Voyaga yetmaganlar javobgarligining
xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlarida voya -
ga yetmaganlarga nisbatan faqat asosiy jazo choralari
qo‘llaniladi, qo‘shimcha jazo ularga qo‘lla nilmaydi.
VII b o b. Jinoyat huquqi
128
Huquqshunoslik
Voyaga yetmaganlarning (18 yoshgacha bo‘lganlar)
jinoyatlari uchun quyidagi asosiy jazolarni qo‘l
lash
mumkin:
a) jarima;
b) axloq tuzatish ishlari;
d) qamoq;
e) ozodlikdan mahrum qilish.
Jarima
eng kam ish haqining ikki baravaridan yigir-
ma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
Axloq tuzatish
ishlari
faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga
nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ish-
lamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar bel-
gilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joy-
larda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga
tayinlanadi.
Voyaga yetmaganlarga
qamoq
jazosi bir oydan uch
oygacha muddatga belgilanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish
jazosi voyaga yetmaganlar
uchun olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi. Bu
jazoni qo‘llashda voyaga yetmaganning jinoyati sabab -
lari, jinoyatning og‘irlashtiruvchi yoki yengillash tiruvchi
holatlari, yoshi va boshqa xususiyatlari inobatga olinadi.
Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
faqat voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya huj-
jatlari bilan tanishib chiqqandan keyin yuz beradi. Jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish uchun voyaga yetmagan 18
yoshga to‘lmaganligi, jinoyatni birinchi marotaba sodir
etishi, jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmaganligi e’ti-
borga olinadi.
Har bir voyaga yetmaganning jinoyatini sud puxta
o‘rganib chiqib, sababini, uzr so‘rashini, shaxsning
psixologik jihatini, yoshini, tarbiya olgan muhitini e’ti-
borga olgan holda, balki unga jinoiy jazo qo‘llamasdan
majburlov choralar qo‘llashni ma’qul ko‘rishi mumkin.
Sud voyaga yetmaganga uning qilmishini qoralab, og‘ir
oqibatini tushuntirib, bunday nojo‘ya harakatlar takror-
129
lamasligini uqtirib, nima sababdan jinoiy jazo emas,
maj burlov choralari qo‘llaganligini aytib o‘tishi zarur.
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo
tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga
yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti
va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatning sabab -
larini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning
uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.
O‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda
jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui
tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qi
-
lishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan
jinoyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jino yat bo‘lsa, o‘n ikki
yilgacha tayinlanadi.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqt-
da jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jino yatlar maj -
mui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi – o‘n
ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarning
bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha mud-
datga tayinlanishi mumkin.
Hisobga olinishi lozim bo‘lgan holatlar sifatida
o‘smirning yashash sharoitlari va tarbiyasi ko‘rsatilgan.
Mazkur holatni belgilab sud o‘smirning ota-onasi bor-
yo‘qligiga yoki ularning o‘rnini bosa oladiganlarning bo-
la tarbiyasiga oid o‘z majburiyatlarini bajargan-bajarma-
ganliklariga e’tibor qaratishi, o‘smir
ning maishiy
sharoiti, oiladagi, korxona, o‘quv muassasasidagi ijti-
moiy-ruhiy muhitni va boshqalarni aniqlab olishi lo zim.
Jinoyat huquqi fanining maxsus qismida aniq jino -
yatlar, ular uchun qo‘llaniladigan jazo turlari ko‘rsatil-
gan. Maxsus qismda shaxsga qarshi jinoyatlar, ularning
turlari; tinchlik va xavfsizlikka qarshi jino yatlar, xusu-
san, agressiya, genotsid, yollanish, terro rizm kabi jino -
yatlar; iqtisodiy sohasidagi, ekologiya sohasidagi jino
-
yatlar va boshqa jinoyatlarning mustaqil guruhlari
ajratilib berilgan. O‘zbekiston Res publikasi Jinoyat Ko -
VII b o b. Jinoyat huquqi
5 —H
u
q
u
qsh
u
noslik
130
Huquqshunoslik
deksining Maxsus qismi 7 bo‘
limdan, 24 bobdan,
205 moddadan iborat. Shaxsga qarshi jinoyatlar o‘z ichi -
ga yetti bobni, 53 moddani oladi. (Jinoyat Kodeksining
97-moddasidan 149-moddasigacha.) Shaxs
ga qarshi
jino yat lar quyidagi – hayotga qarshi jinoyatlar; sog‘liq -
qa qarshi jinoyatlar; hayot yoki sog‘liq uchun xavfli
jinoy atlar; jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar; oilaga,
yoshlarga va axloq qa qarshi jinoyatlar; shaxsning ozodli-
gi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar va fuqaro-
larning konstitu
tsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
jino yat larga bo‘linadi.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar
tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
va O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qara
tilgan jino
-
yatlarni o‘z ichiga olib, JK ning 14 moddasida ularning
turlari ko‘rsatilgan.
Jinoyat Kodeksining maxsus qismi uchinchi bo‘limi
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar bilan boshlanadi. Bu
bo‘lim 4 bobdan va 29 moddadan iborat. Iqti
sodiyot
sohasidagi jinoyatlar o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish,
o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq
bo‘lmagan jinoyatlar; iqtisodiyot asoslariga qarshi ji-
noyatlar; xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar turlarini
o‘z ichiga oladi.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ji-
noyatlar bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olib,
Jinoyat Kodeksida 193-moddadan 204-moddagacha
ular tur lari ko‘rsatilgan. Masalan, ekologiya xavfsizligi-
ga oid normalar va talablarni buzish, atrof tabiiy
muhitni ifloslantirish; ve
terinariya yoki zootexnika
qoidalarini buzish kabi jinoyatlar ekologiya sohasidagi-
larni tashkil etadi.
Jinoyat Kodeksining beshinchi bo‘limi
«Hoki miyat,
boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat
tartibiga qarshi jinoyatlar»
deb ataladi. Bu bo‘lim o‘z
131
ichiga ikki bob, 37 moddani oladi. Bob larda boshqaruv
tarti bi ga qarshi jinoyatlar; odil sudlovga qarshi jinoyat-
lar tizimi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |