198
12.
Sotish hajmiga tayyor mahsulotning yil oxiridagi qoldiq
o‘zgarishining ta’sirini aniqlang.
Hisobot yili
Ko‘rsatkichlar
Reja
Haqiqatda
Rejadan
farqi
1. Tayyor mahsulotning
qoldig‘i:
Yil boshiga
500
550
+50
Yil oxiriga
600
530
-70
2. Tovar mahsuloti
40000
44000
+4000
3. Sotish hajmi
39900
44020
+5020
a) – 20
b) – 70
d) + 70
e) + 1020
13.
Hisobot yilining IV kvartalida realizatsiya bo‘yicha shart-
noma majburiyatini bajarilishini aniqlang
Mahsulot ishlab chiqa-
rish hajmi, ming so‘m
Yetkazib
berilmagan
mahsulot
Shartnoma bajarilishi
%
Oylar
O‘tgan
yil
hisobot yili
O‘tgan
yil
hisobot
yili
O‘tgan yil
Hisobot
yili
Oktabr
5000
5000
-
200
?
?
Noyabr
4900
5200
100
350
?
?
Dekabr
5100
4900
200
?
?
IV kvartal
15000
15100
300
550
?
?
a) 98; 96,3 b) 100; 96 d) 100; 93,2 e) 96; 100
14.
Shartnoma bajarilmaslik sabablarini aniqlang?
a) Ishchi kuchidan to‘liq foydalanmaslik, ishlab chiqarish
dastgohlarini buzilishi, moddiy texnika ta’minotidagi uzilishlar;
b) Ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanmaslik, mahsulot
sifatini buzilishi, bozor talablaridan kelib chiqqan holda shartnomaga
tuzatilishlar kiritilishi;
d) Tashqi sabablar, ichki sabablar, ishlab chiqarish obyektlarini
ishga tushirish muddatlarini uzayishi;
e) Noto‘g‘ri javob yo‘q.
199
VI BOB. MEHNAT RESURSLARI BILAN
TA’MINLANGANLIK, MEHNAT UNUMDORLIGI VA
ULARNING MAHSULOT HAJMIGA TA’SIRI TAHLILI
6.1.
Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati,
tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsu-
lot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili,
ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan-
texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining
bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab
chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday
sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik
darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxi-
ning pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat
resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlari-
ning bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga,
ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unum-
dorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo
etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: