165
birinchi chorak mobaynida mahsulot sotish rejalarining natura va qiymat
ifodalarida bajarilishiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumot-
lardan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotini sotish rejasi birinchi
chorakda jami natura shaklida 1770 donaga ko‘p bo‘lgan, ya’ni reja
107,82 % ga bajarilgan. «A» mahsulotini sotish bo‘yicha rejaning
bajarilishi birinchi chorakning yanvar oyida 103,16 % ni, fevral oyida
112,18 % ni, mart oyida esa 108,56 % ni tashkil etgan. Bundan
ko‘rinadiki, «A» mahsulotga bo‘lgan bozor talabi yuqori ekan, ya’ni
ushbu mahsulot korxona uchun yuqori rentabelli mahsulot hisoblanar
ekan. «B» mahsulotni sotish bo‘yicha birinchi chorak rejasi jami 105,43
% ga ado etilgan bo‘lsada, sotish rejasi yanvar oyida 110,53 % ni, fevral
oyida 106,11 % ni tashkil etgani holda, mart oyida esa sotish rejasi 0,58
% ga bajarilmagan, demak, ushbu mahsulot turiga oxirgi oylarda
bozordagi talab pasayib borayotganligidan dalolat beradi. Korxona
ma’muriyati ushbu mahsulotning tobora kamroq sotilish sabablarini
aniqlashi va tegishli choralar ko‘rishi lozim bo‘ladi. Korxonada birinchi
chorakda «V» mahsulotini sotish rejasi 90,62 % ni tashkil etgan, ya’ni
belgilangan reja 9,38 % ga bajarilmagan. Bunga sabab ushbu mahsulotni
sotish rejalari birinchi chorakning yanvar oyida 78,83 % ga, fevral oyida
96,54 % ga, mart oyida esa 98,78 % ga bajarilishi ta’sir etgan. Bundan
ko‘rinadiki ushbu mahsulotga bo‘lgan bozordagi talab borgan sari
yaxshilanib bormoqda va so‘nggi oylarda deyarli sotish rejalashtirilgan
mahsulot hajmida mahsulot sotilmoqda ekan. Korxona ma’muriyati esa
ushbu mahsulotga bo‘lgan iste’molchilarning talablarini yanada puxta-
roq o‘rganishi hamda ko‘proq mahsulot sotish choralarini topishi lozim
bo‘ladi.
Umuman olganda, korxonada birinchi chorak mobaynida uch xil
turdagi mahsulot sotish rejalari umumiy tartibda to‘liq bajarilgan. Bu
albatta yaxshi natijadir, faqatgina, korxona mahsulot sotish hajmlariga
salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlashi va ularni bartaraf etish
choralarini ko‘rishi darkor. Mazkur jadval ma’lumotlari shuni
ko‘rsatadiki, korxona mahsulotni iste’molchilarga jo‘natish rejasini
birinchi chorakda 105,33 % (472623,9* 100:448704)ga bajargan.
Belgilangan assortimentda reja bajarilgan. Mahsulot jo‘natish rejasini
bunday tarzda bajarilishi korxonani bir maromda ishlab chiqarishni
tashkil etishga harakat qilayotganligidan dalolatdir. Tahlil davomida
mahsulot yetkazib berilmagan iste’molchilar aniqlanadi va yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilanadi.
166
Mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishining tahlili bilan bir
qatorda assortimenti tahlilini ham amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: