Kapital qo‘yilmaning hisobot yili bo‘yicha rentabellik
darajasi tahlili
Hisobot yili
xarajatlari
Foyda
Rentabellik
Ko‘rsatkichlar
Reja
Haqi-
qatda
Reja
Haqiqat-
da
Reja
Haqi-
qatda
Farqi
(+,)
Jami xarajatlar
shu jumladan:
Asosiy vositalarning
joriy xarajatlari
Aylanma aktivlari
859
165
694
893
165
728
304
x
x
311
x
x
35.4
34.8
-0.6
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada rentabellik
darajasi aytarli darajada keskin o‘zgarmagan. Biroq +0.6 miqdordagi
nisbiy daraja ham ma’lum ma’noda ijobiy holat deb bo‘lmaydi. Buning
asosiy sababi oborot aktivlaridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklardir (sababi – jadvalda aytib o‘tilgan).
Kapital qo‘yilma bo‘yicha rentabellik darajasi dinamikasi.
2008
2009
2010
2011
34,8
28
23
18
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki kapital qo‘yilma bo‘yicha
rentabellik darajasi yildan yilga pasayib borgan. Buning asosiy sababi
mahsulot bahosi oshmagan holda, unga sarflanuvchi materiallar hamda
mehnat haqi qiymati oshib borganligidir. Bu korxonada mazkur
yo‘nalishga mablag‘ saflanayotganda yoki investitsiya qilinayotganda
loyihani va unga muvofiq keluvchi rejani ishlab chiqishda bozor holatini
keskin o‘zgarishini oldindan ko‘ra olmaganligidir. Biroq loyiha va
rejaning ijobiy tomoni, dastlabki yillardayoq kapital qo‘yilmaning 60%
dan oshiq qiymatini qaytarib olmoqda hamda ularni reinvestitsiya
qilmoqda. Biroq. keyingi ikki yilda bu jarayon keskin pasaydi. Eng
asosiy kapital qo‘yilma inflyatsiya sur’atini ham hisobga olgan holda o‘z
qiymatini to‘rt yil ichida qoplamoqda.
Ishlab chiqarishga sarflangan investitsiyalarni tahlil qilishda ular-
ning moliyalashtirish manbalarini ham alohida o‘rganib chiqish talab
etiladi. Chunki, majburiyat asosida moliyalashtirish, o‘z qiymati bilan
561
birgalikda ma’lum bir foiz to‘lovini ham keltirib chiqaradi. Bu esa,
erishilgan foydani pirovard natijada kamayishiga ta’sir etadi.
Muayyan faoliyatni investitsiyalash jarayonida uzoq muddatli
aktivlarni jalb etishda o‘z mablag‘lariga sotib olish, kredit, lizing yo‘li
yoki ijara munosabatlari bilan olish variantlari ham o‘zaro taqqoslanib
eng yaxshi deb topilgan tadbir tanlab olinadi. Bunda qiymat jihatdan eng
arzon, qaytimi o‘z o‘simiga ega, moliyalashtirishning qulayligi kabi
jihatlariga e’tibor beriladi.
Aylanma mablag‘lardan unumli foydalanishda ham yuqorida aytib
o‘tilgan tomonlar chuqur tahlil talab qilinadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya yo‘nalishini ishlab
chiqarishga burish eng avvalo alohida jamoa hamda davlat manfaatlariga
mos tushadi. Chunki moddiy ne’matlar ko‘payadi hamda iste’mol
qililadi.
Investorlarga esa ishlab chiqarishni rivojlantirganligi uchun soliq
qonunchiligi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |