4-Mavzu: Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi hamda metodologik yondashuvlar. Reja



Download 231 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi231 Kb.
#373516
  1   2
Bog'liq
4-mavzu



4-Mavzu: Ijtimoiy pedagogikaning  rivojlanish tarixi hamda metodologik 

yondashuvlar. 

REJA. 

1 Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi . 

2.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishida metodologik yondashuvlar. 

3.

 

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi.

  

4. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. 



5. Ijtimoiy pedagogikaning 

rivojlanish bosqichlari

 

6.Ijtimoiy pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari. 



Ajdodlar tajribasini urganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan 

biridir. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy jihatdan 

uz qobig‘iga o‘ralib qolishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika 

fanining maqsadi milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini 

echishga yordam beruvchi, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shuvchi kuchlarni 

topishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Hozirda dunyoning turli davlatl ari dagi 

xalqlarning madaniy qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratsak, 

madaniyat sohasidagi yutuqlar mavjud muammolarni hal etishda juda katta o‘rin 

tutadi. O‘sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko‘p asrlik tajribasi 

yordamida yoshlarning zamonaviy bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan 

demokratik jamiyatga tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Qanday qilib 

xalqning o‘z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan turib bugungi 

kunning muammolarini hal qilish mumkin? SHubhasiz, moziy tajribasida 

xalqpedagogikasida ta’lim va tarbiya jarayonlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘p 

narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga ijtimoiy xususiyatlarni shakllantirish uchun 

lozim bo‘lgan pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish 

yo‘mari, vositalarining majmuasi hisoblanadi. Milliy pedagogika xalqning ta’lim-



tarbiya masalasiga oid qarashlar, goyalar, an’analari asosida shakllanadi. Milliy 

pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u, birinchidan, o‘zida asrlar davomida 

shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega,  ikkinchidan esa, hayotiy, amaliy tavsifga 

ega. U o‘z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g‘oyalari amaliy tajribaga 

asoslanganligi, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy 

faoliyatga qaratilganligidatopadi. Xalq pedagogikasidagi mavjud hayotiy (maishiy, 

mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega 

bo‘lib, bular muomala jarayonida ham kattalar, ham bolalar tomonidan bir xil 

o‘zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli bulishi bilan 

birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, 

omili hisoblanadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng 

yaxshi qdsriyatlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, bu kattalarga hurmat, 

mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, axloqlilik, rostgo‘ylik va boshqalar. Xalq 

pedagogikasining ijtimoiy xarakteri uni ko‘pgina etnomadaniy hodisalar: 

dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida 

yorqin namoyon bo‘lishidadir. Bu muammolar olimlar tomonidan o‘rganilmokda. 

O‘zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy va shaxsiy tajriba orqali 

o‘zlashtiradi, degan teran fikr mavjud. CHunki shaxs boshqalar bilan muomalaga 

kirar ekan, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. O‘zbek xalqida shunday 

nak^ bor: chaqaloqhali shaxs emas, u tom ma’nodagi inson bo‘ladimi, yo‘qmi — 

bu uning ota-onasi, uni o‘rab turgan muhit va boshqa odamlar bilan o‘zaro 

munosabatiga bog‘liq. SHuning uchun ham xalq pedagogikasida "go‘dak faqatgina 

avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqilgan turli ong shakllarini 

o‘zlashtirsagina, shaxsga aylanadi”, deb ta’kidlanadi. Bolaningtug‘ilishi bilan 

tarbiyani boshlamaslik halq qayotining rivoji, oldinga intilishiga salbiy ta’sir 

kdladi. Bu g‘oya bir qator xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida urin olgan. 

Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o‘zbek xalq pedagogikasining 

asosini bolaga g‘amxo‘rlik qilish, uning sog‘ligi haqida qayg‘urish va hayotini 

muhofaza kdlish, uning aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun 

kattalar tomonidan ta’sir kdlishning majmuasi tashkil kdladi. O‘zbek 




etnografiyasini o‘rganish uchun turli xil xujjatlarni taqlil qilar ekanmiz, u 

mukammal inson modeliga mos kelishini e’tirof etishimiz mumkin. Buyuk 

ma’rifatparvar, olimlar, pedagoglar va shoirlarning asarlarini urganish inson 

tarbiyasi haqidagi xalq goyalari ularning mazmuniga singdirilganini ko‘rsatadi. Ibn 

Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “Bolalar tarbiyasi va ta’limi” bobida oila 

tarbiyasidan, Beruniyning “Qadimg xalmardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli 

xalqlarning an’analaridan, al-Farobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq 

musiqasidan ko‘p misollar mavjud. Nosir Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy 

odamlarning mehnatlari uluglanadi. Xalq pedagogikasini o‘rganish uchun S. R 

Rajabov, A. Ismoilova, I. Obidova, S. Temurova, M. Ochilov, A. Otaeva, 3. 

Mirtursunov, A. Minavarov kabi uzbek olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. 

Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan \olda o‘zbek xalq pedagogikasining 

quyidagi yo‘nalishlarini ajratishimiz mumkin bo‘ladi: 

 — bolaning akuliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o‘zaro 

aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g‘oyasi; 

 — shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning etakchi rolini belgilash; 

 — xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida 

mujassamlashuvi; 

 — ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish; 

 — xalq pedagogikasining amaliy xarakteri; 

 — xalq pedagogikasining o‘sib kelayotgan avlodni fuqarolik, oila faoliyatiga 

tayyorlashdagi ijtimoiy ahamiyati. Xalq pedagogikasi xalqog‘zaki ijodi 

namunalari: maqol, ertak, topishmoq, ashula, doston, rivoyatlarda o‘zining 

ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o‘z ijtimoiy tajribasini 

umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand, o‘git, nasihat mazmuniga ega 

bo‘lib xalqning ijtimoiy hayotga bo‘lgan real (hayotiy) qarashlarini ifodalaydi. 

O‘zbek xalq pedagogikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og‘zaki ijodi 

matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi berilganligidadir. Hayotiy 

sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o‘zbek xalqi orasida 

nihoyatda turli-tuman bo‘lib, bu haqda ko‘p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan 




ularda biz  mehnat jarayonlarini, yigit va qizlar uchun mo‘ljallangan bayramlarning 

o‘ziga xos tavsiflarini uchrashamiz. Ma’fkura, an’ana, odat, marosimlar avloddan-

avlodga o‘tib keladi. Ularda nikoh marosimi, bolaning tug‘ilishi, mehmonlarni 

kutib olish va kuzatish, dafn marosimi, mehnat jarayonlarini o‘tkazishning 

muayyan qoidalari va boshqalar mavjud bo‘lgan. Bu marosimlarda bolalarning 

doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o‘zbeklarning an’anaviy 

muomala madaniyati shakllanadi. Sobiq shuro tuzumi davrida milliy an’analarga, 

odatlarga qurmatsizlik qilish oxir-oqibat axloqiy qolatlarning yomonlashuviga olib 

keldi. So‘nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatlarida 

erkinlik paydo bo‘ldi. Bunday sharoitlarda odat, marosimlar, muomala 

madaniyatidagi o‘zig‘a xosliklar o‘sib kelayotgan avlodning \ar tomonlama 

barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o‘rin tuta boshladi. Uzbek 

xalqining axloqiy odatlarining mustahkamligi, asosan, oilaviy munosabatlar va 

oilaviy tarbiyaga alohida ahamiyat berilishi bilan bog‘liq. O‘zbek xalq 

pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko‘p yillik tajriba ta’sirida 

shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik amaliyotda 

sinalgan tarbiya me’yorlari va qoidalari o‘z aksini topgan. Xalq pedagogikasida 

oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko‘riladi. Oila jamiyat 

negizidir. U bolalarga tarbiyaviy ta’sir etishning usullari, odat va an’analarini 

bilishi, dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o‘quv mashg‘ulotlarini 

belgilashi, ota-ona va bolalar orasidagi o‘zaro munosabatlarning eng qulay 

me’yorlarini ishlab chiqishi lozim. CHunki bola o‘zini qiziqtirgan masalalar 

bo‘yicha eng avval o‘z ota-onasi bilan maslahatlashadi. Bu erda oila a’zolari 

orasidagi munosabatlar amalga oshadi hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari 

anikutanadi. Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq 

e’tiborida bo‘lgan va xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topgan. Xalq, avvalombor, 

baxtli oila yaratish uchun kurashgan. Xalq pedagogikasida oila “baxt manbai”, 

"‘tabiat go‘zalligi”, mehnatsevar jamoa sifatida ko‘riladi, oilada ayol va erkak teng 

huqukushligi e’tirof etiladi, ayollar huquqi himoya kdlinadi, er-xotinlarning 

ajralishlari qoralanadi, oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hrl qilishni 




maslahrt beriladi.  Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida 

qaraladi, xalq og‘zaki ijodida esa ona doim uluglanadi. Xalq tomonidan oilaning 

ijtimoiy vazifalarini bolada a\loq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala 

bo‘lish, dehqonchilik, chorvachilik, turli kasb-hunar malakalarini egallashda e’tirof 

etilgan. 

4.

Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin x,am mavjud bo‘lgan. Faqat 



unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk 

ko‘rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab 

rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. xozirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. 

Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir 

haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy 

faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning 

manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan 

yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning 

fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti 

sifatida ham farqlaydilar

, aslida ular bir-

biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir 

bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.

 

Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari Ijtimoiy–



pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida 

o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», 

«Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la 

oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga 

tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. 

Ularning faoliyati targ‘ibot va tashqilot ishlarining ko‘lamini 

kengaytiradi,o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy 

muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib 

ma’naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va 

jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan 




hodisalarni, 

mehnatini

, turmushini, bo‘sh vaqtini chukur mushoxada qilish bilan 

uzviy bog‘liqdir. 

Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - 

bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. 

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - 

fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. 

qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik 

tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar 

Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini 

xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi 

o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z 

erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy 

me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson 

yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb 

yozilgan (xulk atvor)1. 

“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi 

axloq–odob mezoni anna shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) 

–yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, 

yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavqat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat 

qonunga shon shavqat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” 

tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki karama-qarshi 

kuch: Voxu Mana (“Yezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi 

deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuz lik yotadi. 

“Yaxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, 

maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi 

kurashishga tayyor turish

kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda 



yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z 

fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab 

bo‘lmaydi va boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi 



niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi. 

 

Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar 



mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, kadimgi zamonlardan buyon 

olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va 

dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark 

uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037) 

shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik 

chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga 

tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy 

Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, 

tarixchi

, shoir va rassom-musavvirlari o‘z 

ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan karab, tabiat sirlarini o‘rganishga 

intilganlar. Bo‘lar qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin 

Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440 

–1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida 

axloqiy hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat 

hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining 

asoschisi buyuk alloma

, musiqachi, 

davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada 

insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy 

mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi 

mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z 

farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb 

yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va 

allomalarimiz

ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik 



harakati yetakchilari

, XX asr boshlarida yashab, 

ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori 

Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir 

Shako‘riy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida 

ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga 

kelishi XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, 

A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidxonov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, 




N.P.Arxongelskiy, O,Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim 

ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam 

ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashqil etgan 

maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy 

nomidagi Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa 

muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar. Birok 

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi 

yangi ittifok sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish 

yuzaga keldi. Uzok yillar mobaynida o‘zbek marifatparvarlari-pedagoglari 

tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior 

tarqalgandi “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan ko‘paramiz”. 

Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan pedagogika sohasidagi 

oktabr to‘ntarilishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30 yillar oxirida 

sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaktdan boshlab ijtimoiy 

muammolar hakida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida 

yengil hal etiladigan, “esqilik sarqiti”deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy 

pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi. 1991-yil O‘zbekiston 

Respublikasi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina 

sohalarini

, shu 


jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 1997-yil 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida Konun” 1997yil) qabul 

qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiya’ning samarali yo‘llarini topish, manaviy 

madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni 

shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga 

ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalari ko‘yildi. 

Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina 

shakllanmokda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarbki, bu fan 

bo‘yicha mamlakatimizda: “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”, “Oila” markazi, 

nodavlat xukumatga karashli bo‘lmagan xayriya jamgarmasi “Soglom avlod 

uchun” O‘zbekiston Respublikasi halk ta’limi qoshidagi TDPU (mafkura) 



g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar Respublikamizning har bir navbatdagi 

yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlashi an’ana tusiga kirgan. Masalan: 

2001 yil–“Onalar va bolalar” yili deb e’lon qilingandi. Shu munosabati bilan 

“O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan Respublika metodik seminari 

o‘tkazilib, maktablarda “Soglom avlod tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush 

tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi. 

 

 

O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash 



an’anaga aylandi. Masalan; 1998 “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom 

avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va 

sog‘lom mahalla”, 2004 Mexr va muruvvat yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik 

muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmokda. Bugungi kunda ko‘plab 

empirik nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni 

talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani kelgusi rivojlanishi yetarli 

darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarni yangi nuktai 

nazardan turib o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga 

moslashtirilgan holda maqsadga muvofik qo‘llash lozim. Chet el ijtimoiy 

pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmokda, hozirgi vaqtda bu 

sohada juda ko‘p ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababli ham 

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa 

mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi pivojlanish 

jarayonida vujudga kelgan muammolarni tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi 

amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos. 

 


Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish