Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha
xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan
hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli
hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan, to‘lov muddati
o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni
to‘lash xarajatlari.
- Chet el valutasi bilan muomalalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari-
dan zararlar.
- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazo-
larga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
- O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq
xarajatlar.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan,
salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyatdan olingan natija korxona faoliyat natijaviy-
ligining alohida hisob qatori sifatida tarkiblanadi va tahlil etiladi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar korxonaning fond
bozori, moliya bozoridagi faoliyatidan keladigan natijalarni o‘z ichiga
oladi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar qatori «Mahsulot
(ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (ish va
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy
natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tarkib-
lanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning korxonalarning
jami hisob foydasi tarkibidagi salmog‘i so‘nggi yillarda bir qadar o‘sib
bormoqda. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin. Masalan, boshqa korxonalar foaoliyatida
hissali qatnashishdan olingan daromadlar, valuta mablag‘larining kurs
o‘zgarishidan olingan daromadlar, boshqa korxonalarga, sho‘ba va
qo‘shma korxonalarga berilgan qarzlar bo‘yicha olingan daromadlar,
foizlar bo‘yicha olingan va to‘langan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha
olingan dividendlar summasi.
Tahlilda ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy
o‘zgarishlariga baho beriladi hamda uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi
omillar o‘rganiladi.
Ta’sir etuvchi omillar har bir tarkib qator bo‘yicha alohida va
umumiy asosda o‘rganiladi.
390
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotdan va uning qatorlari bo‘yicha berilgan
izohlardan olinadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy tahlil
qilishdan maqsad ularni buxgalteriya hisobotida yuritilish metodikasi va
ulardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortilish tartiblari respub-
likamizda tekshirilayotgan davrda, harakatdagi me’yoriy hujjatlarga mos
kelishi, shu bilan birga, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining
ishonchliligi to‘g‘risida to‘laqonli fikr shakllanishi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tahlilchi xo‘jalik yurituvchi
subyektning ma’lum bir davrga tuzilgan moliyaviy hisobotini o‘rganib,
undagi amalga oshirilgan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik
muomalalariga tegishli ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, ishonchliligi va
to‘liqliligi to‘g‘risida xulosa berishi uchun quyidagi masalalarni
yechishga to‘g‘ri keladi:
- Moliyaviy qo‘yilmalarni korxona aktivlari hisobiga to‘g‘ri olib
borilganini baholash.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini turlicha
turkumlanishi nuqtayi nazaridan ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri
turkumlanishini baholash.
- Buxgalteriya hisobiga kirim qilish davrida ularning qiymatini
to‘g‘ri shakllanganligini aniqlash.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan xo‘jalik muoma-
lalarining qonuniyligi va korxona uchun samaradorligiga baho berish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining sintetik va
analitik hisobi holatini baholash.
- Xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotlarda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini baholash.
- Moliyaviy qo‘yilmalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini
hisobda aks ettirilishining to‘g‘riligini tekshirish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalaridan olingan
daromad va xarajatlarni hisobda to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirilishini
tekshirish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining qayta
baholanishini to‘g‘ri va asosligini o‘rganish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining soliq
qonunchiligiga rioya etilishini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |