Toshkent arxitektura-qurilish instituti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti iklqi kafedrasi



Download 8,99 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2022
Hajmi8,99 Mb.
#373760
Bog'liq
GAZ Mustaqil ish1



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI

TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULTETI

IKLQI KAFEDRASI

GAZ TA’MINOTI FANIDAN 

MUSTAQIL ISH

MAVZU: GAZ XO’JALIGIDAGI XAVFSIZLIK 

QOIDALARI. BINOLAR GAZ TA’MINOTI 

TIZIMLARINI FOYDALANISHGA QABUL QILISH



BAJARDI: DADAXANOV A.

TEKSHIRDI: SULTONOVA SH.


REJA:

1.

KIRISH



2.

ASOSIY QISM

1.

GAZ TA’MINOTIDA XAVFSIZLIK QOIDALARI VA 



SOZLASH ISHLARI

2.

GAZ TARMOQLARI VA JIHOZLARINI BIRLAMCHI 



SINASH ISHLARI

3.

FOYDALANISHGA QABUL QILISH



3.

XULOSA


4.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISH

Gaz  quvurlarini  ta’mirlash  va  ulardan  foydalanish  bilan 

bog’liq bo’lgan va gaz qurilmalarining o’rnatilishi kabi barcha 

ishlarga xavfli gaz ishlari kiradi. Shuning uchun ham bunday 

ishlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Xavfli 

gaz  ishlariga  shahar  gaz  tarmoqlaridan  foydalanishda 

bajariladigan ishlarning barchasi kiradi. Bundan tashqari, gaz 

quvurlarini  amaldagi  gaz  tarmoqlarga  ulanishi,  gazning 

chiqishini bartaraf etish, amalda foydalanib kelinayotgan gaz 

quvurlarini,  produvka  yordamida  tozalash,  armaturalar  va 

uskunalar  bilan  jihozlash,  gaz  quduqlarida  bajariladigan 

ishlar, GBSH lari joylashgan binolardagi barcha ishlar xavfli 

gaz ishlariga kiradi. 




ASOSIY QISM


XAVFSIZLIK QOIDALARI VA SOZLASH ISHLARI 

Gaz ta’minotini loyihalashda xavfsizlikni hisobga olish

Gaz  ta’minotini  loyihalashda  eng  avval  hisob-kitob  va  yechimlarni 

xavfsizlik  va  qulaylikni  ta’minlashga  e’tibor  bergan  holda  eng  afzal 

yechimni qilish kerak bo’ladi. Masalan gaz quvurlarini gidravlik hisoblash, 

qozon  tanlash  kabi  eng  muhim  bosqichlarda  isitish  tizimlarining 

temperaturasini  tanlash  bo’yicha  maxsus  belgilab  qo’yilgan  normalar 

bo’lib, u isitishdan foydalanuvchilar turiga bog’liq. Bog’cha, maktablarda 

masalan isitish jihozlari, radiatorlar va batareyalarning o’ta qizib ketishi 

mumkin  emas,  bolalar  unga  tekkanda  kuyish  ehtimoli  bo’ladi.  Ammo 

xonalar hajmi katta  bo’lgan joylarda past haroratda xona isimay qoladi. 

Buning  yechimi  shuki,  kerakli  temperaturaga  hisoblanib,  radiatorlar 

atrofi  to’sib  qo’yiladi.  Loyiha  jarayoniga  oid  xavfsizlikka  yana  gaz 

plitalarini  joylashtirishda  uning  yonuvchi  materiallardan  normadagi 

uzoqlikda  joylashishini  ko’zda  tutish,  xonaning  yoritilish  va 

shamollatilishini hisobga olish kabi jihatlar kiradi. 




Gaz tarmog’ining payvandlash 

choklari sxemasi




Gaz ta’minoti 

loyihasi


(Plan)


Montajdagi xavfsizlik qoidalari

Yuqoridagilar  bino  ichi  gaz  ta’minoti  loyihasidagi  xavfsizlik  qoidalari  edi. 

Loyihani qurish va ishlatishda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim. Eng 

avvalo bu ishni maxsus tayyorgarlikka va ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassis 

montajchilar bajarishi kerak, agar norma bo’yicha oladigan bo’lsak, ularning ish 

tajribasi o’rtacha 3 yildan 5 yilgacha bo’lishi, ruxsatnomasi bo’lishi talab qilinadi. 

Quvurlar  montaji  jarayonida  gazning  o’chiq bo’lishi,  quvurlarning  payvandlash 

choklarining  mustahkam,  ma’lum  bosimga  chidaydigan,  ko’p  yillarga  yaroqli 

qilib  qilinishi  kerak.  Rezbali  joylarda  rezbaning  gaz  chiqishiga  qarshi 

germetikligiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Gaz  uskuna  va  jihozlarini  o’rnatishda 

ularning texnik sinovlardan o’tganligi, yaroqliligi va ishlash kafolati bo’lishi zarur 

va ular ishlashi  bo’yicha standartlarga  javob beradigan  bo’lishi  kerak. Qo’lbola 

uskunalardan foydalanish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. 






Tutun gazlarni chiqarib yuborishga doir xavfsizlik normalari


Gazdan foydalanishda xavfsizlik texnikasi

Gazni  foydalanishga  qabul  qilingandan  keyin  foydalanuvchilar  uchun  ham 

xavfsizlik qoidalari bo’lib, ular quyidagilardir: Eng avvalo gaz tizimini ishlatishni 

boshlagandan  keyin,  sinash  ishlari  tugagandan  so’ng  uni  faqat  kattalar 

ishlatishi,  montajchi  va  loyihachining  ishlatish  va  foydalanish  bo’yicha 

tavsiyalarini  olib,  shular  bo’yicha  gazdan  foydalanishi  kerak.  Bolalarni  gaz 

jihozlari,  armaturalar  va  hisoblagichdan  uzoq  bo’lishlarini  ta’minlash  kerak. 

Agar  bularga  amal  qilinmasa,  portlash,  yong’in  xavfini  keltirib  chiqarishi 

mumkin. Gazning to’g’ri ishlashi va ko’zlangan loyihadagidek bosim va sifatga 

ega  bo’lishi  uchun  undan  to’g’ri  foydalanish  kerak  bo’ladi.  Agarda  gaz 

talablarga  javob  bermasa,  noto’g’ri  ishlasa  yoki  uskunalar  ishida  kamchilik 

bo’lsa  bunday  muammolarni  mutaxassisga  aytib  hal  etiladi.  O’zboshimchalik 

bilan tuzatishga urinish ham xavfli asoratlarga olib keladi.




Gaz tarmoqlarini va jihozlarini sinovdan 

o’tkazish

Gaz  ta’minoti  tizimini  sinovdan  o’tkazish  loyiha 

tasdiqlanib,  u  montaj  qilinganidan  keyin birlamchi  sinov 

o’tkazish  va  ma’lum  muddat  o’tgach  rejali  sinovdan 

o’tkazib turishdan iborat jarayondir.

Gaz quvurlariga o’rnatilgan armaturalar va jihozlar tashqi 

tarmoq  tuproqqa  ko’milishidan  oldin  o’tkaziladi. 

Tekshiruvda  quvurning  yotqizilish  chuqurligi,  nishabligi, 

himoyalanish  va  izolyatsiya  holatlari,  armaturalarning 

to’g’ri  ulanishi  tekshirilgach,  gaz  quvurlari  havo 

yordamida turli namlik, ifloslanishlardan tozalanadi.

 Shundan  keyin  gaz  tarmoqlari  siqilgan  havo  yordamida 

ikki  pog’onada  sinovdan  o’tkaziladi:  mustahkamlikka 

(bosimga) va zichlikka sinash ishlari bajariladi. 



Quvurlarni bosimga (mustahkamlikka) sinash


Mustahkamlikka sinash

Quvurlarning  mustahkamligi  bo’yicha  sinovdan 

o’tkazish  birlamchi  sinov  hisoblanadi,  aniq 

nuqsonlari  aniqlanadi.  Quvurlarning  mexanik  va 

payvandli  bog’lanishlarning  mustahkamligini 

aniqlash  uchun  uning  bosimi  yetarlicha  emasdir. 

Sinov bosimi gaz quvurlarida saqlanib turish vaqti 

mustahkamlik  sinovida  3  soat  (faqat  binolarga 

kiritilish  joylarida  sinov  vaqti  1  soat)  bo’ladi. 

Undan  keyin  bosim  meyori  darajasigacha 

kamaytiriladi  va  zichlik  sinoviga  kirishiladi. 

Quvurlar  va  armaturalarning  holati  tashqi 

tekshiruvdan  o’tkaziladi.  Nuqsonli  joylari  sovun 

eritmasi ko’pigi bilan aniqlanadi.




Zichlikka sinash


Zichlikka sinash


Mustahkamlik  va  zichlik  sinovidan  gaz 

boshqaruv  shahobchalariga  o’rnatilgan  gaz 

armaturalari  va  gaz  quvurlari  ham  sinovdan 

o’tkaziladi. Yerusti gaz quvurlari mustahkamligi 

sinovidan  o’tkazilayotganda  sinov  vaqti  bir 

soatdan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Undan  so’ng 

bosimning  qiymati  zichlik  sinovi  talabigacha 

pasaytirilib, 

tashqi 

ko’rinishda 

va 

payvandlangan  joylarni  sovun  eritmasi  surtilib, 



tekshiruvdan o’tkaziladi. Zichlik sinovi 30 minut 

davomida o’tkaziladi.




Turar joy binolari, jamoat bino ichki gaz quvurlari 

ham  mustahkamlik  va  zichlik  sinovidan 

o’tkaziladi.  Turar  joy  binolari,  umumjamoa 

binolar, kommunal  maishiy  korxonalar  va  sanoat 

korxonalaridagi  past  bosimli  gaz  quvurlari  0.1 

MPa bosimda mustahkamlik sinovidan o’tkaziladi. 

Turar  joy  binolaridagi  gaz  quvurlari  5  KPa 

bosimda  zichlik  sinovidan  o’tkaziladi.Agarda  5 

daqiqa  davomida    bosimning  pasayishi  200  Pa 

dan  oshib  ketmasa,  gaz  quvurlari  sinovdan 

hisoblanadi. Sanoat va kommunal korxonalardagi 

past  bosimli  gaz  quvurlari  zichligi  sinovidan  10 

KPa  bosim  ostida  1  soat  vaqt  davomida 

bosimning  pasayishi  600  Pa  gacha  bo’lsa 

sinovdan o’tgan hisoblanadi.



TIZIMNI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH

Gaz oqimini ochishdan oldin, gaz tarmog’I va GBSH, gaz jihozlarining to’g’ri 

o’rnatilganligi,  ularning  holati  yana  bir  bor  tekshiru  ko’rigidan  o’tkaziladi. 

Undan  so’ng  hamma  gaz  tarmog’i  siqilgan  havoning  20  KPa  bosimi 

nazoratida tekshiruvdan o’tkaziladi. 

Bosimning  pasayishi  1  soat  vaqt  davomida  100  Pa  dan  oshmaganda  gazni 

ochish  mumkin.  Gaz  quvurlarida  gazning  to’lishi  bilan  quvur  ichidagi  havo 

chiqarilib  yuborilishi  kerak.  Gaz  oqimi  miqdori  bilan  quvur  to’ldirilganidan 

keyin  gazning  tarkibida  tahlil  uchun  namuna  olinadi.  Gazning  tarkibida 

kislorod miqdori 1 foizdan oshmasligi kerak. Gaz havo aralashmasi quvurda 

zichlanayotganda  ularni  chiqarib  yuborish  joyida,  olov  manbalarida 

bo’lmasligi va binolar, inshootlarga yig’ilib qolmasligi kerak.




XULOSA

Gaz  xo’jaligini  loyihalash,  montaj  qilish  va  ishga  tushirish  va 

foydalanishga  qabul  qilishda,  undan  yillar  davomida  foydalanishda 

xavfsizlikni  ta’minlash,  gaz  ta’minoti  tizimidagi  quvurlar  va  jihozlarni 

to’g’ri o’rnatish, inson hayotiga xavf soladigan muammolarni oldini olish 

juda muhim ish hisoblanadi. 

Biz  yuqorida    birma-bir  gaz  xo’jaligini  tashkil  etish  bosqichlariga 

to’xtalib,  har  bir  bosqichda  ko’zda  tutiladigan  xavfsizlik  qoidalarini 

o’rgandik.  Loyihalashda  eng  asosiy  ishlar  bajariladi,  bino  ichida  gazni 

ma’lum  kerakli  bosimda  ta’minlab  berishga,  gidravlik  hisob  kitoblar 

orqali  gaz  quvurlari  va  jihozlarni  mustahkamligini  ta’minlashga  e’tibor 

beriladi. Montaj jarayonida ishlarni xavfsiz olib borish va tizimni xavfsiz 

qilib montaj qilishga katta ahamiyat beriladi. Undan keyin esa tizimdan 

foydalanish davomidagi xavfsizlik ta;minlanishi kerak bo’ladi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Yusuf Rashidov. “Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya tizimlari”. 2009. 



Toshkent.

2.

Yusuf Rashidov. “Gaz ta’minoti tizimlari”. Darslik. 2009. Toshkent.



3.

Internet: https://xn--90adflmiialse2m.xn--p1ai/raznoe/opredelenie-

raspredelitelnyj-gazoprovod-raspredelitelnye-gazoprovody-i-ih-

klassifikacziya-chto-takoe-raspredelitelnye-gazoprovody-i-ih-



klassifikacziya.html

Download 8,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish