Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi tahlili



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

6.2.  Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi tahlili 

 

Bugungi  raqobatdosh  iqtisodiyot  sharoitida  respublikamizda  meh-



nat resurslariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimiz 

Prezidenti  I.Karimov  bu  borada  quyidagilarni  ta’kidlab  o‘tgan  edi: 

«Mamlakatimizdagi  demografik  vaziyatning  o‘ziga  xos  xususiyatini 

inobatga  oladigan  bo‘lsak,  bizda  aholi,  ayniqsa,  mehnatga  qobiliyatli 

yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Ularning soni yiliga taxminan 200-

300  ming  kishiga  ko‘paymoqda.  Shu  nuqtayi  nazardan  qaraganda 

ortiqcha  ishchi  kuchlarini  ish  bilan  ta’minlash,  ishsizlik  masalasini  hal 

etish – mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolar-

dan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri – 

kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har 

tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir». 

O‘zbekistonda  doimiy  yashaydigan  aholi  soni  2012-yilning  1-

oktabr holatiga ko‘ra 29 million 874,6 ming kishiga yetdi. Yil boshidan 

hisoblaganda mamlakat aholisi 319,2 mingtaga, ya’ni 1,1 % ga ko‘pay-

gan.  Bu haqda  Davlat  statistika  qo‘mitasi  ma’lumotlariga  ko‘ra,  shahar 

aholisi  15  million  269,4  mingta,  qishloqlarda  yashovchi  aholi  soni  esa 

14  million  605,2  ming  kishini,  ya’ni  mos  ravishda  51,1%  va  48,9%ni 

tashkil qildi. 

Tug‘ilish  ko‘rsatkichi  yanvar-sentabr  oylarida  20,4  promillni  ko‘r-

satdi.  2011-yilning  shu  davriga  nisbatan  bu  ko‘rsatkich  0,2  promillga 

kamaydi. 

O‘lim  holatlari  esa  4,7  promill,  ya’ni  o‘tgan  yilning  shu  davriga 

nisbatan 0,1 promill o‘sganini ko‘rsatdi. 

O‘lim holatlarining 62,4 % ni yurak-qon-tomir kasalliklari, 5,8 % ni 

nafas  yo‘llari  kasalliklari,  5,8  %  ni  baxtsiz  hodisalar,  zaharlanish  va 

jarohatlar hamda 5,6 % ni oshqozon-ichak kasalliklari tashkil etadi.  

Yanvar-sentabr  oylarida  FHDYO  bo‘limlarida  189,3  mingta  nikoh 

qayd  etildi  va  13,9  mingta  ajrim  ro‘yxatga  olindi.  Har  1000  nafar 

aholiga 8,5ta nikoh, 0,6 ta ajrim to‘g‘ri kelgan. 

2012-yilning 9 oyi davomida Respublikaga kirib kelgan aholi 127,9 

ming kishini, chiqib ketganlar esa 157,8  mingtani tashkil qildi. Shunga 

mos ravishda migratsiya saldosi -29,9 mingtani ko‘rsatdi. 

Sentabr oyining oxiriga kelib mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan 

ish qidiriayotgan fuqarolar soni 18 mingtani tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 

o‘tgan yilning shu davrida 24,1 ming kishini ko‘rsatgandi. 



 

204


Yanvar-sentabr oylarida ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 621,7 

mingtani  tashkil  qildi  va  bu  iqtisodiy  faol  aholining  4,8%  ni  tashkil 

qiladi. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  mamlakatimizda  eng  yirik 

mehnat  bozori,  mulkdorlarning  o‘rta  sinfini  shakllantirishning  asosiy  

omili, millionlab odamlar uchun daromad manbayi hisoblanadi. Mamla-

katimizda  ishchi  kuchi  bandligi  samaradorligini  ta’minlash  uchun 

davlatni  bandlik  siyosatining  quyidagi  yo‘nalishlarini  kuchaytirish 

maqsadga muvofiqdir: 

-  oilaviy  biznes  va  kichik  xususiy  korxonalarni  rivojlantirishni 

jadallashtirishni ta’minlash; 

- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish; 

-  yirik  sanoat  korxonalari  va  nisbatan  kichikroq  bo‘lgan  ishlab 

chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi koope-

ratsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish; 

-  mahalliy  xomashyoni  puxta  qayta  ishlashga  va  tayyor  raqobat-

bardoshli  mahsulot  ishlab  chiqarishga  yo‘naltirilgan  yengil,  oziq-ovqat 

va  qayta  ishlash  sanoatining  ko‘p  mehnat  talab  qiladigan  tarmoqlarini 

jadal rivojlantirish; 

-  xizmat  ko‘rsatish  sohalarini  rivojlantirish,  qishloq  joylarida  

qishloq  xo‘jaligiga  taalluqli  bo‘lmagan  bandlik  sohalarini  kengaytirish 

masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish; 

-  ishsizlarni  kasbiy  o‘qitish  va  jamoat  ishlari  tizimlarini 

takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish. 

Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi korxonani ish kuchi 

bilan  ta’minlanishi  va  ulardan  foydalanish  ko‘rsatkichlariga  ko‘p 

jihatdan  bog‘liq. 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish