O`zb tarix 11 узб indd



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar
:
1. Tarixiy xotira tushunchasini izohlang.
2.  Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  qaysi  allomalarning  yubileylari  ni-
shonlandi?
3.  O‘zbek  xalqining  qadriyatlari  va  an’analarini  taklash  bo‘yicha  qanday 
qarorlar qabul qilindi?
4. 2007-yil Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb atalish sabablarini 
sanashga harakat qiling.
5. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. Tarixiy shaxslarga bugungi e’tibor bo‘yicha 
ma’lumot to‘plang.
Alisher Navoiy
Amir Temur
Sharof Rashidov
Islom Karimov
16-mavzu.
 O‘zbekistonda madaniyat va san’at
Ma’naviyat  maskanlari.  Teatr

Mustaqillik  yillarida  madaniy  hayotda 
ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. 
Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol 
sezila  boshlandi,  yangi  teatr  dargohlari  qurib  ishga  tushirildi.  1991-yilda 
Farg‘ona,  1993-yilda  Xorazmda  davlat  qo‘g‘irchoq  teatrlari  ish  boshladi, 
1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq 
guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. 
O‘zbek davlat akademik drama 
(2001-yil),  O‘zbekiston  akademik  rus
 
drama  teatrlari  (1999-yil)  kabi
 poytaxt 
hamda viloyat teatr jamoalariga yangi 
binolar  qurildi,  ta’mirlandi

2015-yil-
ning  oktabrida  rekonstruksiya  qilingan 
Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston 
davlat akademik katta teatrining ochilish 
marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nafaqat,  mahalliy  teatr  va  tomosha
 
guruhlarining  chiqishlariga,  balki,  xorij
 
mamlakatlardan  tashrif  buyuradigan  jamoalar,  atoqli  artistlarning  chiqish-
lariga  ham  mo‘ljallangan  «Turkiston»  saroyi  1993-yilning  sentabrida  ish 
boshladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston 
davlat akademik katta teatri
.
?


103
2009-yilda  «O‘zbekiston»  xalqaro  fo-
 
rumlar saroyi, 2011-yilda Simpozium- 
lar  saroyi  va  Alisher  Navoiy  nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan 
tashkil topgan Ma’rifat markazi maj-
muasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida 
Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat 
maskanlari ochildi.  
O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining  «O‘zbekiston  teatr  san’atini 
rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin 
tutib,  unga  muvofiq  ma’naviy-ma’rifiy  islohotlarda  teatr  arboblarining  faol 
ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol 
sahna  asarlari  yaratish  kabi  maqsadlarda  «O‘zbekteatr»  ijodiy-ishlab 
chiqarish  birlashmasi  tashkil  etildi.  2017-yil  faoliyati  tanqidiy  o‘rganilib, 
«O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga 
o‘tkazildi.
2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan  
«Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik 
drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu 
qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Umuman,  mustaqillik  o‘zbek  teatr-
 
lari va san’atkorlarining dunyo sahna-
siga  chiqishi  uchun  keng  yo‘l  ochdi. 
Poytaxtdagi  respublika  teatrlari  qatorida 
viloyat  jamoalari  ham  xalqaro  madaniy 
munosabatlarda  qatnashib  kelmoqda.  Bu 
borada  O‘zbekiston  Yoshlar  teatri,  Ilhom 
teatri  va  Qashqadaryodagi 
«Eski  masjid» 
teatr-studiyasi faol bo‘ldi.
  
1993-yilning 23–30-oktabr kunlari 
Toshkentda  o‘tkazilgan  «Teatr:  Sharq  va 
G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan 
kelgan  sahna  san’atkorlari  qatnashgan  birinchi  yirik  tadbir  ekanligi  bilan 
ahamiyatli bo‘ldi. 
Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston 
Milliy kutubxonasi

O‘zbek milliy akademik drama  
teatri binosi.


104
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  teatr  jamoalari  Amir  Temur 
mavzusiga  murojaat  qilishdi.  Dastlab  Qashqadaryo  viloyat  musiqali 
drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida 
sohibqiron  hayoti  haqidagi  tarixiy  dramalar  sahnaga  qo‘yildi. 
Bu 
jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida 
olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna 
ijodiyotida  Imom  al-Buxoriy,  Ahmad  al-Farg‘oniy,  Mirzo  Ulug‘bek, 
jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi.
Milliy  mumtoz  adabiyot  namunalari,  ayniqsa,  Alisher  Navoiy  doston-
 
lari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar 
drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi.  

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish