Молия иктисод таълим йўналиши


 Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlariga texnologiyalarning ta’siri



Download 287,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.01.2022
Hajmi287,26 Kb.
#372595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè òîø

2. Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlariga texnologiyalarning ta’siri. 

XXI asr zamonaviy texnologiya va axborot-kommunikasiyalar asri sanaladi. 

Ayniqsa, o'n besh-yigirma yil ichida texnologiya shiddat bilan rivojlandi. 

Hayotimizdan zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari muqim o'rin 

egalladi. Kompyuter texnologiyalari imkoniyati bir necha bor ortdi. Uyali aloqa 

vositalari, optik toalli moslamalar, global internet texnologiyalari imkoniyatlari 

sanog'iga etish qiyin. Ahamiyatlisi, rivojlangan texnologiyalar jamiyat 

hayotining barcha jabhasini qamrab oldi. Bundan, albatta, shahar yo'lovchi 

tashish transporti tizimi ham mustasno emas. 

Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning 

bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta ishlashning davomli 

zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarini 

rivojlantirish, qo‘shimcha qiymatli mahsulotni ko‘paytirishga xizmat qiladigan 

yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun 

tejamkor hamda innovatsion omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, 

barqaror, tuzilmaviy jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir. 

 

Ana shu yo‘nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida elektrotexnika 



jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa sohalar uchun 

ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy elektrotexnika jihozlari – 

kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir 

qator yuqori texnologiyali mahsulot turlarini tayyorlash o‘zlashtirildi. Natijada 

bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat 

mahsulotining 60 foizdan ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil 

qilingan tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

 



Shu bilan birga, O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy 

o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‘yicha 2020 

yilgacha mo‘ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri 

bilan uzviy bog‘liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni 

ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, 

zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni 

modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab 

chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport 

infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada 

energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni 

joriy etishni ta'minlash. 

 

Shubhasiz, bunday faol sanoat hamda investitsiyaviy siyosat mamlakatimizning 



investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini 

takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi. 

Hozirgi kun va davlatimizning tadbirkorlar oldiga qo'yadigan talabi —fan va 

texnika yutuqlaridan foydalanish asosida kam ope- ratsiyali, kamxarajat va 

chiqitsiz texnologiya jarayonlaridan keng foydalanish, tabiiy, sun’iy 

xomashyolardan kompleks foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh 

mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqariIgan mahsulotlar bozorda o‘z 

xaridorini topa bili- shidadir. Hozirgi zamon fan va texnikasi xomashyoni qayta 

ishlash uchun juda ko'p usul va vositalardan foydalanish imkonini beradi. Lekin 

vazifa mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda eng unumli va samarali 

ishlab chiqarish jarayonlarini tanlay bilishdan iborat. Bu vazifani texnika va 

iqtisodiyotni bir-biri bilan bog'lab olib borilgandagina amalga oshirish mumkin. 

Texnologik jarayonlar o‘zgaruvchan bo‘lib, texnika taraqqiy etgan sari 

to‘xtovsiz ravishda ratsionallashtirilib boriladi. Texnika taraqqiyoti texnologiya, 

mehnat vositalari va qurollarining har tomonlama takomillashuvidan hamda 

ishlab chiqarishni ilg‘or tajribaga asoslangan holda zamonaviy fan va texnika 

yutuqlarini qoilash orqali tashkil etishdan iborat. Texnika taraqqiyotining asosiy 

vazifasi ijtimoiy mehnatni har tomonlama tejash va ish- lab chiqarishning 

yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashdan iborat. 

Yangi texnika va texnologiya o‘zining yaratilish davrida uch asosiy bosqichdan 

o‘tadi. Bular ilmiy tadqiqot, loyiha-texnika jihatdan ishlab chiqish, ishlab 

chiqarishda o‘zlashtirish. «Fan- texnika — ishlab chiqarish» bosqichlari o‘zaro 

chambarchas bog‘langan. Fan-texnika taraqqiyotini o‘zlashtirish muddati va 

tezlashtirish sur’atlari mazkur zanjir halqalarini boshqarish va 

ularning o‘zaro ta’siri qanday tashkil etilganligiga bog‘liqdir. Korxonada fan-

texnika taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Birinchisi 

—bu mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish, o'zlashtirish va ishlab 

chiqarilayotgan buyumlarning texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini yaxshilash- 

dir. Ikkinchisi — ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish, ish- lab chiqarishni 



mexanizatsiyalashtirish, intensivlashtirish, avto- matlashtirish, kimyolashtirish, 

gazlashtirish, davriy jarayonlarni 

Agar texnika va texnologiya, raqobat, muhandislik nuqtayi nazaridan 

qaraladigan bo'lsa, texnologik jarayonlarni amalga oshi- rish, mashina va 

jihozlarni yaxshilash imkoniyatlari faqat tabiiy fan far qonuniyatlariga 

asoslanadi. Lekin texnikadagi konstruktiv va texnologik o'zgarish 

imkoniyatlarini amaliy ishlab chiqarishda keng joriy etish uchun unga tegishli 

iqtisodiy asoslar tayyorlash zarur, chunki texnika va texnologiyaning uzluksiz 

takomillashishi faqat texnika talablarigagina emas, balki iqtisodiy talablarga 

ham javob berishi kerak. Har qanday texnologik muammo, har qanday texnik 

yangilik faqat yuqori darajadagi samaradorligi hisobga olingandagina va yetarli 

darajada iqtisodiy sharoitlar tayyorlangandagina to‘g‘ri tushunilishi, hal etiiishi 

va amaliy jihatdan joriy etiiishi mumkin. 

uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish, toza va konsentrlangan mahsulot ishlab 

chiqarish va hokazo. Bu ikki yo‘nalishning uz- viy qo‘shib olib borilishi va bir-

biriga ta’sirigina korxonada ham, butun xalq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish 

samaradorligini yuk- saltirishni ta’minlaydi. 

Korxonalarda fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqishda 

«yangi ma|isulot» tushunchasini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga 

egadir. 


0 ‘z texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra Vatanimiz hamda chel el fani va 

texnikasidagi eng yangi yutuqlarga mos keluvchi yoki undan o‘zib ketuvchi 

buyumlar yangi mahsulotlar jumlasiga kiradi. 

Har bir yangi mahsulot pasportga —o‘zining asosiy texnik-iq- tisodiy 

ko‘rsatkichlari aks ettirilgan texnik darajasi kartasiga ega. Texnik darajasi 

kartasi mazkur mahsulotning ko‘rsatkichlarini Vatanimizda va chet ellarda 

ishlab chiqariladigan boshqa shunga o‘xshash namunalar bilan taqqoslaydi, 

shuningdek, mahsulotning patent jihatdan sof bo‘lishini tasdiqlaydi. 

Biz quyida sanoatning texnik rivojlanishiga har tomonlama faol ta’sir 

ko‘rsatadigan, o‘ziga xos va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar mazmuni 

bilan tanishib o‘tamiz. Ular quyidagilardir: 

1) asbob-uskunalar ishining intensivligini oshirish; 

2) davriy jarayonlarni uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish; 

 3) qo‘l mehnati ko‘p talab etiladigan ishlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish; 

4) jarayonlarni avtomatlashtirish va masofadan turib boshqarish; 

5) toza va konsentrlangan mahsulot ishlab chiqarish

6) elektrlashtirish; 

7) kimyolashtirish; 

X) ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish; 

9) agregatlarning yakka quvvatini oshirish. 

Asbob-uskunalar ishining intensivligini oshirish texnikani  rivojlanturishdagi 

asosiy yo‘nalishdir. Zavod, sex, apparat va mashinalarning asosiy ishini 

xarakterlaydigan narsa bu unumdorlikdir. 



Asbob-uskunalarning intensivligini oshirish sanoatni rivoj- lantirishdagi asosiy 

masalalardan biridir, chunki, intensivlik ortganda shu apparatda ishlab turgan 

ishchining mehnat unum- dorligi ortadi. 

Sanoatda intensivlik ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 

a) mashina va apparatlarning ish hajmini o‘zgartirmasdan konstruksiyasini 

yaxshilash (rekonstruksiya qilish yoki qayta ji- hozlash); 

b) shu apparatda boradigan texnologik jarayonlarni takomil- lashtirish. 

Bu ikki usul bir-biri bilan bevosita bog‘langan. Apparat kon- struksiyasining 

yaxshilanishi bilan uning intensivligi ham ortadi, chunki apparatning 

intensivligi shu apparatda sodir bolayotgan 

jarayonning tezligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shuning uchun texnologik 

jarayonlarning kinetikasi o‘rganilib, apparatning shunday konstruksiyasi 

yaratiladiki, bu konstruksiyali apparatda ma’lum texnologik rejimda 

jarayonlarning tezligi maksimum da- rajaga yotadi. 

1. Yangi konstruksiyali mashina va apparatlar yaratilgan (eski konstruksiyasiga 

nisbatan) va asosan reaksiyaga kirishayot- gan reagentlarning aralashishi 

tezlatilganda hamda komponent- larning yuzalari bir-biri bilan to‘qnashuvi 

oshirilganda kimyoviy 

jarayonlarning intensivligi ortadi. Apparatlar konstruksiyasining yaxshilanishi, 

ko‘pincha, mexanizatsiyalashtirish va avtomat- lashtirish bilan bogMiq bo‘ladi. 

Apparatlarning intensivligini oshirishning ikkinchi yo‘li kimyo texnologiyasi 

uchun o‘ziga xos xususiyatga ega. Ayni ap- paratda jarayon vaqtida mavjud 

bo‘ladigan harorat, bosim, reak- siyaga kirishuvchi komponentlarning 

konsentratsiyasi texnologik 

jarayonlarga kiradi. Masalan, ma’lum bir texnologik jarayonda biz haroratni 

oshirsak, unda borayotgan kimyoviy jarayonlar tezlashadi va natijada shu 

apparatning intensivligi ortadi. Yoki bo'lmasa, shu jarayonda ishtirok etayotgan 

komponentlarni ara- lashtirish tezligini oshirish yoki jarayonni tezlashtiradigan 

mod- dalar —katalizatorlar qo‘shish yo‘li bilan shu apparatning inten- sivligini 

oshiramiz. 

 


Download 287,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish