Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Debitorlik  qarzlarini  boshqarishni  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish  orqali



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet430/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Debitorlik  qarzlarini  boshqarishni  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish  orqali 

ular hajmini ortib borishining oldini olish borasida quyidagi amaliy 

chora-tadbirlardan foydalanish mumkin: 

  xaridor  va  buyurtmachilar  bilan  muddati  uzaytirilgan  hamda 



muddati o‘tgan hisob-kitoblar ustidan nazoratni izchil tarzda olib borish; 

  bir  yoki  bir  nechta  yirik  xaridorlar  tomonidan  mahsulot  va 



xizmatlar haqining to‘lanmay qolishi riskini pasaytirish maqsadida ko‘p 

sonli xaridorlar bilan ishlashga intilish; 

  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  nisbatiga  katta  e’tibor  qaratish; 



debitorlik  qarzining  kreditorlik  qarzidan  sezilarli  darajada  ortib  ketishi 

qo‘shimcha  moliyalashtirish  manbalarining  jalb  etilishiga,  bu  esa,  o‘z 

navbatida  yuqori  stavkali  foiz  xarajatlarining  kelib  chiqishiga  olib 

kelishi  bilan  korxonaning  moliyaviy  barqarorligiga  salbiy  ta’sir  qilishi 

mumkin. Bu nisbatning maksimal chegarasi 1,0 hisoblanadi; 

 pul mablag‘lari harakati (pul mablag‘larining kirimi va chiqimi)ni 



sinxronlashtirish,  ya’ni  debitorlik  qarzlarining  to‘lanishi  va  kreditorlik 

qarzining  so‘ndirilishi  davrini  maksimal  darajada  bir-biriga  yaqinlash-

                               

1

  Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz  –  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirishdir. 



Toshkent: «O‘zbekiston», 2010. 38-bet. 


 

431


tirish.  Bu  hisob-kitob  schotidagi  mablag‘lar  qoldig‘ini  kamaytirish  va 

bank kreditlarini qisqartirishga olib keladi; 

  zamonaviy  hisob-kitob  usullarini  qo‘llash  orqali  yo‘ldagi  pul 



mablag‘lari hajmini qisqartirish; 

  debitorlik  qarzlarini  ixtisoslashgan  faktoring  kompaniyalariga 



yoki  korxona  xaridorlaridan  qarzlarni  qaytarib  olish  bilan  shug‘ulla-

nuvchi banklarga sotish; 

  selektivlik  –  ya’ni  ma’lum  tovarlar  guruhi  va  turlari  kreditga 



sotilmay, balki faqatgina o‘z vaqtida pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladigan 

oraliqlarni  aniqlash.  Bunday  vaziyat  ma’lum  tovarlarga  bo‘lgan 

talabning juda ham ortib ketadigan davrlarda vujudga keladi.  

Rivojlangan  mamlakatlarda  tovarlarni  «2/10  to‘liq  30»  sxemasida 

sotishga  debitorlik  qarzlarini  kamaytirish  yo‘llaridan  biri  sifatida 

qaraladi. U quyidagi tartibda ishlaydi: 

  agar  xaridor  mahsulotni  olgan  kunidan  boshlab  10  kun  ichida 



mahsulot  qiymatini  to‘lab  bersa,  unga  mahsulot  bahosining  2  % 

miqdorida chegirma beriladi; 

  agar  xaridor  mahsulot  qiymatini  11  kun bilan  30  kun  oralig‘ida 



to‘lasa, mahsulot qiymatining 100 %ini to‘laydi; 

  agar  xaridor  mahsulot  qiymatini  bir  oy  davomida  to‘lamasa 



to‘lov vaqtiga qarab jarimaga tortiladi.

1

 



Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishni bitta dastur asosida 

va uni nazorat qilish asosida uddalab bo‘lmaydi. Buning uchun bevosita 

keng qamrovli dastur ishlab chiqish lozim. 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish