O`zb tarix 11 узб indd



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar
:
1.  O‘zbekistonda  yoshlar  umumiy  aholining  qanchasini  tashkil  qiladi?  Biz 
kimlarni yoshlar deb ataymiz? 
2. Lex.uz saytidan 2016-yildagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi 
qonunni topib, mazmun-mohiyatini aytib bering.
3.  Bugungi  kunda  yoshlarga  berilayotgan  imtiyozlar  haqida  nimalarni 
bilasiz?
?


95
4. Bir tashkilotning uch xil faoliyat va vakolat davri bo‘yicha jadvalni 
to‘ldiring.
«Kamolot» jamg‘armasi  «Kamolot» YOIH
«O‘zbekiston yoshlar ittifoqi»
VII BOB.
 MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA 
MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT
15-mavzu.
 O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi
Tarixiy  xotiraning  tiklanishi. 
O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan 
keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga 
munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida 
ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshir-
masdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning 
o‘zi  ko‘rsatdi.  Shuning  uchun  ham  mamlakat  rahbariyati  istiqlolning 
dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi. 
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi 
ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish 
negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili 
Alisher  Navoiy  tavalludining  550-
 
yilligi keng nishonlandi. Bu to‘y- 
ga respublikada katta tayyorgarlik 
ko‘rildi  va  u  xalqning  katta  ma-
 
daniyat bayramiga aylandi. Uning 
yigirma jildlik mukammal asarlar 
to‘plami nashr etila boshlandi. 
Yubiley  oldidan  Alisher  Navoiy-
 
ning  buyuk  siymosi  ifoda  etilgan  sahna  asarlari,  kinofilmlar  yaratildi.
 
Alisher  Navoiy  nomida  Davlat  mukofoti  ta’sis  etildi.  Adabiyot  institutiga 
Alisher  Navoiy  nomi  berildi.  Mamlakat  poytaxti  Toshkentda  ulug‘ 
bobomizning  muhtasham  haykali  qo‘yildiki,  bu  joy  xalqning  muqaddas 
ziyoratgohiga  aylandi.  Navoiy  haykali  Komsomol  ko‘li  deb  nomlangan 
istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bog‘ Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb 
A.Navoiy nomidagi Milliy bog‘.


96
ataladigan  bo‘ldi.  1994-yilni  hukumat  qarori  bilan  Ulug‘bek  yili,  deb  e’lon 
qilinishi,  uning  600-yilligini  O‘zbekistonda  va  jahon  miqyosida,  xususan, 
YUNESKO  qarorgohi  Parijda  keng  nishonlanishi  ham  buyuk  allomalar 
qoldirgan  meros  umuminsoniy  qadriyatga  aylanganligi  nishonasidir.  1996-
yil  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligi  ham  keng  miqyosda  nishonlandi. 
Islom  Karimov  «1996-yilni  Amir  Temur  yili»  deb  atash  to‘g‘risida  farmon 
qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy 
madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. 
Juda  qisqa  fursatda,  Toshkentda  bobokaloni-mizning  dunyoviy  sha’ni  va 
shavkatiga  mos  keladigan  Amir  Temur  va  temuriylar  davri  tarixi  muzeyi 
qurildi. 
Hukumatning  maxsus  qaroriga  binoan,  1999-yil  dekabrda  Xorazmda 
Muhammad  Rizo  Erniyozbek  o‘g‘li  Ogahiy  tavalludining  190  yilligi, 
Nukusda  Ajiniyoz  Qosiboy  o‘g‘li  tavalludining  175  yilligi,  1998-yil 
oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng 
nishonlandi.  Islom  olamining  zabardast  allomalari  Imom  Buxoriy,  Imom 
Termiziy,  Abu  Muin  Nasafi y,  Bahouddin  Naqshband,  Ahmad  Yassaviy, 
Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o‘rganilib, 
ko‘plab  nusxalarda  chop  etilmoqda.  Imom  Ismoil  Buxoriy,  Imom  Abu  Iso 
Samarqand, 
Amir Temur haykali.
Shaxrisabz, 
Amir Temur haykali.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
Yodda tuting
!
1993-yil  Toshkentda,  1996-yil  Samarqand  va  Shahrisabzda  Amir 
Temur haykali ochildi. Shu yili Samarqand va Shahrisabz shaharlari «Amir 
Temur» ordeni bilan mukofotlandi.


97
Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin 
Kubroning  850  yilligi,  Bahouddin  Naqshbandiyning  675  yilligi,  Xoja  Ahror 
Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish