‘risidagi va mulkiy xususiyatga ega
bo‘lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo
arizalaridan
BHMning 2 baravari
j) alohida ko‘riladigan ishlarga doir arizalardan
BHMning 1 baravari
Izoh
. Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan
vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
z) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan
shikoyatlardan
da’vo arizasi yoki boshqa arizalar,
shikoyatlar berilganda to‘lanadigan
stavkaning 50 foizi
Izoh
. Mulkiy nizolar bo‘yicha stavkalar miqdori “a” kichik bandga muvofiq hisoblab chiqariladi
i) qarorlar, hukmlar, ajrimlar, boshqa sud hujjatlarining
dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek
taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning
iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan boshqa
hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun
hujjatning har bir beti uchun
BHMning 2 foizi
k) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan
nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik
sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun
ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan
BHMning 2 baravari
l) chet el sudlari va chet el hakamlik sudlari (arbitrajlar)
BHMning 2 baravari
qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi ariz?lardan
Do'stlaringiz bilan baham: