Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 K.Marksning muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
4.5. K.Marksning muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini 
aniqlash formulasi.  
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli 
-  pul  muomalasi  qonuni  tovar-pul  munosabati  mavjud  bulgan  barcha 
ijtimoiy  formatsiyalarga  xosdir.  Qiymat  shakllari  va  pul  muomalasi 
taraqqiyot  yo`lini  tahlil  qilayotib,  K.Marks  pul  muomalasining 
qonunini  ochdi.  Bu  qonunga  asosan  momala  vositasi  funksiyasini 
amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik 
pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning 
xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj 
kamaysa,  ortiqcha  pullar  (oltin  tanga)  muomaladan  xazinaga  oqib 
o`tishi  kuzatilgan  va  aksincha.  Shunday  qilib,  muomaladagi  pul 
miqdori  kerakli  darajada  ushlab  turilgan.  Keyinchalik  muomalaga 
banknotalar  chiqarilishi  va  ularning  metallar  (oltin  yoki  kumush)ga 
erkin  almashinishi  muomalada  pulning  ortiqcha  miqdori  bo`lishini 
inkor etadi. 
Agar  muomalada  oltinga  almashinmaydigan  banknotalar  yoki 
qog’oz har (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi 
pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. 
Qog’oz  pullar  miqdori  muomala  uchun  kerak  bo`lgan  oltin 
pullarning  miqdoriga  teng  bo`lganda  pul  muomalasida  hech  qanday 
salbiy  jarayonlar  yuz  bermaydi.  Yuqorida  ko`rsatilgan  talab  pulning 
barqarorligini ta`minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo`lgan 
barcha ijtimoiy formatsiyalarda o`z kuchiga ega. 
Pul  muomalasi  qonuni  muomaladagi  tovarlar  massasi,  ularning 
narxi  va  pul  muomalasi  tezligi  orasidagi  iqtisodiy  aloqadorlikni  aks 
ettiradi
.  
Shunday  qilib,  muomala  uchun  zarur  bo`lgan  pul  miqdoriga 
ishlab  chiqarish  rivoji  va  shart-sharoitlariga  bog’liq  bo`lgan  turli  xil 
omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga 


80 
 
ta`sir  ko`rsatuvchi  asosiy  omil  -  bu  tovarlar  va  xizmatlar  bahosi 
hisoblanadi.  Pul  miqdori  tovarlar  va  xizmatlar  bahosiga  to’g’ri 
proporsional,  ya`ni  tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  oshishi 
muomalaga  ko`p  pul  chiqarishni  talab  qiladi.  Pul  miqdoriga  ta`sir 
qiluvchi  ikkinchi  omil  -  bu  pulning  aylanish  tezligi  hisoblanadi.  Bu 
omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda pul qanchalik tez 
aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab 
qilinadi va aksincha. 
Muomala  uchun  zarur  bo`lgan  pul  miqdorini  boshqarishda  shu 
muhim omillarga alohida e`tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur 
bo`lgan  pul  miqdorini  kamaytirish  uchun  quyidagi  choralarni  amalga 
oshirish muhimdir.      
 Bular:  
-  iste`mol  kreditni  rivojlantirish;  kreditga  qanchalik  ko`p  tovar 
sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi; 
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har  bir  jamiyat  pul  muomalasi  qonuni  talablarini  xisobga  olgan 
xolda ish yuritishi zarur. Chunki pul  muomalasi qonunining buzilishi 
pul  barqarorligiga  putur  yetkazadi.  Bu  holda  muomalaga  chiqarilgan 
pul  miqdori  muomaladagi  tovarlar  bahosidan  oshib  ketishi,  ya`ni 
inflyatsiya  bo`lishiga,  yoki  pul  ocharchiligiga  (yetishmovchiligiga) 
olib kelishi mumkin. 
Xulosa  qilib  aytganda,  pul  muomalasini  ushlab  turish  shart-
sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni: 
Xo’jalikning  pulga  bo`lgan  ehtiyoji  va  amadda  pullarning 
muomalaga  borib  tushishi  bilan  belgilanadi.  Amaliyotda  ko`prok 
uchraydigan  hol  bu  oborotda  xo’jalikka  kerak  bo`lganidan  ko`proq 
pulning  bo`lishidir.  Bu  albatta,  pulning  qadrsizlanishiga  -  pul 
biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish