O`zb tarix 11 узб indd


Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
. Millat kelajagi 
ham  ma’nan,  ham  jismonan  baqquvat  yoshlar  qo‘lida.  O‘zbekiston  aho-
lisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq yosh avlod ta’lim-
tarbiyasi,  salomatligiga  katta  e’tibor  berib  kelinmoqda.  Bu  dolzarb  masala 
davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, ta’lim sohasidagi jahon andozalariga mos islohotlar, 
aholi salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana 


92
shunday  mushtarak  maqsadlar  mujassam.  1991-yil  noyabrda  «O‘zbekiston 
Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to‘g‘risida»gi 
qonun  qabul  qilindi.  1997-yil  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
iqtidorli  yoshlarning  chet  ellarga  o‘qishini  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha 
«Umid» jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2014-yildagi  «O‘zbekiston 
Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan 
qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  qarorining  qabul  qilinishi  mam-
lakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fi krlaydigan, zamonaviy 
ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol 
avlodni  voyaga  yetkazish  borasidagi  ishlarning  mantiqiy  davomi  bo‘ldi. 
Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, 
jumladan, qizlarni intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yanada 
keng sharoitlar yaratishga qaratilgan. 
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at, 
fan  va  ta’lim  yo‘nalishlarida  o‘z  iste’dodini,  salohiyat  va  qobiliyatlarini 
namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  1999-yilda  qabul  qilingan  «Zulfi ya  nomidagi  davlat 
mukofotini  ta’sis  etish  bo‘yicha  taklifl arni  qo‘llab-quvvatlash  to‘g‘risida»gi 
farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning 
shakllanishiga zamin yaratdi.
80  nafarga  yaqin  xotin-qizlarning  mumtoz  qo‘shiqchilik,  akademik 
ijro,  estrada,  opera,  balet,  cholg‘u  ijrochiligi,  an’anaviy  ijrochilik,  raqs 
yo‘nalishlarida  «Nihol»  mukofoti  bilan  taqdirlangani  tom  ma’noda  ularga 
ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish