«Asosiy vositalar
, deb moddiy
ishlab chiqarish sohasida hamda noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt
mobaynida (bir yildan ortiq) ishlatiladigan, shuningdek, ijaraga berish
uchun ham foydalaniladigan moddiy aktivlar ( 5-son BHMA 7-bandi)ga
aytiladi.
Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida muhim
o‘rin tutadi, ular birgalikda korxona tayanadigan ishlab chiqarish –
texnika bazasini tashkil etadi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini
baholash mezoni hisoblanadi.
Asosiy vositalar va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan sa-
marali foydalanish natijasida barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
bo‘yicha yuqori darajaga erishiladi, jumladan, mahsulot hajmi mehnat
unumdorligi o‘sishi tufayli ortadi, uning tannarxi pasayadi. Eksport
hajmining ortishi, mahsulotning raqobatbardoshligi korxonani zamo-
naviy ilg‘or texnika bilan ta’minlanishiga, investitsiya hajmiga ko‘p
jihatdan bog‘liq».
1
Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurol-
lanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlariga,
samaradorlik ko‘rsatkichlari, dinamikasi va holatiga baho beriladi.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes-
rejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi
darajasi tushuniladi. Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi, turi
bo‘yicha o‘zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy
vositalarning holat va harakat ko‘rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi.
1
T.Shog‘iyosov. Kompleks iqtisodiy tahlil. Toshkent, «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2009-yil, 84-b.
439
Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik
darajasi, kirim va chiqimi ko‘rsatkichlariga baho beriladi.
Asosiy vositalarning unumini o‘rganish asosida mahsulot ishlab
chiqarishda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlariga baho beriladi.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini omilli tahlili asosida
mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish
yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o‘rganiladi va tahlil
yakunida korxonada asosiy fondlardan foydalanishga va ularning
samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy yo‘nalishlar belgi-
lanadi. Korxonaning asosiy vositalari, ularning holati, harakati va
samarasiga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi.
Mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy
sarmoyalarni jalb etish jarayonlariga bozor islohatlarini chuqurlashtirish,
iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustah-
kamlash chora-tadbirlari ta’siri yuqori bo‘lmoqda. Investitsiyalarning
moliyalashtirish manbalari orasida korxonaning xususiy mablag‘lari
hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ulushi ortgan holda,
davlat budjeti va bankning markazlashgan kreditlari hissasi keyingi
yillarda qisqarib bormoqda.
Ayniqsa, asosiy kapitalga investitsiyalar oqimining qayta taqsim-
lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat va infratuzilma tarmoqlarining
rivojlanishi iqtisodiy o‘sishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat asosiy
kapitalga investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tarkibining
o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek «Xorijiy investitsiya-
larni jalb etmay, ayniqsa yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi
ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy
texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin emas».
1
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida xorijiy investitsiyalar,
ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari uchun qator
imtiyozlar berilgan. Zero, bu borada Prezidentimiz shunday degan edi.
«To‘g‘ridan to‘g‘ri kelayotgan sarmoyalar oqimi har bir kishi, umuman,
jamiyat hayoti uchun suv va havodek zarur».
2
2005-yilning ikkinchi yarmidan boshlab, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy
1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz T.T: «O‘zbekiston». 2000,
393-bet.
2
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. «Xalq so’zi» gazetasi, 2001-yil 7-fevral.
440
xorijiy investitsiyalar jalb qilinish hajmiga qarab, ularni safarbar etadi-
gan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad
(foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va
hududlarni obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar
uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek, Respublika yo‘l
jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan.
Asosiy vositalarni tahlil etishda korxonaning asosiy vositalar bilan
ta’minlanishi, asosiy vositalar harakati, texnik holati, ulardan unumli
foydalanish ko‘rsatkichlari va ishga solinmagan imkoniyatlari aniq-
lanadi.
Asosiy vositalar tahlili bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi va
asosiy vositalarning tuzilishi, dinamikasi, ulardan hamda uzoq muddatli
investitsiyalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga asoslangan
holda tahlil natijalariga ko‘ra baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |