Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc


  Avtomobillarni  iqlimi  issiq  sharoitlarda



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana16.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#375754
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
Microsoft Word 13-àòý-ëîòèí-ìàúðóçà doc

3.  Avtomobillarni  iqlimi  issiq  sharoitlarda 
ekspluatatsiya  qilishning  o'ziga  hos 
xususiyatlari bo'lib, shulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
- havoning yuqori harorati va nisbiy namlikning pastligi, 
- havoning tarkibidagi changning ko'pligi, 
- sovutish tizimiga solinadigan suvning qattiqligi va iflosligi. 
 
Avtomobillarni  ekspluatatsiyasini  og'irlashtiruvchi  omillarning  asosiylaridan  biri 
shuki, yoz kunlari tuproqni va 
yo'l qoplamlarining haroratini 70
°

dan oshib ketishidir. 
Ba'zi joylarda, yerdagi beton va asfalt yo'llar qoplamasining harorati 85
°
S va xatto undan 
ham oshib ketadi. Toshkent shaxri atrofidagi yo'l qoplamining harorati esa 75
°
S dan 80
°

gacha, Xorazm yo'llarining harorati 78
°
S gacha yetadi. 
Havoning  namligi,  jumhuriyatimizning  ba'zi  bir  nohiyalarida  28-30%  ni  tashkil 
qilib, shunday kunlarning soni bir oyda 18-28 kunni tashkil etadi. 
Havoning  harorati  yuqori  bo'lgan  sharoitlarda  eng  katta  e'tibor  korbyuratorli 
dvigetellarda,  ta'minlash  tizimining  ishiga  qaratilishi  zarur.  Chunki,  hozirgi  paytda 
avtomobillarni  ta'minlash  tizimi  o'rtacha  iqlim  sharoitlariga  moslab  loyihalanadi. 
Natijasida,  avtomobillar  issiq  sharoitlarda  ishlaganda,  dvigatellarni  o'z-o'zidan  to'xtab 
yoki ishdan chiqish hollari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sababi ta'minlash tizimida 
bug'  tusini  hosil  bo'lib,  korbyuratorga  yonilg'ini  kerakli  miqdordagi  yetib  kelmasligidir. 
Bu  hol  asosan  yozning  eng  issiq  kunlarida,  shaxarlardagi  yo'l  harakati  tig'iz  paytlarida, 
avtomobillarni  yig'im-terim  ishlariga  jalb  qilingan  paytlarda,  yo'l  sharoiti  juda  og'ir 
joylarda yuzaga keladi. 
Bug' tusi suyuqlik bug'langandagi, uning katta hajmiy kengayishi natijasida paydo 
bo'ladi.  U,  avtomobilda  yonilg'i  bakdan  karburatorgacha  bo'lgan  oraliqda,  yonilg'ining 
qizishi  natijasida,  benzin  tarkibidagi  tez  qaynaydigan  fraksiyalari  bug'lanishidan  sodir 
bo'ladi.  Bizga  ma'lumki  benzin  bug'langanda,  uning  hajmi  150-200  marta  oshib  ketadi, 
natijada  yonilg'i  nasosining  quvvati  katta  hajmdagi  bug'ni  haydashga  yetmay  qoladi. 
Natijada silindrga yetarli darajada yonilg'i yetkazib berilmaydi, bu o'z navbatida yonuvchi 


 
91 
aralashma  tarkibidagi  yonilg'ini  kamayib  ketishiga  va  dvigatelni  to'xtab  qolishiga  sabab 
bo'ladi.  
Avtomobillarning  takomillashishi  natijasida,  kapot  osti  oralig'idagi  bo'sh  joylar 
kamayib bormoqda. Bu birinchidan, oraliqning kichrayishi bo'lsa, ikkinchidan kapot osti 
oralig'ida  yangi-yangi  jihozlarning  paydo  bo'lishidir.  Natijada  kapot  osti  oralig'idagi 
havoning almashishi qiyinlashib, harorati ko'tarilib ketadi. Bu esa yonilg'i bilan ta'minlash 
jihozlari ichidagi yonilg'i haroratining oshib ketishiga olib keladi. 
Avtomobillarni yozning issiq kunlarida ekspluatatsiya qilishda, ha-voning tarkibida 
changni 
ko'pligi yana bir muammoni tug'diradi. 
Jumhuriyatimizda yildan-yilga yo'llar ko'payib bormoqda, lekin shu bilan birga ko'p 
oblastlarda yo'llarning yarmidan ko'pi qattiq qoplamsizdir. Bu esa havo tarkibidagi chang 
zarrachalarining ko'payishiga sabab bo'ladi. 
Yozning  issiq  kunlarida  havoning  tarkibidagi  changning  miqdori,
III
  kategoriyali 
yo'llarda  1.5,  tuproqli  yo'llarda  3.6  g
/
mm3  ga  yetadi.  Havo  tarkibida  chang 
zarrachalarining qiymati, qattiq shamol paytlarida yanada oshadi. 
Eng qattiq shamol, ko'proq Yangiyer atrofida bo'lib, u yerda shamolning tezligi 45 
m
/
sek  ga  yetadi.  Bu  shamol  1-2  kundan  3-4  kungacha  to'xtovsiz  esishi,  ba'zi  paytlarida 
esa 6 kungacha davom etishi mumkin. 
Buning  natijasida  chang  va  qum,  ishqalanib  ishlaydigan  qismlar  orasiga  tushib,  u 
yerlarda yoyilishni oshishiga olib keladi. qattiq shamol paytlarida, havo tarkibidagi chang 
17 g
/
m3 gacha ko'tariladi. Bu zarrachalarning kattaligi 60 mkm yetadi. Chang zarrachalari 
yonilg'i baki, moy quyish naychasi va salniklar orqali, brikmalar orasiga tushib yoyilishni 
kuchaytiradi. 
Bundan  tashqari  kunning  issiq  paytida  agregat  va  mexanizmlaridagi 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish