Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

2.8. Guruhlashtirish usuli

 

 

Iqtisodiy  tahlil  korxona  faoliyatida  ko‘p  sonli  voqeliklarni  guruh-



lashtirish  usuli  bilan  tartibga  solib  o‘rganadi.  Bunda  voqeliklarni 

ijtimoiy-iqtisodiy  tabiati  chuqur  tadqiq  etilib,  ularning  bir  turdagi 

xususiyatlari,  jihatlari  va  miqdorlari  aniqlanib,  shu  mezonlar  bo‘yicha 

guruhlar  va  kichik  guruhlarga  ajratiladi.  Ta’kidlash  kerakki,  voqeliklar 

tasodifiy  belgilariga  ko‘ra  guruhlarga  bo‘linmaydi.  Bu  holat  tahlil 

natijalariga jiddiy ta’sir etadi.  

Voqeliklarni  tashkil  etuvchi  tarkib,  tuzilish  hamda  tartibi  ularning 

o‘zgarish  sababi  hamda  o‘zgartiruvchi  asosiy  omillarining  birgalikda 

yuzaga  chiqishi  hamda  o‘zaro  bog‘liqligi  asosida  ko‘rsatkichlarni 

guruhlashtirish  uchun  ilmiy  asoslangan  belgilar  topiladi.  Xo‘jalik 

jarayonlarini belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga 

tegishli  boshqa  voqeliklarni  aniqlash,  o‘rganish,  ularning  o‘ziga  xos 

tomonlarini  topish  hamda  guruhdagi  turli  voqeliklarni  o‘zaro  aloqalari, 

bog‘liqliklari  va  ta’sirini  bilish,  shu  asosda  guruh  bo‘yicha  bir  necha 

jarayonlarning  birgalikdagi  rivojlanishining  yo‘nalishi  hamda  qonuniy-

ligi  aniqlanadi.  Demak,  korxona  faoliyatidagi  voqeliklarni  tuzilishi  va 

o‘zaro  bog‘liqliklarini  o‘rganish  maqsadida  barcha  ko‘rsatkichlarni 

ilmiy  asoslangan  belgilariga  ko‘ra  ajratib,  ajralgan  muayyan  bo‘lakga 

tegishli  voqeliklarni  alohida  tarzda  o‘rganish  usuli  guruhlashtirishning 

mazmunini  tashkil  etadi.  Shu  joyda  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  alohida 

olingan  guruhlarni  o‘rganish  natijasida  olingan  xulosalar  iqtisodiy 

tahlilda  belgilab  olingan  umumiy  maqsad  va  vazifalardan  kelib  chiqib 

sintez qilinadi. 

Iqtisodiy  tahlilda  guruhlashtirish  maqsadi  va  vazifasiga  ko‘ra: 

tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi. 

Tipologik  guruhlashtirish  –  bir  turdagi  voqeliklarni  umumiy  belgi 

bo‘yicha  bo‘laklarga  ajratishdir.  Misol  uchun,  korxonalarni  mulkchilik 

shakli  bo‘yicha  (davlat,  qo‘shma,  AJ,  xususiy  va  shu  kabilar)  yoki 

korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injener-

texnik  xodimlar,  xizmatchilar  va  shu  kabilar)  kategoriyalari  bo‘yicha 

guruhlashtirish. 

Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish - ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va 

ularning  alohida  qismlarini  mutanosibligini  o‘rganishga  qaratilgan. 

Umumiy  ishchilar  tarkibida  -  ishchilarning  malakasi,  ma’lumoti,  ish 

staji,  yoshi,  jinsi  va  boshqa  belgilari  bo‘yicha  o‘rganish  ushbu  guruh-

lashtirishga misol bo‘la oladi. 




 

77

Omilli  (analitik)  guruhlashtirish  natijaviy  ko‘rsatkichga  (oqibat) 



ta’sir  qiluvchi  omil  (sabab)  bo‘yicha  tashkil  qilinadi.  Bunday  analitik 

guruhlashtirishda  voqeliklarning  bir-birlariga  bog‘liqliklarini  o‘rganish 

maqsadida  ko‘rsatkichlar  birinchisi  ikkinchisini  keltirib  chiqaruvchi 

taribda  tuziladi,  ya’ni  birinchi  ko‘rsatkich  ikkinchi  ko‘rsatkichga  ta’sir 

etuvchi  omil,  o‘z  navbatida  ikkinchi  ko‘rsatkich  birinchi  ko‘rsatkich 

ta’sirining  natijasidir.  Misol  uchun,  guruhdagi  xodimlarning  ish  staji, 

ularning  oylik  maoshini  o‘zgarishiga  ta’sir  etadi  yoki  ishlab  chiqarish 

jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomoni-

dan  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  miqdorini  oshirishga  keskin  ta’sir 

etadi.  


17-jadval 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish