4.4.Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”. Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro
iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti
(1931-1933)
Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy
nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo`shdi. U «Pullarning
xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va
tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar
narxlari darajasi o`rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat
qilgan. Tovarlar uchun to`langan pullar soni va sotilgan tovarlar
narxlari summasi teng bo`lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan
o`xshatmoqchi bo`ladi.
78
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula
shaklida tasavvur etish mumkin: