Passiv (sust) nutq a’zolari:
1) o‘pka; 2) kekirdak;
3) qattiq tanglay; 4) burun bo‘shlig‘i; 5) tish.
Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar.
Unli tovush
: o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining og‘iz
bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay chiqishidan hosil
bo‘ladigan tovush
unli
hisoblanadi. Unli tovushlar oltita:
a, i, e, u, o‘,
o.
Unlilar lab ishtirokiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Lablangan unlilar:
o, u, o‘
2. Lablanmagan unlilar:
a, i, e
.
UNLI TOVUSHLAR TAVSIFI
i
unlisi-old qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon
yuqori ko‘tarilishi va og‘izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa
talaffuz etiladi.
Til, dil, jim, kiyik, kiyim .
Do'stlaringiz bilan baham: |