Mahsulot ishlab chiqarish g‘oyalarini o‘rganish tartibi.
Bozordagi yangi tovar tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita
talabni hisobga olish lozim:
1.
Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish va imkoniyatiga qarab
shakllantirish.
2.
G‘oyani ko‘tarib chiqish va tovarlarning ilk nusxalarini sotish
o‘rtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.
Biz uchun eng asosiysi istiqbolli g‘oyani tanlash muhim hisoblanib,
bu yerda ekspertlardan tuzilgan guruhlar tomonidan miyaga hujum usuli
orqali ma’lum tovar uchun talab o‘rganiladi. Ushbu o‘rganish esa
ma’lum tovarlar partiyasi uchun talabning darajasini ifodalab beradi.
Bozordagi taklif darajasi esa tovarning «bozor testi» orqali har
bir bozorda mahsulotni oz-ozdan sotib ko‘rish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |