Muallifdan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/180
Sana16.01.2022
Hajmi1,3 Mb.
#374631
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180
Bog'liq
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish


§. 
TIL VA TAFAKKUR 
 
 Tilshunoslik  mantiq  fani  bilan  ham  uzviy  aloqadordir.  Ularning 
aloqadorlik  tamoni  shundaki,  har  ikkisi  ham  tafakkur  bilan 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
41 
41
 
bog‘lanadi.  Chunki  tilshunoslikning  o‘rganish  obyekti  bo‘lgan  til 
tafakkur  bilan  munosabatdadir.  Til  kishilarning  olam  haqidagi 
bilimlarini,  fikrlarini  boshqalarga  yetkazuvchi  va  shakllantiruvchi 
vositadir.  Til  va  tafakkur  o‘zaro  dialektik  munosabatda  ekan,  ularni 
o‘rganuvchi  tilshunoslik  bilan  mantiq  o‘rtasida  ham  ana  shunday 
aloqalar mavjud. 
 Mantiq  –  tafakkur  shakllari  qonunlari  va  usullarini  o‘rganadi.  U 
inson  fikrining  aniq,  ravshan,  ketma-ket  va  asosli  bo‘lishini 
taminlaydi.  Shunday  ekan,  mantiq  tilshunoslikning  grammatika 
bo‘limi  bilan  bevosita  munosabatdadir.  Chunki  tushuncha  so‘z  va 
so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir 
kishi  uchun  grammatikani  bilish  qancha  zarur  bo‘lsa,  mantiqning 
shakl va qonunlarini o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir. 
 Mantiq  shakllari  tushuncha,  xulosalar  hamma  xalqlar  uchun 
umuniy  bo‘lsa,  ularning  turli  tillarda  ifodalanish  shakllari  turli-
tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan  farq qiladigan 
o‘z  grammatikasiga  ega.  Bu  shuni  ko‘rsatadiki,  mantiq  bilan 
grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.  
 Tilshunoslikni  u  yoki  bu  fanlar  sinfiga  kiritishda  bu  fan 
o‘rganadigan obyektining tabiati asos qilib olinadi. 
 Til  kishilarning  eng  muhim  aloqa  vositasi,  bilimlarni  saqlovchi 
va  kelajak  avlodga  yetkazuvchi  vositadir.  Ana  shu  vazifalarini 
e’tiborga  olganda,  til-ijtimoiy  hodisadir.  Chunki  u  jamiyat  uchun 
xizmat  qiladi.  Ikkinchidan  ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‘lgan  til 
muayyan  fizik  va  fiziologik  jarayonlar  asosida  moddiylashadi. 
Uchunchidan  Til  va  tafakkur  o‘zaro  ajralmasdir.  Til  fikrni, 
shakllantiruvchi  va  ifodalovchi  moddiy  vositadir.  Bu  jihatdan  til  va 
tafakkur  muayyan  shaklni  o‘zida  namoyon  etadi.  Tilshunoslikni  ana 
shu  jihatdan  mantiq,  psixologiya  fanlari  tizimiga  kiritish  mumkin 
bo‘ladi. To‘rtinchidan til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi 
hodisadir.  Bu  jihatdan  u  jonli  organizmga  o‘xshaydi.  Ana  shu 
xususiyatlarini  o‘rganish  jihatidan  tilshunoslik  biologiya  fani  bilan 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
42 
42
 
umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi. 
 Kishilar  odatda  bir-birlari  bilan  til  orqali  munosabatda  bo‘ladi. 
Demak,  til  va  tafakkur  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  tilsiz  fikrni 
ifodalab  bo‘lmaganidek,  tafakkursiz  til  o‘z  ifodasini  shakllantira 
olmaydi. 
 Fikr  tilda  voqelashadi,  tilda  mavjud  bo‘ladi.  Ongingizda  paydo 
bo‘ladigan  fikrning  mohiyatini,  mazmunini  tashkil  etadigan  har 
qanday  idrok  yoki  tasavvur  ham  faqat  so‘zlar  vositasi  orqali  voqe 
bo‘ladi. 
 Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos 
bo‘lib,  bosh  miyaning  moddiyligi  va  fiziologik  vazifasi  bilan 
bog‘liqdir. 
 Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa 
deb  tushunish  xatodir.  Tafakkur  –  tashqi  moddiy  olamning  kishilar 
miyasida  aks  etishining  eng  yuksak  shaklidir.  Til  esa  tafakkurni 
so‘zlar,  so‘z  birikmalari  va  jumlalar  orqali  ifolaydi.  Til  qonunlari 
bilan  tafakkur  qonunlari  bir-biriga  teng  kelmaydi.  Shuning  uchun 
ham  til  grammatikaning  o‘rganish  obyekti  hisoblansa,  tafakkur 
mantiq ilmining o‘rganish ob’yektidir.  
 Til  fikr  ifodalashning  muhim  vositasidir.  Taffakkur  bilan  tilning 
munosabati  murakkab  jarayondir.  Til  fikr  ifodasi  sifatida  mavjud  , 
o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til 
ham,  tafakkur  ham  mehnat  jarayonida,  kishilik  jamiyatida 
shakllangan .  
 Til  birliklari  -  fonema  ,  morfema,  so‘z  ,  gap  bir  butun  holda  , 
mantiqiy  tushunchalar  (his-sezgi  ,  idrok  ,  tafakkur  )  bilan  uzviy 
bog‘liqdir .  
  

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish