Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
35
Har bir tilning grammatik sathi so‘zlarning grammatik formasi,
so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Tilning boshqa sathlari
kabi grammatikaning ham o‘z birliklari bor. Eng kichik grammatik
birlik
morfema
bo‘lib, morfemalardan
so‘zlar
yasaladi, so‘zlar esa
o‘z navbatida so‘z birikmalari va gaplar qurilishida qatnashadi.
Gap
grammatikaning yirik va mustaqil birligidir. Gapdan katta birliklar
ham mavjud:
murakkab sintakik (birlik) butunlik, abzas va matn.
Til grammatik strukturasining o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Birinchidan
,
tilning grammatik qurilishi: so‘zning strukturasi ,
tuslanish va turlanish qoidalari, so‘z birikmalari va grammatikaning
turlari tarixiy taraqqiyotining mahsuli sifatida juda sekin o‘zgaradi.
Ikkinchidan
,
grammatika umumlashtirish xususiyatiga egadir.
Masalan, arava
, maktab, tosh, bola
kabi so‘zlarning o‘z leksik
ma’nosi bor, ammo, grammatik nuqtayi nazardan bu so‘zlar
predmetlik tushunchasini ifoda qilib, ot turkumini tashkil qiladi. Bu
so‘zlarni ularning leksik ma’nosi emas, grammatik ma’nosi
umumlashtiradi. Tilning grammatik strukturasini morfologiya va
sintaksis o‘rganadi. Morfologiya so‘zning turkumlari va ularning
grammatik formalarini tekshiradi. Sintaksis esa nutqning grammatik
strukturasini o‘rganadi. Bunda gap asosiy birlikdir. Gapdan katta
birliklar ham sintaksisda o‘rganiladi.
Til tizimi til birliklari -fonema, morfema, so‘z, gap va til
sathlarining bir butunligidan iborat. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki,
aloqa-munosat vositasi bo‘lgan tilning fonetik, leksik, grammatik
jihatlari muayyan ichki qonuniyat asosida o‘zaro mutanosiblikni
tashkil etuvchi tizimdir. Tizimni tashkil qiluvchi mutanosiblik o‘ziga
xos bo‘lgan alohida qoidalarda namoyon bo‘ladi. Muayyan tildagi
gaplar so‘zlardan, so‘zlar bo‘g‘inlarning birikuvidan, bo‘g‘inlar nutq
tovushlaridan hosil bo‘ladi. Jumlani, gapni tashkil etuvchi so‘zlar
o‘zaro til qonuniyatlari asosida birikadi. Istalgan har qanday so‘zlar
yig‘indisi gap bo‘la olmaydi. Tartibsiz suratda yig‘ilgan so‘zlar
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
36
mazmun ifodalash uchun xizmat qilmaydi. So‘zlarning ketma-ketligi
ma’lum tartib va umumiy qoidaga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shu
holatning o‘ziyoq tilning tizim ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lum bir tilga
xos tovushlar shu tilning fonetik tizimini, so‘zlar leksik tizimini
tashkil etadi. Bir tildan ikkinchi tilga o‘zlashgan so‘z shu tilning
fonetik tizimiga-talaffuz me’yorlariga bo‘ysunadi. Masalan: o‘zbek
tiliga rus tilidan kirgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili talaffuz me’yorlariga
moslashadi:
чайник-choynak, поднос-patnis.
Aksincha o‘zbek
tilidan
rus tiliga o‘zlashgan so‘zlar rus tilining talaffuz me’yorlariga
bo‘ysungan:
qorovul-караул, karvon-караван, bozor-базар.
Umuman, tilda tovushlar, lug‘at tarkibi, grammatik tartib birikib,
tizim sifatida bir butunlikni tashkil etadi. Til tizimini tashkil etuvchi
sathlar o‘zaro mutanosib holda bir-birini taqozo qiladi.
Ular orasidagi
bog‘liqlik tilning umumiy qoyidalari va qonuniyatlariga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: