shundan iboratki, cho‘yandan yoki misdan tayyorlangan ishqalagich yordamida toza ishlov
3 mm gacha qalinlikdagi po‘lat va 5 mm gacha qalinliqdagi rangli metallardan
tayyorlangan detallarda 3,5 mm gacha diametrli teshiklar hosil qilishda quyidagi usullar
YUqorida ko‘rsatilgan usullarda hosil qilingan teshiklarning diametr bo‘yicha aniqligi va
o‘lararo masofalarining aniqligiga yuqori talab qo‘yilgan bo‘lsa, bu teshiklar yakuniy o‘lchami
olingunga qadar shtamplarda kalibrlanadi.
Konduktor bo‘yicha parmalash yuqorida ko‘rsatilgan kichik diametrli teshiklarni hosil
qilish usullaridan unumdorligi pastligi va quyi aniqlikka erishishi bilan farq qiladi. Konduktor
bo‘yicha parmalashda konduktorni o‘rnatishga yoki unga detalni joylashtirishta, mahkamlashga
va parmalab bo‘lingandan keyin detalni olishga vaqt ko‘p sarf bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi vtulka va
parma orasida tirqish mavjudligi tufayli hosil bo‘ladigan xatolikka konduktorni tayyorlash
xatoligi ham qushilib, hosil qilingan kichik diametrli teshikning aniqligi past bo‘ladi. Konduktor
bo‘yicha parmalanganda, koordinata bo‘yicha markazlararo masofa aniqligi 0,05 mm ga
erishiladi.
Dastlab kernlab olib, so‘ng parmalash kernlovchi shtamplar yordamida seriyali va yalpi
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Kernlovchi shtamplar detallardagi parmalanadigan joylarini aniq
belgilash uchun xizmat qiladi. Ular qimmatbaho konduktorni almashtirgan holda mayda seriyali
ishlab chiqarishda ham qo‘llanishi mumkin.
Kern bo‘yicha parmalashda markazlararo masofa aniqligi konduktor bo‘yicha
parmalashga nisbatan yuqori bo‘ladi, aniqlik koordinata bo‘yicha 0,03 mm ga etadi.
Parallel o‘qyai kam sonli teshikli detallarda kern bo‘yicha parmalash kichik parmalash
dastgohlarida amalga oshiriladi; agar detalda teshiklar soni ko‘p bo‘lsa, kern bo‘yicha
parmalashda yuqori unumdorli, ko‘p shpindelli parmalash yarim avtomat va avtomatlar
qo’llaniladi. Bitga parmalovchi 4—5 ta dastgohga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Detalda bir
paytda, detal o‘lchamiga qarab, 2 tadan 25 tagacha teshik hosil qilish mumkin.
Biroq hozirgi ko‘lamdagi ishlab chiqarishda yassi detallarda parallel o‘qli kichik
diametrli teshiklar hosil qilish uchun unumdorli va aniq usul — shtamplarda teshik hosil qilish
usuli qo‘llanilmokda.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, teshik o‘yuvchi shtamp yordamida bir paytning
o‘zida (polzunning bir marta yurishida) ko‘p sonli teshiklar (20 ta va undan ortiq) hosil qilinadi.
Bunda konduktor bo‘yicha va kern bo‘yicha teshik hosil qilishga nisbatan markazlararo masofa
yuqori aniqlikka erishiladi.
YAssi detallarda teshiklar o‘qlarining parallelligi yuqori aniqpikda olinishi talab qilinsa
(diametri bo‘yicha 0,005 mm, markazlararo masofalari bo‘yicha 0,0075-0,01 mm), parmalash
operatsiyasidan yoki teshik hosil qilin-gandan keyin yakunlovchi operatsiya — shtamplarda
teshik-larni kalibrlash operatsiyasi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: