229
Hozirgi kunga kelib banklar faoliyatini nazorat qilish
rivojlangan xorijiy davlatlarda markaziy banklarning muhim
faoliyatiga aylandi. Faqat Buyuk Britaniya Markaziy bankigina
nisbatan kech, ya`ni 1979 yilda rasman, qonuniy asosda banklar
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo`ldi.
Bundesbankning bu sohadagi o`ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan
shug’ullanmaydi. Balki nazoratni Federal nazorat mahkamasi amalga
oshiradi. Ammo Bundesbank nazorat mahkamasiga yaqindan
ko`maklashadi. Xususan, ushbu mahkamaning joylarda bo`linmalari
mavjud emas va u to`liq Federal bankning joylardagi muassasalaridan
foydalanadi. Bundan tashqari, qarorlar qabul qilishda nazorat
mahkamasi bir qator masalalar bo`yicha Markaziy bankning roziligini
olishi kerak. Masalan, banklarning o`zkapitali va to`lovga layoqatliligi
xususida qaror qabul qilinishi uchun albatta, Bundesbankning roziligi
bo`lishi shart.
Markaziy bankning banklar faoliyatini nazorat qilishining eng
asosiy sababi mamlakatda bank tizimiga bo`lgan yuksak ishonchni
ta`minlash. Bu ishonch tijorat banklarining o`zmijozlari - huquqiy va
jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini to`liq va o`z vaqtida bajara
olishi orqali ta`minlanadi.
SHuning bilan birga xozirgi kunda iqtisodiyotni tartibga
solishni yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda
1
.
Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining
kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz
operatsiyalarini ma`lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi
qarzlarini to`lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma`lum
qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini
moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda
xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari bo`yicha maslahatlar
beradi.
Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga,
ma`muriy-hududiy bo`linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet
fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi
cheklangan bo`lib, qisqa muddatli xarakterga egadir.
1
Faure A.P.Central banking & Monetary Policy; An Introduction./Essence of
central banking
.2013.
230
Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning
obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun
e`lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi
uchun javobgar hisoblanadi.
Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning
moliyaviy maslahatchisi bo`lib hisoblanadi. Bu borada:
−
xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini
yuritadi;
−
davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli
operatsiyalarni amalga oshiradi;
−
xukumatga kredit beradi;
−
davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat
rezervini o`zida saqlaydi va boshqaradi;
−
mamlakat miqyosida valyuta kursini o`rnatadi, foiz siyosatini
yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga
javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o`rnatadi va
olib boradi.
Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining
muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini tqlash
jarayonida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: