Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Bank  passivlarini  ikkita  katta guruxga bo`lib o`rganadi: 1



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
Bank  passivlarini  ikkita 
katta guruxga bo`lib o`rganadi:
1
 
 Bank  o`z  kapitali  va  unga  tenglashtirilgan  moddalarni  tashkil 
etish bilan bog’liq operatsiyalar; 
 Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar. 
Tijorat  banklarning    o`z  mablag’lari  tarkibiga  ularni  passiv 
operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan:  
1)  Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli) 
2)  Qo`shimcha kapital, 
3)  Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, deval’vatsiya) 
4)  Taqsimlanmagan foyda  
5)  Qayta baxolash ortiqchasidan iborat. 
YUqorida  aytib  o`tganimizdek,  o`z  mablag’lari  ustav  kapital, 
rezerv  kapital,  maxsus  fondlar,  o`tgan  yillardagi  taqsimlanmagan 
foydalar, rezervlar, qayta baxolash natijalaridan iborat. 
SHundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan 
aktsiyalarning  nominal  qiymatiga  teng  bo`lib,  bankning  boshlangich 
ish  faoliyatida    bank  faoliyatini  yuritishi  uchun  kerakli  darajada 
mablag’ga  ega  bo`lish  maqsadida  o`zi  uchun  etarli  bo`lgan  miqdorda 
joylashtiriladi. 
SHuningdek, 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
fond 
bozorlariga  joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo`lgan 
bozor  narxlari  qo`shimcha  ravishda  nominalidan  ortiqcha  qismi 
qo`shimcha kapitalda xisobga olinadi. 
Mamlakatimiz 
tijorat 
banklarining 
passiv 
operatsiyalarini 
tarkibida  ularni  depozit  mablag’larini  shakllantirish  manbasi    tijorat 
banklarini aktiv operatsiyalarini tashkil etishda muhim va hal qiluvchi 
o`ringa  ega.  CHunki  passiv  operatsiyalarni  ichida  ularning  depozit 
mablag’lari  tijorat  banklari  o`z  aktivlarini  oshirish  hisobiga  o`z 
likvidliligi va  rentabelligini oshirish imkoniga ega bo`ladi. 
Depozit  operatsiyalar  –  banklarning  depozitorlar  bilan  tuzgan 
shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko`ra muayyan muddatga 
jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir.  
Pul  qo`yuvchilar  toifasidan  kelib  chiqqan  holda,  depozitlar 
quyidagilarga bo`linadi: 
1.
 
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar); 
2.
 
jismoniy shaxslar; 
                                                           
1
 Усоскин В.М, Современный коммерческий банк, 1994 йил, 91 бет 
 


283 
 
Mablag’larni  olish  shakliga  ko`ra  depozitlar  quyidagilarga 
bo`linadi: 
3.
 
muddatli depozit mablag’lar; 
4.
 
talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar; 
5.
 
aholining jamg’arma qo`yilmalari. 
O`z  navbatida  bu  guruhlarning  har  biri  turli  belgilariga  qarab 
tasniflanadi.  Muddatli  depozit  mablag’lar  ularning  muddatidan  kelib 
chiqib tasniflanadi; 
6.
 
3 oy muddatgacha depozitlar; 
7.
 
3 oydan 6 oygacha depozitlar; 
8.
 
6 oydan 9 oygacha depozitlar; 
9.
 
9 oydan 12 oygacha depozitlar; 
10.
 
12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag’lar. 
Muddatli  depozitlar    bu  banklar  tomonidan  ma`lum  muddatga 
jalb  qilinadigan  depozitlardir.  Bu  turdagi  depozitlarlar  qo`yilgan 
muddatda  o`zgarmas  bo`lishi  lozim  va  ular  joriy  to`lovlar  uchun 
ishlatilmaydi.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish