huquqning mavjudligi.
Davlat huquqsiz yashay ol-
maydi. Huquq davlatni, davlat hokimiyatini yuridik ji-
hatdan mustahkamlaydi.
Davlat shakllari
Davlatning shakllari deganda hokimiyatning tashkil
etilishi, uning ichki tuzilmasi va hokimiyatni amalga
oshi rishning asosiy usullari tushuniladi.
Davlat shakllari paydo bo‘lish va rivojlanishning
aniq bir tarixiy sharoitlariga, jamiyatning ijtimoiy tu
-
zilmasiga, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish
darajasiga, geo
grafik, iqlim va boshqa sharoitlarga,
aholi ning ijtimoiy tarkibiga bog‘liq ravishda hatto bir
formatsiya doirasida ham turli-tuman bo‘lishi mumkin.
O‘zlariga xos bo‘lgan belgilariga ko‘ra ular boshqaruv
shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejim bo‘yicha
guruhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |