us-
tav va nizom
qabul qilinadi. Bu hujjatlarda xodimning
va ish beruvchining burchlari ko‘rsatilgan.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan
bajari shi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruv-
chining qo
nu niy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq
bajarishi, texno
logiya intizomiga, mehnat muhofazasi,
texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi ta
-
lablariga rioya
qilishi, ish beruvchining mol-mulkini
avaylab-asrash i shart.
79
V b o b. Mehnat huquqi asoslari
80
Huquqshunoslik
Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qo-
nunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shart-
nomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib
berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’min-
lashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi,
xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan
qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini
yaxshilab bo rishi shart.
Korxonada doim ishlagan, mehnat intizomiga,
meh nat tartibiga bo‘ysungan xodimlarga har xil turdagi
rag‘batlantirishlar qo‘llaniladi. Rag‘batlantirishlar qa-
torida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari
uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi, jamoa
shartnomasi, kelishuvlarida, ichki mehnat tartibi qoi
-
dalarida ko‘rsatilganlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining
181-moddasiga binoan
«xodimga mehnat intizomini
buzganligi uchun»
ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo
choralarini qo‘llashga haqli:
1. Hayfsan.
2. O‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi
qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik
foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hol-
lari ham nazarda tutilishi mumkin.
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida
xo dimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanil-
maydi.
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta inti-
zomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniq -
langandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangan-
dan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan
vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida
qo‘llaniladi.
81
V b o b. Mehnat huquqi asoslari
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab
olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish
etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa sodir
etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni
qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan
davr bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (far
mo -
yish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Respublika Mehnat Qonunlarida mehnat shartno-
masi taraflarining moddiy javobgarlik asoslari ko‘rsatil-
gan. Xodimga yetkazilgan zarar: ma’naviy (jismoniy yo-
ki ruhiy azob lar), xodimning mehnat qilish imkoniya -
tidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish, xodimning
sog‘li g‘i ga yetkazilgan zarar, mol-mulkiga yetkazilgan
zarar tur la ri da bo‘lishi mumkin. Ish be ruv chiga yetka -
zilgan zarar lar, asosan, moddiy – mol-mulkiga nisbatan
bo‘lib, u kamay
gan yoki yomon holatga kelganligi
sababli xodim bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun
ham, ish beruv chi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni
to‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham mod-
diy javobgar bo‘ladi.
Zarar yetkazgan taraflar yetkazilgan zararning og‘ir
oqibatiga, hajmiga, qonunda ko‘rsatilgan boshqa asos
-
lariga ko‘ra zararni to‘la qoplash, zararni undirishdan voz
kechish, qisman zararni qoplashga majbur bo‘ladilar.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talabla riga
javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi ke -
rak. Ish beruvchi har bir xodimga mehnat shartnomasini
tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni
mehnat
sharoitlari to‘g‘risida,
shu jumladan,
kasb kasalliklari
va
boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli,
shu bilan bog‘liq
holda unga beriladigan
imtiyoz
va
kompensatsiyalar,
shuning dek,
shaxsiy himoya vositalari
haqida xabardor
qi lishi kerak.
Demak, xodim mehnat shartnomasini tuzish jara
-
82
Huquqshunoslik
yo nida uning mehnati muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan tanishgan bo‘lishi lozim. Muho
faza
turiga
tibbiy ko‘rikdan vaqti-vaqti bilan o‘tib tu rish, sut,
davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, shaxsiy
himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlanish va
boshqalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |